lentani qirqib, Sohibqiron haykalini ochdi. Prezident haykal poyiga gulchambar
qo„ydi. Maydonda yig„ilgan jamoat oldida Shahrisabz shahri bayrog„iga «Amir
ta‟kidladi u. Bu so„zlar xalqimizning ezgu tuyg„ularini o„zida mujassam etadi.
1996-yilning 18-oktabri. Muborak juma kuni. Bu kun mustaqilligimiz tarixiga
alohida sana bo„lib qo„shiladi. Chunki, xuddi shu mo„tabar kunda bobokalonimizning
shon-shavkati, tarixiy adolat butun mamlakatimiz – mustaqil O„zbekiston davlatida
qayta tiklandi. Amir Temurning qadr-u qimmati xalqaro miqyosda joyiga qo„yildi.
Xalqimiz boy o„tmishi, jahonni lol qoldirgan tarixi, beqiyos madaniyati, ulug„
402
ajdodlari merosini yana bir bor jahonga namoyon qildi. Bu buyuk kelajak sari sobitlik
bilan borayotgan xalqning ma‟naviy hayotida unutilmas ahamiyat kasb etishi
shubhasizdir.
Olti yillik muddat – tarix uchun bir lahza, bamisoli bepoyon osmon kengliklarida
chaqnagan chaqin kabidir. Biroq, istiqlolning murakkab, dolg„alarga to„la, ziddiyatli
bir paytida xalqimiz boy ma‟naviyatini, mislsiz iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol
namoyon qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar
salmog„i va ko„lami bilan bir necha o„n yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni
ta‟minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga ulab tashlagan
moddiy zanjirlar uzilgach, ularning o„rnini qoplaydigan yangi imkoniyatlarni izlab
topish lozim edi.
Mustaqillik davri tom ma‟noda hazrati Temurning qayta tug„ilish davri bo„ldi. U
bobokalonimiz vasiyatlarining ro„yobga chiqayotgani bilan alohida qimmatlidir. Amir
Temurga munosabat, uning tarixiy xizmatini munosib baholash va izzatini o„rniga
qo„yishda shaxsan Prezident I.Karimovning o„zi tashabbuskor bo„ldi. Barcha
tadbirlarning borishini kuzatib madad berib turdi. Sohibqiron kunlarini dunyoviy
voqeaga aylantirishga butun imkoniyatini ishga soldi. Endi haqli savol tug„iladi:
Xo„sh, Amir Temur Islom Karimovga nima uchun kerak? Buni Prezident quyidagicha
izohlaydi:
Birinchidan
,
Amir
Temur
qadriyati
mustamlakachilik
yillarida ong-u
shuurimizdan o„chirib tashlangan milliy tuyg„ularimizni qayta tiklash, millatni millat,
davlatni davlat qilish kerak. Endi tafakkur va tushunchalarimizdagi parokandalikkka
barham berib, milliy zamin va milliy ruh haqqi-hurmati uchun birlashishimiz kerak.
Uning: «Bizkim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlarning eng qadimi
va eng ulug„i – turkning bosh bo„g„inimiz», degan gaplari qadimiy xalqimizning
milliy tuyg„usini, buyuk va jahonshumul an‟analarga voris ekanligini chuqur
anglashga xizmat qiladi.
Ikkinchidan
, xalqimizning milliy g„ururini, milliy ongini yuksaltirish uchun
qariyb unutilgan tariximizni qayta tiklash lozim. Amir Temur esa ana shu ko„hna
tarixning buyuk cho„qqisidir.
Uchinchidan
, farzandlarimizni, kelgusi avlodni ulug„ ajdodlarimizning nomi va
merosi bilan faxrlanishga o„rgatish, ularni ana shu buyuk an‟analarning munosib
davomchilari qilib tarbiyalash, milliy g„ururini yuksaltirish uchun kerak. Shu ma‟noda
sohibqironning: «Aziz-avliyolar, sahobalar maqbaralarini, qutlug„ qadamjolarni
ziyorat etmoqni ham farz, ham qarz deb bilur edim», degan gaplari bugungi kunda
yurtimizda ulug„ ajdodlarga, olim-u fozil bobolarimizga munosabatimizning tarixiy
uyg„unligini ko„rsatib turibdi.
To„rtinchidan
, Amir Temur qadriyati bizga demokratik, huquqiy, qudratli
O„zbekiston davlatini barpo etish uchun, «O„zbekiston – kelajagi buyuk davlat»
degan g„oyani ro„yobga chiqarish uchun kerak. Yangi jamiyat, yangi hayot, yangi
tafakkur, qolaversa, butun davlatchilik asoslarini qayta tiklayotgan bir paytda Amir
403
Temur o„zbek xalqiga tog„day tayanch bo„lib xizmat qiladi, uning olijanob ishlariga
beqiyos safarbarlik ruhini baxsh etadi.
Beshinchidan
, bu benazir qadriyat mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan
munosib o„rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun
kerak.
2000–2004-yillar mobaynida Shahrisabz va Termiz shaharlarining 2700 yilligini
yubileylari keng nishonlandi. 2006-yili Qarshi shahrining 2700 yillik to„yi nafaqat
milliy tariximiz, balki umumbashariy taraqqiyot tarixida beqiyos o„rin egallaydigan
ulug„ ajdodimiz, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur
bobomizning 670 yillik tavallud ayyomi bilan birga nishonlandi. Bu ham bevosita
Sohibqiron Amir Temur nomi bilan bog„liq bo„lgan milliy madaniyatimiz va
umuminsoniy qadriyatlarning o„ziga xos ko„rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: