«hayot bor ekan, davlat, el- yurt bor
ekan, o„zing tug„ilib o„sgan, ota-bobolarning xoki yotgan, ertaga farzandlari
kamol topadigan tuproqning har bir qarichini muqaddas bilib, uni himoyalash,
zarur bo„lsa bu yo„lda jon fido etishga tayyor turish kerak»
. Shu fikrlar bilan
O„zbekiston Qurolli Kuchlarini shaxsiy tarkibi yurtimiz tinchligi, xalqimiz omonligi,
sarhadlarimiz daxlsizligini ko„z qorachig„idek asrab yurishibdi va abadiy asraydilar.
O„zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy tajribalar asosida
tobora shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsiyasiga asoslanib, Markaziy
Osiyo mintaqasida tez sur‟atlar bilan o„zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
hisobga olgan holda, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlarning har tomonlama chuqur
tahlili va Qurolli Kuchlarni barpo etishning mutlaqo yangi prinsiplari negizida
armiyamizni isloh qilish bo„yicha uzoq muddatga mo„ljallangan Dastur yaratildi.
Bundan bosh maqsad – ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-yarog„ va
texnika bilan ta‟minlangan, strategik va taktik vazifalarni samarali hal eta oladigan,
sarhadlarimiz daxlsizligi, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan
har qanday yovuz harakat va xurujlarni bartaraf etish va ularga munosib zarba
berishga qodir bo„lgan kuchli armiyani yaratishdan iborat edi.
Qurolli Kuchlarimiz va ularning asosiy jangovar bo„linmalarining prinsipial
nuqtayi nazrdan mutlaqo yangicha tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. Bo„limlar,
rotalar, polklar, yordamchi boshqaruv punktlari va shu kabi yetarli samara
bermaydigan bo„linmalar tugatildi. Bu o„zgarishlar o„z navbatida armiyamiz va uning
qismlarining yuqoridan quyigacha bo„lgan qurilishini tubdan qayta tashkil etish,
ularning harakatchanligi va tezkorligini, jangovar imkoniyatlarini kuchaytirish, eng
muhimi, barcha darajadagi komandirlarning mustaqilligini ta‟minlash va mas‟uliyatini
oshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, o„ta muhim jangovar topshiriqlarni bajarishga yo„naltirilgan
Maxsus operatsiyalar bo„yicha kuchlarning qismlari tashkil etildi. O„ziga xos alohida
tayyorgarlik tizimiga ega bo„lgan, zamonaviy qurol-aslahalar bilan ta‟minlangan
ushbu bo„linmalar ehtimol tutilayotgan dushmanning har qanday tojovuzkorona xatti-
harakatlariga munosib zarba berishga qodir qudratli kuch sifatida shakllandi. Surxon-
daryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari tog„li hududlariga suqilib kirgan xalqaro
terrorchilarning jangari to„dalarini yo„q qilish bo„yicha amalga oshirilgan
operatsiyalar buning yaqqol tasdig„idir.
Ayni paytda muddatli harbiy xizmatning bir yilgacha qisqartirilgani,
qo„shinlarning sifat tarkibini yaxshilash va ularning safini to„ldirish tartiblarining
takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta‟minlangani, safarbarlik-chaqiruv
rezerv xizmati joriy etilgani, shartnoma-kontrakt asosida xizmat o„tash jarayoni
amalda yakunlangani armiyaning qiyofasini, uning mazmun-mohiyati va jangovar
qobiliyatini tubdan o„zgartirdi.
Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, armiyada sog„lom
ma‟naviy muhitni mustahkamlash, professional tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„lgan serjantlar tayyorlash maktablari barpo etildi va
293
ular zamonaviy jangovar-o„quv bazalari bilan ta‟minlandi. Bugun serjantlar tarkibi
armiyamizning tom ma‟nodagi tayanch ustuniga aylangani, ular askarlarning ustozi,
ofitserlarning eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda.
Mustaqillik yillarida barcha bo„g„indagi komandirlarning yuqori professional
qobiliyati va malakasini ta‟minlash, ularning intellektual saviyasini har tomonlama
rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli
Kuchlar tarkibini sifat jihatidan butunlay o„zgartirish va ularni bugungi kun
talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega
bo„lgan komandirlar bilan to„ldirish imkonini bermoqda.
Hozirgi kunda Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilish O„zbekistonning har bir
fuqarosi uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki mamlakatimizda orzu qilishga
sazovor kasbga aylandi.
Keyingi vaqtda, xususan 2005-2006-yillarda xorijiy mamlakatlar, birinchi galda
Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkorlik sohasida salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda. Qo„shinlarimizning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiy
xizmatchilar va ular oila a‟zolarining moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini
yaxshilash masalasi ham doimiy e‟tiborimiz markazida bo„lib kelmoqda.
Ana shu yuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh
Qo„mondoni I.A.Karimov bu sohada ishning zarur bo„lgan masalalari haqida batafsil
gapirdi:
Biz bugun g„oyat murakkab va notinch zamonda yashamoqdamiz. Markaziy Osiyo
mintaqasida hali-beri saqlanib qolayotgan qaltis vaziyat, butun dunyoda davom
etayotgan nizo va qarama-qarshiliklar, tobora ko„lami kengayib borayotgan terrorizm,
ekstremizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg„otmasdan qolmaydi, albatta.
Bularning barchasi shu muqaddas zaminda yashayotgan, mamlakatimiz taqdiri va
kelajagi uchun befarq bo„lmagan har bir insondan doimo hushyor va ogoh bo„lishni,
Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligini mustahkamlashni, davlatimiz
sarhadlarini qo„riqlash va himoyalashni kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo„lgan
barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilishni taqozo etadi, dedi va quyidagi
vazifalarni belgilab berdi;
Do'stlaringiz bilan baham: |