«Ishonchim komilki, yillar o„tib, avlodlarimiz biz xalqimizning
mustaqilligi yo„lida, uning tinch bunyodkorlik mehnatini himoya qilish yo„lida
qilgan ishlarimizga munosib baho beradi»
.
Markaziy Osiyoda yagona harbiy Akademiyaning ochilishi, bu – fanga nisbatan
keskin burilish, yangi bilimlarni orttirish, Sharq harbiy boshliqlarining, avvalo
Sohibqiron bobokalonimiz Amir Temurning tajribali, tezkor harbiy san‟at va
taktikaning so„nggi yutuqlari, jahon harbiy ilmi hamda xorijiy mamlakatlar jangovar
283
tayyorgarligining ilg„or tajribalari negizida malakali milliy harbiy kadrlarni
tayyorlash demakdir.
Jangovar tayyorgarlikning yuqori saviyada bo„lishini ta‟minlash qism va
bo„linmalar, harbiy o„quv yurtlari, umuman Qurolli Kuchlarning bosh vazifasi bo„lib
kelgan va shunday bo„lib qoladi.
O„zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan ijtimoiy hayotning
barcha jabhalarida, shu jumladan, harbiy sohada ham hamkorligi va hamjihatligining
muhim poydevori xalqlarimizning umumiy tarixiy negiziga egaligidir.
O„zbekiston rahbariyati mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash
uchun amaliy choralar ko„rib kelmoqda. Jumladan, O„zbekiston 1991-yil dekabrda
Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligini tuzish bo„yicha Almati Deklaratsiyasini, 1992-yil
mayda esa Kollektiv xavfsizlik Shartnomasini imzoladi. 1993-yil yanvarda
O„zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligining boshqa davlatlari bilan birga
tinchlikni ta‟minlovchi batalyonni tashkil etishda va uni tojik-afg„on chegarasiga
yuborishda ishtirok etdi. 1993-yil sentabrida esa MDH davlatlari rahbarlarining
qaroriga binoan mudofaa koalitsion kuchlari tashkil etilib, bunda Rossiya,
Qozog„iston, Qirg„iziston va Tojikiston Qurolli Kuchlari bilan bir qatorda
O„zbekiston milliy armiyasi vakillari ham qatnashdilar.
O„zbekiston, Qozog„iston va Qirg„iziston Respublikalari o„rtasida 1993-yil
yanvarda yo„lga qo„yilgan mintaqaviy harbiy-texnik hamkorlik katta tarixiy
ahamiyatga ega. Mazkur mamlakatlar Prezidentlari iqtisodiy, siyosiy va qamrovli
masalalar bilan bir qatorda o„zlarining harbiy siyosatdagi nuqtayi nazarlarini
(pozitsiyalarini) kelishtirib oldilar va xususan Qozog„istonda hamda Turkmanistonda
milliy armiyalar tashkil etilishini e‟lon qildilar. O„sha kunlari O„zbekiston
Respublikasining Qurolli Kuchlari o„zining bir yilligini nishonlayotgan edi.
Markaziy Osiyo davlatlari o„rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni yanada
rivojlantirishning huquqiy asosi bo„lib O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qozog„iston, Qirg„iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlat rahbarlari o„rtasida
imzolangan do„stlik, hamkorlik va o„zaro yordam to„g„risidagi Shartnomalarda
maxsus moddalar bilan birga harbiy munosabatlar ham o„z aksini topgan.
Eng faol harbiy-texnik hamkorlik Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston
o„rtasida 1994-yilda tashkil topgan yagona iqtisodiy makon doirasida amalga
oshirilmoqda.
Yuqorida aytib o„tilgan mamlakatlar hukumatlari o„rtasidagi uch tomonlama
imzolangan maxsus Bitim esa ushbu hamkorlikning huquqiy asosidir.
Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi konseptual muammolarni ko„rib chiqish,
mudofaa bo„yicha o„zaro hamjihatlikni ta‟minlash, mudofaa va xavfsizlik
yo„nalishida a‟zo-davlatlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirish, qabul qilingan
bitimlarni tashkil etish, hamda harbiy hamkorlikning boshqa masalalarini hal qilish
maqsadida Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston Respublikalarining Davlatlararo
Kengashi tarkibida ishchi organ sifatida Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston
Respublikalari Mudofaa vazirlari Kengashi tuzildi va u faoliyat ko„rsatmoqda. Ushbu
284
organning faoliyati Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston Respublikalari davlat
rahbarlari tasdiqlagan maxsus Nizomga asosan tartibga solinadi.
Mintaqaviy xavfsizlikni ta‟minlash sohasidagi yirik amaliy tadbirlardan biri
Davlatlararo Kengashning Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahnamoligida tinchlikni
o„rnatish mashqlarida qatnashishga mo„ljallangan Qozog„iston, Qirg„iziston va
O„zbekiston Respublikasining tinchlik o„rnatuvchi batalyoni (Sentrazbat) tashkil
etish, moddiy-texnik jihatdan ta‟minlash va uning faoliyati to„g„risida maxsus
Nizomni tasdiqlash to„g„risidagi qarori bo„ldi.
Tinchlikni o„rnatuvchi batalyonni (Sentrazbat) tashkiliy jihatidan mustahkamlash
maqsadida Davlatlararo Kengashning qaroriga ko„ra ushbu batalyonni «Tinchlik
yo„lidagi hamkorlik» dasturi doirasida Amerika va Ovro„pa qit‟alarida o„tkaziladigan
tinchlikni o„rnatish mashqlariga tayyorlash va ishtirok etish hamda BMT
rahnamoligida ko„p millatli kuchlarni jalb etgan holda Markaziy Osiyo hududida
mashqlarni o„tkazish ko„zda tutilgan.
Yuqorida aytib o„tilgan tinchlikni o„rnatish batalyonini tashkil etishning muhim
sababi Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining
BMT Bosh kotibiga qilgan murojaatlari bo„ldi.
Hozirgi vaqtda tinchlikni o„rnatish batalyoni (Sentrazbat) tamomila shakllandi va
komplektlandi (butlandi). Uning tarkibida teng ravishda Qozog„iston, Qirg„iziston va
O„zbekiston Qurolli Kuchlarining ofitserlari, praporshchiklari, serjantlar va askarlari
bor.
Batalyonning qurol-aslahasi va harbiy texnikasi BMTning shunday harbiy
bo„linmalariga qo„yadigan talablariga muvofiq keladi. Ushbu batalyonning tashkiliy
va faoliyat ko„rsatish masalalari, Markaziy Osiyo davlatlari o„rtasidagi hamkorlikni
chuqurlashtirish kabi masalalar qatori mudofaa vazirligi Kengashi majlislarida ko„ri-
ladigan asosiy mavzu hisoblanadi.
Masalan, 1997-yil aprel oyida mudofaa vazirlari Kengashining Toshkentda
o„tkazilgan navbatdagi majlisida «Tinchlik yo„lidagi hamkorlik» doirasidagi shu yil
sentabr oyida O„zbekiston va Qozog„iston hududlarida o„tkaziladigan «Sentrazbat-
97» nomli mashqlar loyihasi har tomonlama muhokama etildi. Bu mashqlar
keyinchalik 1997-1998-yillarda ham o„tkazildi.
O„zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganining dastlabki kunlaridanoq
Mustaqil Davlat Hamdo„stligiga a‟zo davlatlar bilan harbiy sohada hamkorlikka
muhim ahamiyat bera boshladi. «O„zbekiston,– deydi I.Karimov, ayni shu sababli
mintaqada va sobiq Ittifoq hududida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish
tashabbuskorlaridan biri bo„ldi. MDH mamlakatlari o„rtasida tuzilgan kollektiv
xavfsizlik to„g„risidagi shartnomalarining dastlabkilaridan biri 1992-yil may oyida
aynan Toshkentda imzolangani ham tasodif emas».
Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligiga a‟zo davlatlar o„rtasidagi harbiy-texnik
hamkorlikka qaratilgan muhim xalqaro-huquqiy me‟yoriy hujjatlar majmui 1995-yil
fevralda Almatida imzolandi. Umuman, MDHning 5 yillik faoliyati davomida,
285
MDHga a‟zo davlatlarning harbiy sohada munosabatlarini tartibga soladigan 200 ga
yaqin shartnomalar, bitimlar imzolandi.
Shulardan ko„pi, jumladan, harbiy-texnik hamkorlikni chuqurlashtirish, harbiy
xizmatchilar va ularning oilasini ijtimoiy himoyalash, MDHga a‟zo davlatlarning
o„zaro munosabatlarida kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan xavf solmaslik to„g„risida,
sobiq SSSR Qurolli Kuchlarini qisqartirish, yadro qurolini tarqatmaslik to„g„risida,
harbiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi Shtab to„g„risida, MDHga a‟zo davlatlarning
mudofaa vazirlari Kengashining Nizomi to„g„risida, kosmik fazoni tatbiq etish va
foydalanish bo„yicha o„zaro faoliyat to„g„risida, havo hujumidan mudofaaning
birlashgan tizimini tashkil etish to„g„risida hamda boshqa shartnomalar va bitimlar
O„zbekiston tomonidan imzolangan va aniq bajarilmoqda.
O„zbekiston, Ukraina, Belarus Respublikasi, Gruziya, Ozarbayjon Respublikalari
bilan ham harbiy sohada hamkorlik borasida mustahkam aloqa o„rnatdi. Ularning
harbiy muassasa vakillari davlat va hukumat rahbarlari imzolagan do„stlik,
hamjihatlik va o„zaro yordam harbiy-texnik hamkorlik to„g„risidagi shartnomalar va
bitimlarga amal qilgan holda tashriflar davomida harbiy-tadqiqot va ilmiy
izlanishlarning strategik, taktik yo„nalishlarini kelishib olish va rivojlantirish, qurol-
yarog„ va texnikani takomillashtirish, harbiy kadrlarni o„qitish, Qurolli Kuchlar
shaxsiy tarkibini moddiy-maishiy jihatdan ta‟minlash masalalari bo„yicha katta ishlar
olib bormoqdalar.
O„zbekiston Respublikasining harbiy sohada hamkorlik qilishning ustuvor
yo„nalishi bu Rossiya Federatsiyasi bilan o„zaro aloqalar o„rnatishdan iboratdir.
I.A.Karimov ta‟kidlaganidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |