muammolari, shuningdek, bu sohalarda va Birlashgan Millatlar Tashkilotida
O„zbekistonning tutgan o„rni xususida fikrlashuvimizni davom ettirish uchun BMT
taraqqiyot dasturi ma‟muri Gustav Snetning mamlakatingizga tashrifidan foydalanib,
Avvalo, Sizga shu yilning boshida Kopengagenda bo„lib o„tgan ijtimoiy taraqqiyot
masalalari bo„yicha oliy darajadagi uchrashuvda qatnashganingiz uchun minnatdorlik
bildirmoqchiman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganining ellik yilligi bayrami
539
munosabati bilan oktabr oyida Nyu-Yorkda Siz bilan bo„ladigan uchrashuvni
sabrsizlik bilan kutaman.
Sizning Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik bo„yicha doimiy seminar tashkil
etishga doir tashabbusingizni mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash
ishiga qo„shilgan muhim va ijobiy hissa, deb bilaman. Seminar tobora rivojlanib,
mintaqada mojarolarning oldini oladigan siyosiy choralarning ta‟sirchan doirasini
barpo etishda yordam bergan va shu tariqa, BMTning bu sohadagi sa‟y-harakatlariga
qo„shimcha kuch-quvvat bag„ishlagan bo„lur edi.
Men O„zbekiston va uning qo„shnilari – Qozog„iston hamda Qirg„izistonning shu
mamlakatlarning harbiy xodimlaridan iborat bo„lgan va BMTning tinchliksevar
operatsiyalarini qo„llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladigan qo„shma organini
tuzish g„oyasini tabriklayman. Bu organ bosh kotib tasarrufidagi vositalar zaxirasini
yana bir qimmatli vosita bilan to„ldirgan bo„lur edi.
Afg„oniston va Tojikistondagi vaziyatning beqarorligi hammamizni tashvishga
solmoqda. Men bu mamlakatlardagi mojarolarni tinch hal etish yo„llarini izlashda
O„zbekistonning mustahkam hamkorligini juda qadrlayman. Shuningdek, men Siz
hamda boshqa mamlakatlar hukumatlari Tojikistonga berayotgan ezgulik yordamini
yuqori baholayman.
Prezident janoblari, bu xavfli mojarolarni siyosiy vositalar orqali hal etishda
O„zbekiston hukumatining xalqaro tashkilotlar bilan uzoq hamkorlik qilishiga
ishonchim komil.
Pirovardida Sizning rahbarligingizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
dasturi muhimligini ta‟kidlab o„tmoqchiman. Janob Snetning tashrifi bu dasturni
amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa sohalarida
BMT tashkilotlarining Sizning hukumatingiz bilan hamkorlik qilishga qat‟iy niyat
qilganini tasdiqlaydi.
Prezident janoblari, Sizga bo„lgan kamoli ehtiromimni qabul etgaysiz.
Samimiy istaklar ila,
Butros G„oliy,
BMT Bosh kotibi.
1995-yil, 26-iyul.
«Xalq so„zi» 16-avgust 1995-yil.
* * *
Albatta, O„zbekiston rahbarining BMT faoliyatini yana ham jonlashtirish, uningy
yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va hamkorlikni kuchaytirish borasida olib
borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflari
hamjamiyatga a‟zo bo„lgan davlatlarning vakillari orasida katta qiziqish uyg„otdi.
Chunki, keyingi paytda BMT tizimida islohotlar o„tkazish lozimligi haqida ko„p gap-
so„z bo„layapti-yu, ammo biror bir aniq taklif, asosli rejani hech kim ko„tarib
chiqmagan edi. Shu boisdan ham jahonning ko„p mintaqalarida yuz berayotgan
qurolli to„qnashuvlarni tugatishda BMTning roli sezilmayapti. Ayniqsa, Yevropaning
markazidagi, Bosniya – Gersogovinadagi qonli fojialarning uzoq davom etishi
540
BMTning nufuzini ancha tushirib yubordi. Ana shu nuqtayi nazardan olganda
I.Karimovning takliflari katta ahamiyat kasb etdi.
O„zbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalqaro maydonda ma‟lum salmoqqa
ega bo„lib, nufuzi tobora ortib bordi. Ayniqsa, 1996-yilda bu borada katta
muvaffaqiyatlarga erishildi. 21-22-iyun kunlari Italiya Respublikasining Florensiya
shahridagi «Fortezza de basso» qal‟asida Yevropa Ittifoqiga (YI) a‟zo mamlakatlar
davlat va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – Sammit bo„lib o„tdi.
Unda mazkur Ittifoq bilan O„zbekiston o„rtasida sheriklik va hamkorlik to„g„risida
bitim imzolandi. Bu, aytish mumkinki, respublika siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga
molik voqea bo„ldi. Yevropa Ittifoqiga a‟zo mamlakatlar davlat va hukumat
boshliqlari ishtirokida imzolangan bu bitim nafaqat g„arbiy Yevropa mamlakatlari
bilan respublikamiz o„rtasidagi aloqalar ravnaqining muhim huquqiy asosi, balki,
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o„zgarishlarning
tan olinishi va yosh mustaqil davlat mustaqilligining xalqaro hamjamiyat tomonidan
qo„llab-quvvatlanishidir.
Masalaning yana bir jihati shundaki, tashqi siyosatimizning ustuvor yo„nalishlari
bo„lmish dunyo siyosati va iqtisodiyotiga integratsiyalanish uchun muhim poydevor
yaratilayotganidan dalolat beradi.
Islom Karimov erishilgan bitimni O„zbekiston va Yevropa Ittifoqi o„rtasidagi
munosabatlarda
Do'stlaringiz bilan baham: