va tashqi g„animlar bilan olishib, mustaqillik himoya qilindi. O„tgan davr xalqimizni
Mustaqillikning o„tgan davri xalqimizni ko„p narsalarga o„rgatdi. Butunlay yangi
tarixiy sharoitlarda butunlay yangi tajribalar dunyoga keldi. Bu tajribalar «O„zbek
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralida bo„lib o„tgan
birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov mamlakatda
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini kafolatlash, eng
insonparvar, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish xususida gapirar ekan
«O„zbekiston XXI asr ostonasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari» dasturini ishlab chiqish zaruriyati haqida alohida to„xtalgan
edi. Oradan ko„p o„tmay ana shu keng tarmoqli dastur Prezidentning o„z tashabbusi
bilan yaratildi. «O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari» deb nomlangan yirik ilmiy, nazariy, tahliliy asar
Muallif demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirish xususida gapirar ekan, dunyo muammolarini, dunyo tajribalarini,
insoniyat taraqqiyoti davrida to„plangan ijobiy xulosalarni chuqur o„rganadi va unga
177
o„ziga xos baho beradi. Jumladan, u bugun jahon siyosatida har qanday zo„ravonlik va
kuch ishlatishdan, har qanday qurol-yaroq va tazyiqlardan ustun keladigan tafakkur
dunyoga kelayotganini, endi yoqavayronlik, portlatish va qirg„inbarot keltirishlar
ibtidoiy hodisa ekanligini, «zo„r bo„lsang o„zingni aqling bilan ko„rsat» qabilida ish
ko„rsatish vaqti kelganligini boshqalardan ko„ra tezroq angladi, boshqalardan ko„ra
chuqurroq tushundi. Endi borgan sari ochiqlik, yuzma-yuz turib fikrlashish,
muammolarni muzokaralar yo„li bilan hal etish va ana shu ayovsiz muzokaralar
paytida sog„lom aql-idrok tantanasiga erishish zarurligini ko„rsatib bermoqda.
Prezident Islom Karimov mazkur kitobda mustamlakachilik va irqiy
kamsitishlarning yo„q qilinganligini, sotsializm va kommunistik mafkuraning
zo„ravonlik da‟volari barbod etilganligi, jahon xaritasida yangi mustaqil davlatlarning
paydo bo„lganligi, mintaqalararo munosabatlarda muvozanatning o„zgarib ketganligi,
aniqroq qilib aytganda, jahon taraqqiyotida Osiyo qit‟asi mamlakatlari rolining oshib
borayotganligi XXI asr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining o„zgarib borishiga sabab
bo„lishini chuqur tahlil etadi.
Muallif nazarida demokratik taraqqiyotning turli qadriyatlari, tamoyillari va
me‟yorlari takomillashib, bir-birini boyitib ommabop tus olmoqda. Endi ana shu
qadriyatlar yer yuzining turli mamlakatlarida turli xalqlar va millatlarning yagona,
umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlariga aylanmoqda. Zotan, inson yer yuzining
qaysi burchagida yashamasin, u eng avvalo insonligini tushunmog„i lozim, inson kabi
yashashga haqli. O„zbekiston siyosati nazarida jahon taraqqiyoti va demokratiya
jarayonlari ana shunga asoslanmog„i lozim.
Kitobda
demokratik
jarayonlarni
chuqurlashtirish,
fuqarolik
jamiyatini
shakllantirish borasida fikr yuritilar ekan, quyidagilar muhim omil sifatida ko„rsatib
beriladi:
Birinchidan
, muallif tasavvurida «Fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu
makonda qonun ustuvor bo„lib, u insonning o„z-o„zini kamol toptirishiga monelik
qilmaydi, aksincha yordam beradi».
Demak, jamiyatda eng avvalo qonun ustuvor bo„lishi, barchaning qonun oldida
tengligini ta‟minlash muhim ahamiyatga ega. Ana shunda fuqarolarning huquq va
erkinliklari to„la ta‟min etilishiga imkon yaratiladi. Har qanday kamsitishlarga yo„l
qo„yilmaydi va inson hayoti to„la kafolatlanadi.
Demokratiya siyosiy yoki huquqiy hodisagina emas, ayni paytda u yuksak
ma‟naviyat, boy madaniyat, shaxs kamoloti bilan bog„liq bo„lgan, har bir fuqaro
ma‟naviy-axloqiy va ruhiy holatini belgilaydigan oliy qadriyat. Muallif demokratik
jarayonlarni chuqurlashtirish xususida gapirar ekan, demokratiya erkinliklarini,
jamiyat ma‟naviy qiyofasini va shaxs ozodligini ana shunday yaxlit holda, bir butun
jonli organizm shaklida tasavvur etadi.
Ikkinchidan
,
demokratiyani
chuqurlashtirish
omillaridan
biri
sifatida
ko„ppartiyaviylik haqida alohida to„xtaladi va o„z fikrini aniq, lo„nda qilib o„rtaga
tashlaydi. Hech qachon partiyalar soni demokratiya ko„lamini, miqyosini, darajasini
va qadriyatlarini belgilay olmasligini ko„rsatib beradi. Turli ijtimoiy guruhlar
178
manfaatini himoya qila oladigan turli partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlari o„z
Nizomi doirasidagina o„z a‟zolari manfaatini himoya qilishi mumkin, xolos. Biroq,
umumiy manfaat – xalq, jamiyat, mamlakat manfaati singari eng oliy va eng qimmatli
ehtiyojlar ham borki, bu barcha siyosiy partiyalarning umumiy yig„indisidan, turli va
xilma-xil qarashlarning uyg„unligidan kelib chiqadi. To ana shunga erishilmas ekan,
demokratiya shunchaki rusumga aylanib qolaveradi. Ana shunday nuqtai nazardan
Do'stlaringiz bilan baham: