«O„zbekiston bilan Qirg„izistonni gijgijlatishga
qaratilgan urinishlar deb bilaman va ularni tamoman inkor etaman. Agar bu
haqiqat bo„lganda edi, bo„lmasa nima uchun jangarilar Qirg„izlarni talon-taroj
va qatl etishni boshladilar?»
.
Pokiston–Afg„oniston–Tojikiston–Qirg„iziston hududini egallab olgan qonxo„rlik
«o„yin»lari va ana shu mamlakatlarning o„zi ham ayni xalqaro terrorizmning uzviy,
bir-biriga bog„langan zanjir halqalari ekanligi bugun hech kimga sir emas. Agar ular
qaysidir darajadagi moddiy, ma‟naviy, harbiy sohadagi «hotamtoy» homiylarga
suyanmasa, terrorizm bu qadar tez rivojlanmagan, bu qadar tez urchib ketmagan va
xalqaro maqomga ega bo„lmagan bo„lardi. Agar ana shu bog„liqlik bo„lmaganida edi,
ularning o„zaro munosabatlarida, faoliyatlarida hamkorlik bo„lmaganida edi, ular
bunchalik emin-erkin harakat qilishmagan bo„lardilar.
Jangarilar Qirg„izistonga bostirib kirgan paytlari, ularning aksariyati o„zbek
millatiga mansub emish, degan mish-mishlarni ham tarqatishdi. Go„yoki, bunday
terrorchilik harakati o„zbeklarning o„zining ishi va ularga daxldor bo„lgan fojia emish.
Keyinchalik ma‟lum bo„ldiki, ular tarkibida tojiklar, chechenlar, afg„onlar, arablar,
qirg„izlar va hatto ruslar ham bor ekan. To„g„ri, Islom dini panasida turib, o„zining
g„arazli maqsadlarini amalga oshirishga intilayotgan «musulmon»lar orasida 5–10 ta
o„zbek ham bo„lishi mumkin. Biroq, o„zbek millatiga mansub bo„lgan aholi
Qirg„iziston, Tojikiston, Afg„oniston hududlarida ham yashamoqda-ku! Nima uchun
biz bitta yo ikkita o„zbek millatiga mansub jangarini ushlab olib, uni butun o„zbek
xalqiga va O„zbekistonga nisbat berishimiz kerak? Shuning o„zi g„oyaviy
qo„poruvchilik, uydirma emasmi?!
271
XX asrning o„rtalarida dunyoga juda katta talofat keltirgan va insoniyat hayotiga
xavf-xatar solgan fashizmni esga olaylik. Gitler va uning gumashtalari g„oyasiga ko„r-
ko„rona yondashgan, uning manfaatlariga xizmat qilgan millionlab buyuk nemis
millatiga mansub bo„lgan kishilar bor edi. Biroq, hech kim hech qachon fashizmni
buyuk nemis millatiga dog„ sifatida nisbat bermaydi-ku? Nega endi, Botken fojialarini
tashkil etgan va amalga oshirganlar orasida qayerda tug„ilgani va yashayotganidan
qat‟i nazar, qaysi mamlakat fuqarosi bo„lganini inobatga olmay o„zbeklar va
O„zbekiston boshiga mag„zavalar quyishi kerak ekan?
O„zbekiston davlatining qudrati, uning yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi
borasidagi siyosiy yo„li ana shunday qat‟iy! Zotan, O„zbekiston Mustaqil Davlatlar
Hamdo„stligi orasida o„zining barqaror rivojlanish yo„liga chiqib olganligi, jahon
siyosiy maydonida o„z so„zi va o„z fikri bilan alohida mavqega ega bo„layotganligi,
dunyo voqealariga qat‟iyat va nihoyatda aniqlik bilan yondashayotganligi bois juda
katta nufuzga ega bo„lmoqda. Ana shularning hammasining tagida juda katta e‟tiqod,
tanlab olingan yo„lga sobitlik fazilatlari yotadi. Xalq ishiga, Vatan osoyishtaligiga
qaratilgan siyosat yuksak e‟tiqod darajasiga ko„tarilgan taqdirdagina u har qanday
tahdidga tahdid sola biladigan, har qanday tajovuzni yenga oladigan, uni barbod
qilishga qodir bo„lgan mo„jizaga aylanadi.
1999-yilning 18-19-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Yevropada
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi yig„ilishi bo„ldi. Anjumanda
asosiy muhokama qilingan masala Yevropada Xavfsizlik Xartiyasi bo„ldi. Xartiya
nafaqat tashkilotga a‟zo bo„lgan 54 mamlakatning, balki butun dunyoning kelgusi
asrdagi xavfsizligini ta‟minlash borasidagi muhim hujjatdir. Ushbu anjumanda
birinchi bo„lib O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovga so„z berildi. O„zbekiston
rahbari mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ko„targan muammolar, ilgari surgan
g„oyalar naqadar real ekanligini vaqt yaqqol ko„rsatib berdi.
Prezident Islom Karimov xalqaro terrorizm va mintaqaviy mojarolar xususida
gapirar ekan,
Do'stlaringiz bilan baham: |