XIX asrning saksoninchi yillarida dunyo mamlakatlarini ikkiga ajratib turgan
odamzod boshidagi urush xavfi go„yo yo„qolgandek tuyildi. Lekin voqealar rivoji bu
ishonchning o„tkinchi ekanini isbotladi. Boz ustiga, odamzodning tinch hayot va
274
farovonligiga xavf soluvchi boshqa tahdidlar – terrorizm va zo„ravonlik, diniy
ekstremizm va fundamentalizm, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasi
yuzaga chiqdi.
Qolaversa, XX asrning so„nggi o„n yilligida o„z davlat mustaqilligini qo„lga
kiritgan mamlakatlar jahon siyosiy xaritasi, binobarin xavfsizlik tizimida katta
o„zgarishlar yasadi. Shunday bir sharoitda yer yuzidagi har bir davlat, ayniqsa, yangi
mustaqil respublikalar uchun o„z xavfsizligi va barqarorligini ta‟minlash bosh
masalaga aylandi. Shu jumladan, O„zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti,
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa yirik xalqaro tuzilmalar
o„rtasidagi hamkorlik ham, avvalo, mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini
ta‟minlashga qaratilgandir. Negaki, bugungi kunda O„zbekistonning taraqqiyoti uchun
tinchlik va barqarorlik eng asosiy shart sanaladi.
O„zbekiston Prezidentining Amerika Qo„shma Shtatlariga safari, NATOning 50
yilligiga bag„ishlab o„tkazilgan tadbirdagi ishtiroki O„zbekiston, qolaversa butun
mintaqa xavfsizligi va barqarorligi haqida ayrim mulohazalarni aytishga undadi.
Bilamizki, Afg„onistonda kechayotgan urush, qo„shni Tojikistondagi beqarorlik
mintaqamiz, shu jumladan, O„zbekistonning osoyishtaligiga ham har daqiqada xavf
solib turardi. Bu xavf nimalarda ko„rinadi?
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma‟lumotlariga qaraganda, bugungi kunda
Afg„oniston narkotik moddalar «eksporti» bo„yicha dunyoda birinchi o„rinda turibdi.
Bu esa nafaqat bizning mintaqamiz, balki Yevropaga ham katta tashvish tug„diryapti.
Mazkur davlatlardagi beqarorlik sabab ayrim kuchlar diniy ekstremizm va
fundamentalizm yo„lidagi harakatlarga zo„r berayaptiki, ayni hol O„zbekiston uchun
nechog„li jiddiy ekanini 1999-yil 16-fevralda Toshkentda yuz bergan mudhish
voqealar, undan keyingi 2001–2004-yillardagi terroristik harakatlar yana bir karra
tasdiqladi. Qolaversa, ayrim mamlakatlarning shovinistik harakatlari ham
mamlakatimiz mustaqilligi va taraqqiyotiga xavf solayotgani sir emas. Shunday bir
sharoitda O„zbekiston o„z xavfsizligini ta‟minlash borasida dunyoning rivojlangan
davlatlari, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan NATO bilan hamkorlikni
rivojlantirishdan manfaatdor ekani tabiiy.
Ma‟lumki, O„zbekiston NATO «Tinchlik yo„lida hamkorlik» dasturining faol
ishtirokchisi sanaladi. Dastur asosidagi o„zaro muloqot esa harbiy-o„quv mashqlari
doirasida kengaymoqda. Lekin O„zbekiston NATOga a‟zo bo„lmaydi. Buning ikkita
sababi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: