Almati shahrida oliy maqom uchrashuvidan so„ng jurnalistlar bilan bo„lib o„tgan
hamda Qozog„iston rahbarlarining bu muammoga munosabati xususida savollar
berishdi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bu savollarga javob
Birinchidan, dedi u, Tojikiston bilan Afg„oniston chegarasida ro„y berayotgan
ziddiyatni hech qachon katta kuch to„plab, zo„rlik yo„li bilan hal qilib bo„lmaydi.
Zo„rlik ishlatish ahvolni battar chigallashtirib yuborishi mumkin. Bu muammoni faqat
Masalaning ikkinchi muhim jihati shuki, – dedi Islom Karimov, Tojikiston –
mustaqil davlat, uning rahbariyati mamlakatning o„ziga xos va o„ziga mos bo„lgan,
o„z xalqining tub manfaatlariga xizmat etuvchi siyosat yurgizishi tabiiy. Hozir
Tojikiston rahbariyati mamlakat boshiga tushgan katta fojiadan chiqib olish yo„llarini
axtaryapti. Biz qo„shni davlat vakillari, tojik xalqi tezroq o„z diyorida, tinch va
farovon hayot qurishini istaymiz. Tojikiston rahbariyatining o„z yurtida tezroq
tinchlik va totuvlik o„rnatish yo„lidagi mustaqil sa‟y-harakatlarini qo„llagan holda,
ba‟zi bir masalalarda tavsiya tarzida o„z mulohazalarimizni bildirsak, ular to„g„ri
qabul etiladi, deb umid qilamiz. Shu nuqtayi nazardan qarasak, muammoni, yana
ta‟kidlab aytaman, aslo zo„rlik yo„li bilan yechilmaydigan muammoni hal etishda
Tojikiston tarafi birinchi navbatda Afg„oniston rahbariyati bilan, agar kerak bo„lsa,
587
Pokiston, Eron va shu mintaqadagi boshqa qo„shni davlatlar bilan muzokara yo„liga
o„tsa, vaziyatni qay tarzda va qanchalik tez barqaror etish yo„llari haqida o„zaro fikr
almashsa, ayni muddao bo„lur edi.
Muammoni hal etishga yordam beruvchi uchinchi jihat xususida gapirar ekan,
Prezident Islom Karimov shunday dedi: Tojikiston rahbariyati o„z yurti kelajagini
o„ylaydigan, mamlakatda demokratik jamiyat qurish yo„lini tanlagan sog„lom kuchlar
bilan tezroq muloqotga o„tgani ma‟qul bo„lardi.
Bugungi kunda sobiq SSSR hududida qad rostlayotgan mustaqil davlat o„z
Konstitutsiyasini, – jamiyatning, davlatchilikning huquqiy asoslarini qayta ko„rib
chiqayapti va demokratik me‟yorlarga moslayapti. Chunonchi, demokratik saylov
tizimini ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan qonunlar tayyorlash hamda shu
qonunlarni hayotga tatbiq qilish bugungi zamon talabiga javob beradigan ish bo„lur
edi. Agar shu nuqtayi nazardan yondashsak, Tojikistondagi ijtimoiy tanglikni bartaraf
etishning to„rtinchi jihatiga kelamiz. Buning mohiyati shuki, Tojikistondagi vaziyatni
barqaror etish uchun kun sayin o„zgarib borayotgan zamon talablariga javob bera
oladigan qonunlar ishlab chiqishni tezlashtirish zarur. Yangi jamiyat qurish va yangi
demokratik saylov o„tkazish yo„lida turli siyosiy kuchlarning boshini qovushtirish,
jamoatchilikni ana shu olijanob maqsadlarga jalb etish, bizning fikrimizcha, g„oyat
ma‟qul ish bo„lur edi.
Albatta, bizlar tojik-afg„on chegarasiga ikki davlat o„rtasidagi chegara deb emas,
balki Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligining chegarasi sifatida qaraymiz, dedi
O„zbekiston Prezidenti. Muammo yechimining beshinchi jihati shundaki, yalpi
Xavfsizlik shartnomasiga imzo chekkan mamlakatlar chegarani mustahkamlashga
ko„maklashishi kerak. Lekin har bir davlat, eng avvalo, o„zining ham moddiy, ham
ma‟naviy, ham siyosiy va ham diplomatik kuchlariga tayanib, muammoni hal etishga
harakat qilgani ma‟qul.
Prezident Islom Karimov Tojikiston xalqi va rahbariyati vujudga kelgan
muammolarni bosiqlik va aql-zakovat bilan, tinchlik va adolat yo„li bilan hal etishga
qodir, deb ishonch bildirdi.
«O„zbekiston ovozi», 1993-yil 30-iyul
Do'stlaringiz bilan baham: