qayerga qo„yishini, qanday yo„ldan borishini, kelajagini qanday belgilashni bilmay
qolgan edi. Mamlakatda sarosimalik vujudga keldi. Ishlab chiqarishda parokandalik
yuz berdi. Sobiq ittifoqning yagona iqtisodiy makonida vujudga kelgan po„lat
zanjirlar uzilgach, kun kechirish og„irlashdi. Odamlarda ruhiy horg„inlik, asabiy
charchog„lik, ma‟naviy kemtiklik va asabiy taranglik kayfiyati paydo bo„ldi. Bu
aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham siyosiy kuchlardan jiddiyroq o„ylashni,
jiddiyroq harakat qilishni, har bir qadamini o„ylab bosishni taqozo etardi. Chunki
ta‟bir joiz bo„lsa mamlakatning o„sha paytdagi ahvoli nihoyatda ulkan gaz bochkasiga
o„xshardi. Uning tuynugiga befarqlik bilan bir gugurt chaqish halokatli va falokatli
171
hodisaga olib kelishi muqarrar edi. Ana shunday paytda «Erk» demokratik partiyasi
mustamlakachilik siyosatiga nisbatan qanday pozitsiyada turgan bo„lsa,
mustaqillikning qonuniy hukumatiga ham xuddi shunday pozitsiyada turdi.
Vaholanki, yigirma milliondan ortiq aholi taqdiri bitta gugurt chaqilishi bilan bog„liq
bo„lgan tahlikali vaziyatda edi. Bu muxolifatchilarning jiddiy siyosiy xatosi, uzoqni
ko„ra olmaslik illati edi.
Ana shunday jiddiy xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, O„zbekistonda
vujudga kelgan «demokratiya jarchilari»ning balandparvoz shiorlari-yu qalin-qalin
nizom va dasturlari shunchaki gap bo„lgan, xolos. Chunki ularning oldingi hukumatga
ham, keyingi hukumatga ham birday qarshi turishlaridan mamlakat va xalq manfaati
uchun kurash emas, ayni hokimiyat uchun kurash, toj-u taxt jangi, amal-u kursi
kurashi ekanligi ayon bo„ldi. «Erk» demokratik partiyasining nizomida «Erk»
demokratik partiyasi jamiyatda totuvlikka, barqarorlikka intilishni qo„llab-
quvvatlaydi, konfrontatsion kurashish xavfli yo„l...» degan satrlar bor. Ayni ana
shuning o„zi partiya rahbariyati tutgan yo„l boshqa, qog„ozda bayon etilgan g„oyalar
boshqa ekanligini ko„rsatadi.
* * *
1991-yilning oxirlari O„zbekiston mustaqilligining eng tahlikali, iztiroblar va og„ir
kechinmalar jo„sh urgan davri edi. Hali Moskvada sobiq ittifoqni saqlab qolish
ilinjida yurgan siyosiy arboblarning jazavalari tutgan, asabiy va tund kayfiyat
hukmronlik qilayotgan, kelajakka umid bilan qarayotgan bir paytlar edi. Ana shunday
ziddiyatli bir paytda O„zbekistonda mustaqillikni butun choralar bilan
mustahkamlash, uning huquqiy asosini yaratish borasida jiddiy ishlar amalga
oshirilayotgan edi.
Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida turli mish-mishlar-u gap-so„zlar, siyosiy
ig„vogarliklar avj oldi. Birinchilardan bo„lib o„z mustaqilligini e‟lon qilgan
O„zbekiston go„yoki, faqat ittifoq tarkibidagina kun ko„rishi mumkin. U hech qachon
mustaqil davlat bo„la olmaydi, mustaqil taraqqiyot yo„lidan bora olmaydi, oxir-
oqibatda esa Moskva marhamatiga zor bo„ladi, degan fikrlar mavjud edi.
Bunday munozaralarning bo„lishi tabiiy edi. Chunki, uzoq yillar Moskvaga qaram
bo„lgan, xalqi kamsitilgan, unga noshud-notavon, o„z taqdirini o„zi belgilashga qodir
bo„lmagan mavjudot sifatida qaralib kelinganligi sababli O„zbekiston o„z
mustaqilligini e‟lon qilgach, «ulug„ og„a»larning taajjubi oshdi. Biroq, bu tashqi
g„animlarning shunchaki diydiyosi edi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: