«Iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bundan keyin
ham harbiy salohiyatni ta‟minlash uchun – zarur mablag„ ajratishni davom
ettiraveradi»
.
O„zbekiston Qurolli Kuchlari qat‟iy, bosqichma-bosqich reja asosida, tasdiqlangan
dasturga muvofiq shakllana bordi. U mamlakatimiz davlat suverenitetini va hududiy
yaxlitligini mustahkam himoya qilinishini ta‟minlaydigan darajada kuch-qudratga
ega.
O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o„z faoliyatini:
– qonun ustunligi;
– markazlashgan boshqaruv va yakkaboshchilik;
– doimiy jangovar va safarbar holatdagi tayyorgarlik;
– fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati;
– kollektiv xavfsizlik tizimini barpo qilish;
– harbiy intizomga rioya qilish;
– partiyasizlik;
– harbiy xizmatchilar va ularning oila a‟zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya
qilishni ta‟minlash asosida tashkil qiladi va amalga oshiradi.
Umuman O„zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari – bu harbiy tuzilmalar,
harbiy o„quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat, davlat tomonidan tashkil
qilingan va ta‟minlangan bo„lib, ular urush va harbiy mojarolarning oldini olish,
O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholining
tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta‟minlashga qaratilgandir.
O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun
mudofaa tizimining asosini tashkil etuvchi yadro hisoblanib, o„z tarkibiga
quyidagilarni oladi:
– Quruqlikdagi qo„shinlar;
– harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo„shinlari;
– Maxsus qo„shinlari;
– Milliy gvardiya brigadasi;
– chegara va ichki qo„shinlar;
– Milliy xavfsizlik xizmati;
280
– Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklarga, idoralarga qarashli
harbiy qismlardan iborat.
Quruqlikdagi qo„shinlar Qurolli Kuchlarining eng ko„p sonli turi bo„lib, boshqa
qo„shin turlarining birgalikdagi harakati bilan tajovuzni qaytarish, zarur bo„lganda esa
dushmanni tor-mor qilishga mo„ljallangan.
Harbiy havo va havo hujumidan mudofaa qo„shinlari Qurolli Kuchlarining
manyovrli turlaridan biri. Ular quruqlikdagi jang maydonida bo„layotgan yirik
operatsiyalarning borishi va yakuniga ta‟sir qilish, mamlakat havo chegaralarini
qo„riqlash, quruqlikdagi va havodagi dushmanga zarba berish imkoniyatiga ega.
Undan tashqari O„zbekiston Respublikasining hududini, uning havo chegaralarini, eng
muhim davlat va sanoat obyektlarini hamda qo„shin guruhlarini havo hujumidan
ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan.
Milliy gvardiya O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarkibiy qismidir.
Bu gvardiya O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-
yanvardagi qaroriga binoan, respublika Qurolli Kuchlari qismlari negizida tuzildi.
Milliy gvardiyaning asosiy vazifasi O„zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti
va hududiy yaxlitligi hamda fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini
muhofaza etishdir. Gvardiya tarkibi fuqarolarni majburiy harbiy xizmatga chaqirish
va armiya xizmatiga o„z ixtiyori bilan borishni birgalikda muvofiqlashtirish asosida
to„planadi. Gvardiya zimmasiga bir qancha o„ziga xos vazifalar, jumladan, davlat
tantana marosimlarida ishtirok etish yuklatilgan. Shu maqsadda gvardiya tarkibida
faxriy qorovul rotasi tuzilgan. Shuningdek, gvardiya zimmasiga alohida muhim davlat
obyektlarini qo„riqlash vazifalari ham yuklatilgan.
Maxsus qo„shinlar esa jangovar harakatlarni operativ ta‟minlash masalalarini hal
etish uchun mo„ljallangan.
1999-yilgacha chegara qo„shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo„lishgan.
1999-yil 13-yanvar O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan
O„zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo„mita tashkil etildi.
Ushbu Farmon asosida O„zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya
qiluvchi Qo„mita davlat boshqaruvining markaziy organi hisoblanib, chegaraga doir
siyosatni amalga oshirishni Davlat chegaralarini himoya qilish va qo„riqlashni tashkil
etishni ta‟minlash belgilab berildi.
Ichki qo„shinlar Ichki Ishlar vazirligi tarkibida tashkil qilingan. Ularning asosiy
vazifalari militsiya organlari bilan birgalikda shaharlarda, aholi yashaydigan joylarda,
toifalangan xalq xo„jaligi korxonalarida va boshqa jamoat joylarida jamoat tartibini
saqlash, fuqarolarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tashkilotlar,
idoralar, muassasalarni jinoyatchilikdan va boshqa jamiyatga qarshi harakatlardan
muhofaza qilishga qaratilgan.
Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklar
hamda tashkilotlar harbiy tuzilmalarining asosiy vazifasi milliy xavfsizlikni
ta‟minlashning o„ziga xos vazifalarini bajarish, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda
281
vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini tugatish va inson hayotini
ta‟minlovchi xalq xo„jaligi korxonalarini qo„riqlash hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O„zbekiston Respublikasi hududlari,
chegaralari va havo bo„shliqlarining mustahkam mudofaasi umumiy strategik maqsad
asosida ta‟minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq
strategik va operativ reja asosida, shuningdek, qo„shinlarni jang oldidan safarbar
qilish rejalari bo„yicha amalga oshiriladi.
Armiya mamlakat budjetidan ajratiladigan mablag„ hisobiga ta‟minlanadi. Har yili
mudofaaga ajratiladigan mablag„ miqdori Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi.
Qurollar, harbiy texnika, butlovchi qismlar va boshqa ashyolarni ishlab chiqarish,
yetkazib berish va ta‟mirlash, mudofaani zarur oziq-ovqatlar bilan ta‟minlash,
shuningdek, mudofaa manfaatlariga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik va qurilish ishlarini amalga oshirish, rivojlantirish va saqlash to„liq
hajmda davlat buyurtmasiga kiritiladi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O„zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli
Kuchlarining Oliy Bosh Qo„mondoni hisoblanadi. «Mudofaa to„g„risida»gi Qonunga
muvofiq, Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta‟minlash, qurolli tajovuz bo„lgan
hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va Mustaqilligini himoya qilish
yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli
Kuchlarning qurilish, ularni strategik qo„llash rejasi, shuningdek, safarbarlik rejasini
tasdiqlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to„g„risida qaror
qabul qiladi va buyruq beradi.
Qonunchilikda Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, boshqa
vazirlik va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari va boshqarmalarning
mudofaa sohasidagi vakolatlari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilot va
fuqarolar majburiyatlari aniq belgilab berilgan. Masalan, mudofaa harbiy qurilish,
harbiy xizmatchilar va ular oila a‟zolarini ijtimoiy-huquqiy himoyalash masalalari
bo„yicha qonun aktlarini amalga oshirishda parlament nazoratini o„rnatish Oliy Majlis
zimmasiga yuklatilgan.
Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga mudofaani ta‟minlash bo„yicha o„ziga
bo„ysunadigan barcha tuzilmalar faoliyatiga rahbarlik qilish, Qurolli Kuchlarni
qurollar, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalar bilan ta‟minlash, mudofaa va
Qurolli Kuchlar ehtiyoji uchun moddiy texnika resurslari, oziq-ovqat, kiyim-kechak
va boshqa buyumlarning hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim
bo„lgan respublika fuqarolarining soni hamda ularning harbiy va muqobil xizmatni
o„tash tartibini belgilash, harbiy majburiyatli va harbiy xizmatga chaqirish hamda
haqiqiy muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni zaxiraga chiqarish, harbiy
majburiyatlilarni yig„ilishga chaqirish, safarbarlik va harbiy xizmatdan bo„shatish
to„g„risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi.
Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlarni davlat boshqaruvining markaziy organi
hisoblanadi. Vazirlik Qurolli Kuchlarining ahvoli va kelgusidagi taraqqiyotiga,
282
jangovar tayyorgarlik va intizomga to„liq javobgar. U mudofaa sohasi va harbiy
qurilishda ishlab chiqilgan davlat siyosatining Qurolli Kuchlarda amalga oshirilishini
ta‟minlaydi. Mudofaa rejalari va konsepsiyasi loyihasi, Qurolli Kuchlarning qurilishi
va taraqqiyoti, qurollar va harbiy texnika taraqqiyotining davlat dasturlari, mudofaa
ehtiyojlari uchun ajratiladigan mablag„lar bo„yicha takliflarni ishlab chiqadi va
Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etadi. Mudofaa va harbiy qurilish
sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o„tkazadi, harbiy texnika va boshqa
ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va ta‟mirlash uchun davlat buyurtmalarining
bajarilishini nazorat qiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy islohotning ikkinchi
bosqichini amalga oshirish ishlarini olib bormoqda. Harbiy islohotning birinchi
bosqichida (1992–1996-yillarda) qism va bo„linmalar, harbiy o„quv yurtlari va
muassasalarini isloh qilishning tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar,
kerakli qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Shuningdek, kadrlarni o„qitish va
tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan.
Harbiy islohotning ikkinchi bosqichida esa Qurolli Kuchlarni isloh qilishni
nihoyasiga yetkazish, yangi tashkiliy tizimga to„la o„tish, qo„shin turlari va xillari
boshqaruvining yuksak darajasiga erishish, jangovar tayyorgarlikda va harbiy kadrlar
kasb mahoratlarini oshirishda yanada yuqori sifatli natijalarni qo„lga kiritish
yo„llarida faol ish olib borilmoqda.
Masalan, harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Samarqand, Farg„ona
va Urganch shaharlarida harbiy mutaxassisliklarga yo„naltiruvchi litseylar faoliyat
ko„rsatmoqda, Harbiy lisey tinglovchilari ikki yil mobaynida harbiy ko„nikma to„plab,
o„zlari tanlagan qo„shin turlari bo„yicha Oliy harbiy bilim yurtlariga yo„l oladilar.
Toshkent umumqo„shin komandirlari, Samarqand avtomobilchi komandir –
muhandislar, Chirchiq tankchi komandir – muhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy
bilim yurtlari, Toshkent aloqa-elektrotexnika institutining maxsus fakulteti Qurolli
Kuchlarimiz saflariga turli mutaxassisliklar bo„yicha yuqori malakali ofitser kadrlar
tayyorlab beradigan Oliy harbiy ilm o„chog„iga aylangan.
Qurolli Kuchlarimizga oliy qo„mondonlik tarkibini tayyorlayotgan harbiy
Akademiyaning ochilishi O„zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim
voqeagina bo„lib qolmay, u xalqaro ahamiyatga molikdir. Mamlakat Prezidenti,
Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo„mondoni Islom Abdug„aniyevich Karimov
Akademiyaning ochilishiga bag„ishlangan tantanada nutq so„zlar ekan, jumladan
shunday dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: |