Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


b) Qurolli Kuchlar – xavfsizlik tayanchi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

b) Qurolli Kuchlar – xavfsizlik tayanchi 

 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  aytganidek: 



«Atrofimizdagi 

notinch  dunyoda  do„stlarimiz  bor,  lekin    O„zbekistonni  o„z  ta‟siri  doirasiga 

kiritishni  xohlaydiganlar  ham  yo„q  emas.  Buning  uchun  ular  barcha 

nayranglardan,  qolaversa,  harbiy  kuchdan  ham  foydalanishlari  mumkin.  Shu 

sababli  bizning  yaxshi  tayyorlangan  va  qurollangan,  istiqlolimiz  va 

chegaralarimizni himoya qilishga qodir armiyamiz bo„lishi kerak!»

Tarixdan  ma‟lumki,  har  qanday  mamlakat,  har  qanday  xalq  o„z  sarhadlarini,  o„z 



xavfsizligini,  o„z  aholisini,  oila,  ayol  va  onalarning  tinch  va  osoyishta  hayotini 

himoya qila olmas ekan, uni tom ma‟noda davlat, deb atab bo„lmaydi. 

Butun  tarixiy  o„tmishimiz,  ajdodlarimiz  o„gitlari  shundan  dalolat  beradiki,  o„z 

hududiy yaxlitligi va mustaqilligini kafolatlay olgan mamlakatgina gullab-yashnaydi. 

Sohibqiron  Amir  Temur  bobomizning:  «Askarlari  baquvvat  el  qudratli  bo„lur, 

qudratli elning askarlari baquvvat bo„lur», – degan so„zlarida teran ma‟no mujassam. 

Xalqimizning  qadimiy  va  boy  tarixiga  To„maris,  Spitamen,  Muqanna,  Temurmalik, 

Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir  Temur kabi o„nlab sarkardalarning nomlari 

zarhal  harflar  bilan  bitilgan.  O„zining  mana  shunday  buyuk  tarixi  va  ajdodlariga 



 

277 


munosib  voris  bo„lgan  xalq  mamlakat  xavfsizligini  ta‟minlashga  qodir  armiyani 

yarata olishi tabiiydir. 

Shu  boisdan,  O„zbekiston  davlat  mustaqilligiga  erishgach,    O„zbekiston 

Respublikasi  Qurolli  Kuchlari  tashkil  etildi.  O„zbekiston  Respublikasining  davlat 

suverenitetini  va  hududiy  yaxlitligini,  fuqarolarning  Konstitutsiyaviy  huquq  va 

erkinligini  himoya  qilish  maqsadida  Mudofaa  ishlari  vazirligi  va  Milliy  gvardiyani 

tuzish  zarur  ekanligi  dastlab  Oliy  Kengashning  1991-yil  31-avgustda  qabul  qilingan 

«O„zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  to„g„risida»gi  bayonotida 

ko„rsatilgan.  Bu  bayonot  xuddi  shu  kuni  qabul  qilingan  «O„zbekiston 

Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to„g„risida»gi Konstitutsiyaviy qonunda 

huquqiy jihatdan mustahkamlangan. Qonunda suveren respublikaning Mudofaa ishlari 

vazirligi hamda Milliy gvardiyani tuzish huquqi bilan birga muqobil xizmatni tashkil 

qilish,  shuningdek,  O„zbekiston  hududida  joylashtirilgan  sobiq  SSSR  Qurolli 

Kuchlarini  boshqarish  masalalarida  harbiy  siyosatni  amalga  oshirish  huquqi  ko„zda 

tutilgan  edi.  Ushbu  hujjatlar  O„zbekiston  Respublikasining  o„z  Qurolli  Kuchlarini 

tuzishida huquqiy asos bo„ldi. 

«O„zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari  to„g„risida»gi 

Konstitutsiyaviy qonunni bajarish yuzasidan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 

1991-yil 6-sentabrdagi Farmoniga asosan Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. 

Mudofaa  vazirligi  Bosh  shtabi  va  boshqarmasi  hamda  ularning  joylardagi  quyi 

bo„linmalari tuzildi. 

Mudofaa vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi: 

– harbiy safarbarlik tadbirlari; 

– Milliy gvardiya tuzish va ta‟lim berish; 

– fuqarolar mudofaasini amalga oshirish; 

– harbiy bilim yurtlarini komplektlash; 

–  oliy  o„quv  yurtlaridagi  harbiy  kafedralar  va  muntazam  harbiy  tayyorgarlik 

maktablarini boshqarish; 

– muqobil xizmatni tashkil qilish; 

– urush qatnashchilari va baynalminalchi jangchilar bilan ishlash; 

– harbiy xizmatga chaqirish, qo„shinlarni joylashtirish, harbiy mashqlar o„tkazishni 

muvofiqlashtirish, qo„shin va harbiy obyektlarni yangi joyga ko„chirib joylashtirish; 

– harbiy xizmatchilar va ularning oila a‟zolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish; 

– yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hokazolar. 

Ittifoq  inqirozga  yuz  tutayotgan  bir  paytda  va  mustaqil  suveren  davlatimiz 

qurilishining  dastlabki  bosqichlarida  Mudofaa  ishlari  vazirligining  tashkil  qilinishi 

O„zbekiston  Respublikasi  hududida  davlat  harbiy  tizimi  barbod  bo„lishining  oldini 

oldi  va  boshqa  davlatlar  hududida  xizmat  qilayotgan  O„zbekiston  Respublikasi 

fuqarolari ijtimoiy himoya qilinishini ta‟minladi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  vujudga  kelishida  O„zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori katta ahamiyatga ega 

bo„ldi. Ushbu Qarorga muvofiq, mamlakat hududida joylashgan sobiq Ittifoq Qurolli 




 

278 


kuchlarining  barcha  qismlari,  qo„shilmalari,  harbiy  o„quv  yurtlari,  muassasa  va 

tashkilotlari  O„zbekiston  Respublikasi  tasarrufiga  olindi,  ular  moddiy-texnika  va 

mablag„  bilan  ta‟minlanadigan  bo„ldi.  Shu  tarzda  mustaqil  mamlakat  Qurolli 

Kuchlarini  barpo  etishning  dastlabki  tashkiliy  davri  yakunlandi.  1993-yil  29-

dekabrdagi  O„zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  muvofiq  14  yanvar  «Vatan 

himoyachilari kuni», deb e‟lon qilindi. 

Respublika tasarrufiga olingan harbiy tuzilmalarga rahbarlik qilish Mudofaa ishlari 

vazirligiga yuklatildi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1992-yil  3-iyulda  bo„lib  o„tgan  12-

chaqiriq 10-sessiyasi mamlakat Qurolli Kuchlarini tizimini takomillashtirishda muhim 

voqea  bo„ldi.  Sessiyada  «Mudofaa  to„g„risida»,  «Umumiy  harbiy  majburiyat  va 

harbiy  xizmat  to„g„risida»  va  «Muqobil  xizmat  to„g„risida»  muhim  qonunlar, 

shuningdek,  harbiy  qasamyodning  yangi  matni  va  qasamyod  qildirish  tartibi  qabul 

qilindi.  Mustaqil  O„zbekiston  Qurolli  Kuchlarining  boshqaruvini  yanada 

takomillashtirish  maqsadida    O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Farmoniga 

binoan  Mudofaa  ishlari  vazirligi  O„zbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligiga 

aylantirildi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  huquqiy  bazasini  yaratishdagi 

birinchi  bosqichning  yakunlanishi  1992-yil  8-dekabrda  bo„lib  o„tgan  O„zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasiga to„g„ri keldi. Bu sessiyada davlatning 

Asosiy  qonuni  –  O„zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  qabul  qilindi. 

Konstitutsiyaning  26-bobi  mudofaa  va  xavfsizlik  masalalariga  bag„ishlangan. 

Konstitutsiyaning  125-moddasida  «O„zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlari 

O„zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining 

tinch  hayoti  va  xavfsizligini  himoya  qilish  uchun  tuziladi.  Qurolli  Kuchlarining 

tuzilishi  va  ularni  tashkil  etish  qonun  bilan  belgilanadi»,  deyilgan.  Shuningdek,  shu 

bobning  126-moddasida  «O„zbekiston  Respublikasi  o„z  xavfsizligini  ta‟minlash 

uchun yetarli darajada qurolli kuchlarga ega», deb ko„rsatilgan. 

Davlatimiz  harbiy  sohadagi  tashqi  siyosatining  asosiy  yo„nalishlari  1996-yil  26-

dekabrda  qabul  qilingan  «O„zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosati  faoliyatining 

asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. 

Shunga  asosan  bu  qonunda  «O„zbekiston  hech  qanday  harbiy-siyosiy  bloklarda 

ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday 

xalqaro  tashkilotlardan  chiqish  huquqini  o„z  ixtiyorida  qoldiradi»,  deb  qonuniy 

rasmiylashtirgan.  Qonunning  ahamiyati  va  kerakliligi  yaqqol  ko„rinib  turibdi.  Bu 

qonun  O„zbekistonning  tinchliksevar  siyosatini,  uning  dunyo  hamjamiyatida 

integratsiyaga intilishini yana bir bor ko„rsatmoqda. 

Qurolli  Kuchlarning  huquqiy  asoslarini  yanada  rivojlantirishda  1997-yil  29-

avgustda 

tasdiqlangan 

«O„zbekiston 

Respublikasining 

Milliy 

xavfsizligi 

konsepsiyasi» haqidagi O„zbekiston Respublikasi qonuni alohida ahamiyatga egadir. 

Bu  konsepsiyada  diniy  ekstremizm,  millatlararo  va  etnik  ziddiyatlarning 

kuchayishi,  qurollarning,  jumladan  yadro  qurolining  tarqalishi,  xalqaro  terrorizm, 



 

279 


uyushgan  jinoyatchilikning  avj  olishi,  narkotik  moddalarning  tarqalishi  hamda 

ekologik tanazzul ko„rinishidagi mintaqaviy va yalpi tahdid mavjudligi ta‟kidlanadi. 

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, Konsepsiya davlatning muhim vazifalaridan 

biri  milliy  xavfsizlikning  samarali  tizimini  yaratish,  O„zbekistonning  mintaqaviy  va 

yalpi xavfsizlikni ta‟minlovchi kollektiv hamkorlik tizimiga kirishini taqozo etadi. 

 O„zbekiston  Qurolli  Kuchlarining  eng  muhim  vazifalari  milliy  harbiy 

mutaxassislarni  tayyorlash  va  armiyani  texnik  jihatdan  jihozlashdan  iborat.  Ana 

shulardan  kelib  chiqib,  so„nggi  paytlarda  O„zbekistonda  Qurolli  Kuchlar  uchun 

yuksak  malakali  ofitserlar  tayyorlaydigan  bir  qancha  harbiy  o„quv  yurtlari  tashkil 

etildi.  Armiyani  texnik  jihatdan  jihozlashni  mustahkamlash  chora-tadbirlari 

ko„rilmoqda.  Zotan, hukumat 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish