birinchidan,
iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga
yetakchi tarmoq sifatida qarash;
ikkinchidan,
milliy valyutani joriy qilish, uning qadrini muttasil oshirib borish;
uchinchidan,
mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, shaxsiy tashabbus va
ishbilarmonlikka yo„l ochish, tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlash;
to„rtinchidan,
iqtisodni jonlashtirish uchun korxonalarni xususiylashtirish, bu
jarayonni tobora chuqurlashtirish;
beshinchidan,
o„tish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishlarini yo„lga qo„yish
va bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirish Mustaqil O„zbekistonda davlat
Mustaqilligini amalga oshirishning jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi ustuvor
yo„nalishlaridir.
O„zbekiston davlat rahbari tomonidan ishlab chiqilgan yosh milliy Mustaqil
davlatlar taraqqiyotiga doir ham nazariy, ham amaliy yo„nalishlar, ilmiy qoidalar,
yo„l-yo„riqlar O„zbekiston Mustaqil rivojlanishining o„n besh yili davomida hayot
sinovidan muvaffaqiyatli o„tdi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, mustaqillikka erishilgandan
keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlar izchillik bilan o„z samarasini bermoqda.
Buni jahon siyosatchilari va davlat arboblari ham tan olmoqdalar. Jumladan, AQSH
Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo„yicha maslahatchisi taniqli siyosat-
shunos Zbignev Bjezinskiy O„zbekistonda bo„ldi va mamlakatimiz aholisi bilan
yaqindan tanishdi. U garchi 90-yillar boshida yozgan maqolalaridan birida «Keyingi
10 – 15 yil ichida O„zbekiston rivojlanishi qanday bo„ladi bilib bo„lmaydi, deb
«bashorat» qilgan bo„lsa-da, qariyb 12 yildan keyin O„zbekistonda bo„lib yurtimizda
amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi va O„zbekistonning mintaqamizda muhim
o„rin tutishini ta‟kidlab, O„zbekiston bilan hamkorlik AQSH manfaatlari uchun
muhim ahamiyatga egaligini asoslab berdi.
«Islom Karimov – yangi O„zbekiston Prezidenti» deb nomlangan teran tahlil va
mazmunga ega kitob mualliflari doktor Levitin va doktor Karlayl ko„p yillar
Markaziy Osiyo respublikalarida bo„lgan, mintaqadagi siyosiy vaziyat va iqtisodiy
islohotlarning borishiga guvoh bo„lgan, mintaqaning o„ziga xos jihatlarini atroflicha
54
o„rgangan kishilar sifatida o„z asarlarida O„zbekistonda olib borilayotgan islohotlar
samarasiga yuksak baho beradilar.
«Tasavvurimcha, – deb yozadi L.Levitin – dunyoda O„zbekiston misolida alohida
sivilizatsiyaviy qiyofa kuchayishi bilan, o„ziga xos sivilizatsiyaviy o„z-o„zini
anglashning o„sishi bilan ish ko„rayotir».
Ko„rinib turibdiki, Markaziy Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatni chuqur
tadqiq etib, har ikki xorijiy muallif «Islom Karimov o„tish davrining obyektiv
omillarini inobatga olib, o„zbek xalqi sivilizatsiyasi xususiyatlaridan kelib chiqib ish
tutdi, islohotlar o„zining ijobiy samarasini bera boshladi. Oqibatda bu holni mustaqil
davlatlar taraqqiyoti uchun xos bo„lgan rivojlanishning «o„zbek modeli» degan jahon
tan olgan yo„lga olib keldi», deb baholaydi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida O„zbekistonda jamiyatni rivojlantirish va uni
ijtimoiy taraqqiy ettirishning o„tgan davriga nazar tashlar ekanmiz, bu davr
mobaynida erishilgan har bir natija va yutuq haqli ravishda
Do'stlaringiz bilan baham: |