tug„ilgan Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abduholiq G„ijduvoniy, Burxoniddin
Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy va boshqalar kabi o„nlab daholar
jahon sivilizatsiyasiga g„oyatda kuchli ta‟sir o„tkazgan Ahmad al-Farg„oniy, Abu
268
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ulug„ sarkarda va davlat
arbobi Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug„bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur va boshqa bobokalonlarimiz dunyo taraqqiyotini tabiiy fanlar,
falsafa, mantiq va adabiyot bilan birga Islom nazariyasi va ta‟limoti bilan mushtarak
holda tushundilar va rivojlantirdilar. Davr, tarixiy sharoit shunday ediki, ayni ana shu
omillarning biri kam bo„lgan taqdirda buyuk ixtirolar, olam-u odamlar taqdiri va
istiqboli bilan bog„liq bo„lgan kashfiyotlar dunyoga kelmagan bo„lur edi.
Masalaning, yana bir nozik jihati bor: xuddi ana shu biz yuqorida nomlarini tilga
olgan ulug„ daholarning barchasi islom dinini ilmiy, nazariy va amaliy jihatdan
qanchalik rivojlantirgan, e‟zozlagan, uning nazariyasi va falsafasini boyitgan
bo„lsalar, o„z davriga xos diniy fanatizm va aqidaparastlikdan ham shunchalik ko„p
jabr ko„rganlar. Ayrimlari, hatto, xurofot va jaholat qurboni bo„ldilar.
Demak, jaholat, johillik yashovchan ekan. Biz buni inkor eta olmaymiz. Hayot
haqiqati shunday. Demak, biz xavf-xatardan butunlay xoli, tinch va osuda yashashga
qanchalik intilsak, hayotimizning har daqiqasida aql-idrok yo„rig„i bilan yo„l tutib
o„zimizni, o„zimiz orqali farzandlarimizni, oilamizni, oxir-oqibatda butun jamiyati-
mizni asramog„imiz darkor. Biz uchun bundan boshqa yo„l yo„q.
1999-yil avgust oyining oxirlarida bir guruh jangarilar Tojikiston orqali
Qirg„izistonning Botken tumaniga kirib keldilar. Ular qariyb uch oy mobaynida
tumanning besh qishlog„ini bosib oldilar. Tinch yashayotgan ming-minglab odamlar
hayotiga tajovuz qildilar. Ularning mol-mulkini, oziq-ovqatlarini tortib oldilar. Bir
qirg„iz generali, to„rt yapon fuqarosi va boshqa bir necha kishilar garovga olindi.
Turli millat vakillari va bir necha mamlakat fuqarosidan iborat jangarilar xalqaro
terrorizmning yangi qiyofasini ko„rsatdilar. Bezorilar Qirg„iziston hududidan chiqib
ketgan paytlari Moskvada nashr etiladigan «Время-MН» gazetasi muxbiri
O„zbekiston Prezidenti I. Karimovga savol bilan murojaat etdi.
O„zbekiston rahbarining «Время-MН» gazetasida chop etilgan intervyusi bugungi
dunyo mojarolariga, ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga, xususan, xalqaro terrorizm va
diniy ekstremizmga bo„lgan munosabatlarga juda katta aniqlik kiritdi.
Aytish mumkinki, mazkur suhbat XXI asr tafakkur tarzini, uning yo„nalishlarini,
miqyosini belgilab berdi. Jahon siyosatining strategiyasi, uning falsafasi, mantiqi,
hayot haqiqati nimalardan iboratligini aniq-ravshan ko„rsatdi.
Albatta, insoniyat shajarasi abadiy. Hayot esa cheksiz, chegarasizdir. Uning
kutilmaganda
yangidan-yangi,
bir-biriga
o„xshamagan muammolari paydo
bo„laveradiki, ularni o„z vaqtida ilg„ab olish, anglab, to„g„ri tushunish va eng maqbul
shakldagi yechimini topish alohida zukkolikni taqozo etadi. XX asr illati sifatida
dunyoga kelgan, tobora madda boylab, jazavaga tushayotgan xalqaro terrorizmga
keskin zarba berish, tag-tomiri bilan sug„urib tashlash alohida zukkolikni, alohida
shijoatni, ayni paytda haqiqat bilan yuzma-yuz turish jasoratini talab qiladi.
Aslini olganda insoniyat va hayot kushandasi bo„lmish xalqaro terrorizmga
munosabat bildirayotgan siyosat va davlat arboblari oz emas. Biroq, ular o„z
chiqishlarida bo„lib o„tgan voqealarni shunchaki sharhlashdan, shunchaki ommaga
269
ko„rinish berib qo„yish tamoyilidan nariga o„tishmayapti. Ularning aksariyatida
masalaning tub mohiyatini ochishga, unga keskin zarba berishga yo siyosiy iroda
yetishmayapti yoki shaxsiy shijoat yetarli emas. Yo bo„lmasa, «uni o„ylaydigan
boshqalar ham bordir, nega aynan men boshimni qotirishim kerak» qabilida ish
yuritishyapti. Dunyo hayotiga tahdid solayotgan, insoniyat taqdiri, Yer shari istiqboli
bilan bog„liq bo„lgan umumjahon muammosini zimmasiga olib, unga qarshi
kurashadiganlar esa oz. Kamdan-kam davlat arboblarigina o„z halovatidan kechib
dunyoviy mojarolarni o„z yuragidan o„tkazmoqda, unga munosabat bildirmoqda.
O„zbekiston rahbari mamlakat mustaqilligiga asos solar ekan, terrorizm va
ekstremizm, mintaqalararo mojarolar yangi dunyoning «sovuq urush»dan xoli
dunyoning og„ir jarohati ekanligini ko„rsatib berdi va jahon ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarida yangi xavf, yangi tahdid urchib borayotganini alohida ta‟kidladi. Dunyo
siyosati oqimini o„zgartirish, uni yangi mazmun bilan boyitish zarurati tug„ilganini
isbotladi.
O„zbekiston rahbari mintaqada va Yer yuzining turli hududlarida yuz berayotgan
terrorchilik harakatlari, din niqobi ostida amalga oshirilayotgan qonxo„rliklar va
zo„ravonliklar oqibatlariga o„ta jiddiy qaraydi. Prezident I.Karimov voqealarga o„z
vaqtida munosib baho berdi. Ularni butun ko„lami va miqyosi bilan idrok etadi.
Natijada, masalaning tub ildizini ochib beradi. Xalqaro terrorizmning insoniyat
hayotiga tahdidi, fojialari va jahon tarqqiyotiga butkul to„siq bo„ladigan omillari
xususida gapirar ekan,
Do'stlaringiz bilan baham: