Beshinchi fikr.
Ming afsuski, biz boshimizdan o„tkazgan mustabid tuzum tufayli
shunday bir ahvolga tushib qolgan edikki, ulug„ ajdodimizning tarixi va faoliyatini,
bashariyat rivojiga qo„shgan hissasini bugungi kunda xorijda – AQSH, Germaniya,
Fransiya, Buyuk Britaniyada, Hindiston, Turkiya, Eron, Pokiston va boshqa mamla-
katlarda bizning o„zimizdan ko„ra ko„proq bilishadi. Bizlar – ya‟ni Amir Temurning
Vatani bo„lmish shu zaminda o„sgan odamlar uning faoliyatini juda oz bilamiz.
Aytinglar, aziz do„stlar, bundan ham ortiqroq adolatsizlik, noinsoflik bo„lishi
mumkinmi?!
Bu holat bizning mustamlaka zulmida yashaganimizning isboti, bizni buyuk
tariximizdan butunlay judo qilishga bo„lgan intilishlarning oqibati emasmi?
Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat
ko„rsatmoqda. Temur va temuriylar davri haqida ko„plab kitoblar nashr etilmoqda.
Dunyo ilmiy jamoatchiligining Amir Temur shaxsiga bo„lgan yuksak e‟tiborini
hisobga olib, YuNESKO tashkilotining bugungi mo„tabar sanaga bevosita homiylik
qilayotgani ham, bizning fikrimizcha, g„oyat adolatli bir ish bo„ldi.
O„tgan olti yuz yil mobaynida Amir Temurga bag„ishlab yaratilgan jiddiy asarlar
soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqinni tashkil etadi.
459
Buyuk bobomizga bo„lgan bu qadar yuksak e‟tiqod va ehtiromingiz uchun men
mana shu minbardan turib sizlarga va sizlar orqali Amir Temurga izzat-ikrom
ko„rsatgan barcha insonlarga, sizlardan oldin yillar davomida, asrlar mobaynida
bizning ulug„ ajdodimizning merosini xolisona o„rgangan va uning nomini
abadiylashtirgan fidoyi olimlarga, ilmiy dargohlarga yana bir bor tashakkur
bildiraman.
Bu olijanob ishga xorijdagi tarixchilarni hech kim da‟vat etgan emas. Bu ishlar
ular uchun katta boylik va nufuz orttirish manbayi ham bo„lmagan. Ammo bu
olimlarning ilmiy vijdoni, kerak bo„lsa, insoniy vijdoni shuni taqozo qilgan. Biz
bunday odamlarga, mana shu zalda o„tirgan uzoq va yaqin qo„shni davlatlarning
vakillariga har qancha tasannolar aytsak arziydi.
Bizning bugungi asosiy vazifamiz shundan iboratki, asrlar davomida dunyoning
turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga bag„ishlab yirik ilmiy markazlarda
haqiqatgo„y olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarni chuqur o„rganishimiz,
sizlarning kitoblaringizni tarjima qilishimiz, xalqimizga, kelgusi avlodimizga tarixni
xolis va haqqoniy o„rgatuvchi darsliklar sifatida, bizning faxr-u iftixorimiz sifatida
taqdim qilishimiz kerak.
Ishonchim komilki, sizlar va sizlardan oldin o„tgan temurshunos do„stlarimizning
ilmiy jasorati, mashaqqatli mehnati bugun biz uchun eng katta boylikdir.
Muhtaram konferensiya ishtirokchilari!
Yana
Do'stlaringiz bilan baham: |