Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Barqarorlashtirish  siyosati,  –



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Barqarorlashtirish  siyosati,  – 

deb yozadi I.Karimov,



 – eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, 

ishlab  chiqarishning  keskin  darajada  pasayishiga  va  ommaviy  ishsizlikka  yo„l 

qo„ymaslikdir.  Shuningdek,  u  pul  qadrsizlanishining,  pul  emissiyasining 

boshqarilishini  ta‟minlash,  to„lov  balansini  bir  me‟yorda saqlash sohasida  aniq 

maqsadni ko„zlab olib boriladigan davlat siyosatidir»

O„zbekistonda  makroiqtisodiyotni  barqaror  qilish  borasida  qator  amaliy  choralar 



belgilanar  ekan,  avvalo  bu  boradagi  jahon  tajribasi  o„rganildi,  ayni  chog„da  MDH 

davlatlarida  shu  sohada  yo„l  qo„yilgan  kamchiliklar  tahlil  qilindi.  Jumladan,  o„tish 

davrida davlat o„z iqtisodiy siyosatini belgilashda avvalo ustuvor, katta istiqbolga ega 

bo„lgan  tarmoqlar  va  ishlab  chiqarishni  har  tomonlama  rag„batlantirish,  ya‟ni  eng 

muhim  bo„g„inlarni  aniqlash  (neft  –  neft  mustaqilligi,  energetika  –  energetika 

mustaqilligi,  don  –  g„alla  mustaqilligi,  paxtani  qayta  ishlash  sanoati  va  hokazolar) 




 

298 


orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo„yicha izchil siyosat yuritishi lozim 

edi. 


Shuni  ro„yirost  aytish  kerak,  mustaqillik  qo„lga  kiritilgan  1991-yil  oxirlari  va 

1992-   yilda O„zbekiston zimmasiga og„ir va jiddiy sinovlar tushdi. 

Shu  davr  mobaynida  «davlat  va  xalq  o„z  taqdirini,  o„z  mustaqilligini,  o„z 

ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savolga javob berishga to„g„ri keldi. 

Buning boisi shunda ediki, SSSR parchalanib ketishi, an‟anaviy xo„jalik aloqalarining 

buzilishi  bilan  bog„liq  bo„lgan  moliyaviy  va  xomashyo  zaxiralarining  nihoyatda 

taqchilligi  yuz  berdi.  Masalan,  boshqa  mintaqalar  va  mamlakatlardan  mahsulot 

yetkazib  berilishiga  bog„lanib  qolgan  yirik  korxonalar  to„xtab  qolish  arafasida  edi. 

Buning  ustiga  aholining  moddiy  ahvoli  yana  ham  pastlashib  ketdi.  Oziq-ovqat 

mahsulotlari,  dori-darmonlarning  eng  muhim  turlari  chetdan  olib  kelinishi  sababli 

birmuncha qiyinchiliklarga duch kelindi. 

O„zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishda  Rossiya,  Ukraina  va 

Belorussiyaga  nisbatan  ancha  noqulay  sharoitda  edi.  Ana  shunday  holatdan 

O„zbekiston  o„zining  butun  kuch-g„ayrati  va  ichki  imkoniyatlarini  safarbar  qilib, 

ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga jiddiy e‟tibor berdi. 

Chunki  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishda  ustuvor  hisoblangan  yetakchi  asosiy 

tarmoqlar  belgilab  olinmasa,  bozor  munosabatlari  sharoitida  ularning  shakllanishiga 

yordam  ko„rsatilmasa  iqtisodiy  strategiya  boy  berilishi  mumkin  edi.  Bu  butun 

mamlakat  iqtisodiyotini  butunlay  yangidan  boshlash,  islohotlar  paytida  uzluksiz 

ishlab chiqarish jarayonini ta‟minlab turishning bosh yo„li, asosiy tamoyili bo„ldi. 

Shu  bois  O„zbekiston  iqtisodiyotida,  avvalo,  tarkibiy  o„zgarishlar  yuz  berdi. 

Respublika iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, importni qisqartirish va eksportga 

yo„naltirilgan  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  shuningdek,  istiqbolni  belgilaydigan 

ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka barham 

berishga e‟tibor qaratildi. Natijada, xalq iste‟moli mollarini chetdan keltirishdan voz 

kechib, O„zbekistonning o„zida ishlab chiqarishga katta e‟tibor berildi. 

Mustamlaka  yillarida  iqtisodiyotimiz  umumittifoq  mehnat  taqsimoti  niqobi  ostida 

bir tomonlama, mahalliy talab va ehtiyojlarga mos tushmaydigan tarzda tarkib topdi. 

Sobiq  tizimda  ishlab  chiqarish  vositalari  ishlab  chiqarish  xalq  iste‟mol  mollari 

tayyorlash  sur‟atlaridan  yuqori  bo„lishi  kerak,  degan  soxta  nazariyaga  mahkam 

yopishib  olinganligi  sababli  iste‟mol  mollari  tayyorlash  izdan  chiqqan  edi.  Natijada 

o„zimizda yetarli tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo„la turib, 

aholi uchun zarur xalq iste‟mol mollarining 60 foizdan ortig„i chetdan keltirilar edi. 

Oddiy tuz va gugurtni ham boshqa davlatlardan olib kelinar edi. Murakkab texnologik 

jarayonlarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish to„g„risida o„ylanmas edi. 

1992–94-yillarda  islohotlarning  natijalari  aholining  iste‟mol  mollariga  bo„lgan 

talabini  o„zimizda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  hisobiga  qondirilishida,  ayrim 

turlarini esa chetga sota boshlanganida namoyon bo„la boshladi. 

Eng  muhimi,  xalq  iste‟mol  mollari  ishlab  chiqarish  kamayib  ketishiga  yo„l 

qo„yilmadi.  Agar,  1997-yili  1996-yilga  nisbatan  yalpi  sanoat  mahsuloti  ishlab 




 

299 


chiqarish  6,5  foizga  ortgan  bo„lsa,  iste‟mol  mollari  ishlab  chiqarish  11,2  foizga 

ko„tarildi.  Vaholanki,  iqtisodiy  sharoitlari  nisbatan  ancha  qulay  bo„lgan 

hamdo„stlikdagi  ba‟zi  mamlakatlarda  ishlab  chiqarish  40–50  foizga  tushib  ketib, 

iste‟mol bozori izdan chiqdi. Oqibatda xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat va sanoat 

mollariga qaram bo„lib qoldilar.  

90-yillarning  oxiriga  kelib  O„zbekistonda  sanoat  ishlab  chiqarishi  quvvati  og„ir 

sanoatdan  tortib,  yengil  sanoatgacha  bo„lgan  industriyaning  barcha  tarmoqlari  va 

qishloq  xo„jalik  mahsulotlarini  sanoat  yo„li  bilan  qayta  ishlovchi  yirik  korxonalar 

vujudga  keldi.  2,2  ming  yirik  va  o„rta  sanoat  korxonalari  keng  miqyosga  ega  turli 

yo„nalishdagi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. 

Shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo mashinasozlik mahsulotlarining uchdan ikki 

qismi O„zbekiston korxonalarida ishlab chiqara boshlandi. 

Dunyoning  faqat  ikki  mamlakatidagina  (AQSH  va  O„zbekiston)  paxtachilik 

mashinalari va uskunalari to„liq ishlab chiqarilishi yo„lga qo„yildi. 

O„zbekiston  –  ipakchilik  va    pillakashlik    texnikasi  ishlab  chiqaruvchi  Markaziy 

Osiyodagi yagona davlatdir. Aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish bo„yicha MDHdagi 

eng  yirik  korxonalarning  biri  O„zbekistonda  joylashgan.  O„zbekiston  metallurgiyasi 

deganda Markaziy Osiyoda qora va rangli metallar ishlab chiqarish bo„yicha eng yirik 

zavodlar  hisoblanmish  Olmaliq  va  Navoiy  kon-metallurgiya  kombinati,  O„zbekiston 

qiyin  eruvchi  va  o„tga  chidamli  metallar  kombinati  va  boshqalar  ko„z  oldimizga 

keladi. 

Neft-kimyo  sanoati  20  dan  ortiq  turdagi  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga  kirishdi. 

Ulardan 15 tasi ilgari boshqa davlatlardan olib kelinar edi. 

O„zbekiston  yengil  sanoati  ham  ko„p  tarmoqli  bo„lib,  u  industrlashgan  kompleks 

hisoblanadi. 

Mamlakatimizda  iqtisodiyotni  isloh  qilishdagi  natijalarni  Rossiyada  chiqadigan 

gazetalar ham ijobiy baholay boshladi. 

Jumladan,  «Независимая  газеTа»  1996-yil  22-noyabr  sonida  MDH  tarkibidagi 

mustaqil  davlatlarda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  tadqiq  qilib,  quyidagi 

xulosaga keladi. 

«Rossiya 1996-yilda sanoat ishlab chiqarishi darajasi bo„yicha 1990-yilga nisbatan 

47 foiz, 

 

 

O„zbekiston  



106 foiz, 

 

 



Turkmaniston  

81 foiz, 

 

 

Belorussiya  



63 foiz, 

 

 



Ukraina 

 

55 foiz, 



 

 

Qozog„iston  



48 foiz, 

 

 



Armaniston  

48 foiz, 

 

 

Moldova 



 

43 foiz, 

 

 

Ozarbayjon   



41 foiz, 

 

 



Qirg„iziston  

39 foiz, 

 

 

Gruziya 



 

18 foiz ko„rsatkich bilan chiqmoqda». 




 

300 


Ushbu  gazetaning  sobiq  Sovet  Ittifoqi  hududidagi  respublikalar  ichida  sanoat 

ishlab  chiqarishi  jihatidan  O„zbekistonni  birinchi  o„ringa  qo„yganligi  mamlakatda 

iqtisodiy  islohotlar  sobitqadamlilik  bilan  amalga  oshirilayotganligini  ko„rsatadi,  bu 

ayni paytda, uning xorijiy mamlakat larda tan olinishining belgisi edi. 

O„zbekistonda keyingi yillarda qurilish kompleksi ham muttasil rivojlana boshladi. 

Jumladan,  1997-yildagi  ma‟lumotga  ko„ra  mamlakatda  yiliga  100–110  milliard 

so„mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish