Oradan yillar o„tdi. Toshqinlar tindi, suvlar tiniqlashdi, bulutlar tarqaldi. Haqiqiy
hayot aniq-ravshan ko„zga tashlandi: Siyosatning har qanday hissiyot va tuyg„ulardan
holi bo„lgan, aql-idrokka tayangan shakl-u shamoyili namoyon bo„ldi. Ana shuning
o„zi yangilikni evolutsion yo„l bilan amalda joriy qilishning, qat‟iy intizomga
O„zbekiston yangilanishlarning ikkinchi davrini boshladi. Buni nimalarda ko„rish
turmush tarziga ko„nikma hosil qilishlari kerak edi. Islohotlarning mazmun-
mohiyatini anglashlari, mustaqil taraqqiyot afzalliklari va beqiyos imkoniyatlarini
tushunib olishlari lozim edi. Buningsiz hech qanday natijaga erishib bo„lmaydi.
Chunki, har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda ham inson asosiy hal qiluvchi
omil. Shuning uchun ham yangilanishlar, eng avvalo, uning qalbidan, ongi va
O„zbekistonda, xuddi iqtisodiy islohotlarga bo„lgani kabi, demokratiyaga
munosabatda ham ana shu tarzda yo„l tutildi. Demak, oldin jamiyat barqarorligini
ta‟minlash, odamlarni demokratik hayot tarziga o„rgatish, ularga demokratik
tamoyillarni tushuntirish so„ng esa demokratik jarayonlarni faollashtirib, uning
tanlangandayoq demokratiyani joriy etishning strategik dasturlari ishlab chiqilgan edi.
Biroq, buni e‟lon qilish uchun hali erta, ya‟ni jamiyat hali bu dasturlarni amalga
Mana endi demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi boshlandi.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustda bo„lib o„tgan VI
181
sessiyasi ana shu yangi davrni boshlab berdi va demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish tamoyillarini ko„rsatib berdi.
Birinchidan
, jamiyatni tubdan yangilash va turmushimizning barcha sohalarida
tub islohotlarni amalga oshirish, shu asosda demokratik tamoyillarni turmush tarziga
aylantirish uzoq davom etadigan uzluksiz jarayondir. Bu kundalik tashvishimiz bilan
bog„liq bo„lgan va umuman mamlakat taqdirini belgilaydigan muhim hodisadir.
Jamiyatda demokratiyani chuqurlashtirish izchillikni taqozo etadigan, sobitqadamlik
bilan turli qarshiliklar va to„siqlarni yengib, eskicha qoliplarni
sindirib tashlab, yangicha tafakkur tarzini joriy qiladigan murakkab jarayondir.
Ikkinchidan
, jamiyatni demokratlashtirish bu bevosita iqtisodiy islohotlardan
tortib huquqiy, siyosiy va ma‟naviy yangilanishlarga bevosita tayangan voqelikdir.
Sessiyada ta‟kidlanganidek «demokratiyalash jarayonining ayni ana shu huquqiy,
siyosiy va ma‟naviy jarayonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda». Bu «talay
muhim qonunlar, tegishli qonun hujjatlari bilan mustahkamlanmaganligida, qabul
qilingan huquqiy me‟yorlar va kafolatlarni ro„yobga chiqarishning aniq mexanizmi
yetarli darajada ishlab chiqilmagan»ida ko„rinadi.
Ayni ana shunday qarashning o„zi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud tizimlari hamda jamoat tashkilotlari keng miqyosli faoliyatini kuchaytirish,
ta‟sirchanligini va ish samaradorligini oshirish zarurligini ko„rsatadi. Yoki aniqroq
qilib aytganda ular faoliyatini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning
butun bir tizimini yaratishga, bu sohada uzoq muddatli pirovard maqsadlarni inobatga
olgan strategik dasturlarni ishlab chiqishga, uni hayotga izchillik va sobitqadamlik
bilan joriy etishga shu yo„l bilan odamlar tafakkurida o„zgarish yasab, jamiyat
ma‟naviy qiyofasini shakllantirishga safarbar etish lozimligini ko„rsatadi.
Uchinchidan
, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini
ta‟minlash lozim. Eng avvalo huquq-tartibot ishlarini, qonunlar va boshqa me‟yoriy
hujjatlarni xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Ma‟lumki, ayni paytda
jahonda mazkur masalaga doir yetmish xil andoza mavjud. Bularning hammasi jahon
hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisoblanadi. O„zbekiston hozir ana shu
andozalardan o„n beshtasiga qo„shilganligi uning juda qisqa muddatda demok-
ratiyaning turmush tarziga va uni doimiy ishlab turadigan mexanizmga aylantirish
borasida amalga oshirilgan katta yutug„i hisoblanadi.
Hukumat mustaqillik davrida bosib o„tilgan yo„l, to„plangan tajribalar va
imkoniyatlarni tahlil qilar ekan, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini
qaytadan ko„rib chiqish, uni jahonning eng ilg„or tajribalari bilan boyitish kerakligini
uqtiradi.
Sessiyada inson huquqlarini kafolatlash va bu sohadagi normativlarni amalga
oshirish ustidan nazoratni kuchaytirishning eng zamonaviy shakllarini vujudga
keltirish zarur, deb ko„rsatdi. Jumladan, Oliy Majlisning inson huquqlari bo„yicha
vakili instituti hamda huquqparvar jamoat tashkilotlarining mavqeyi va maqomini
ko„tarish, inson huquqlarini himoya qilish Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikrini
o„rganish markazi, Amaldagi qonunchilik Monitoringi instituti, Inson huquqlari milliy
182
markazi singari tashkilotlar ishini rivojlantirish, takomillashtirish hamda boshqa bir
qator institutlarni tashkil etish zarurligini ko„rsatdi.
Prezident I.Karimov masalaning xuddi ana shu jihatiga alohida e‟tibor berar ekan,
Do'stlaringiz bilan baham: