Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Mustaqil  davlat  boshqa  davlatlardan  ayri  tarzda



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Mustaqil  davlat  boshqa  davlatlardan  ayri  tarzda 

iqtisodiy hur bo„lishi uchun o„z puliga, o„zining milliy valyutasiga ega bo„lmog„i 

kerak. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir»

, – degan edi. 

1994-yil  1-iyuldan  boshlab  O„zbekiston  Respublikasining  pul  birligi  –  so„m 

muomalaga  kiritildi.  Shu  kundan  boshlab  respublika  hududidagi  yagona  qonuniy 

to„lov vositasi sifatida u barcha turdagi to„lovlar uchun, shuningdek, bankdagi hisob 

varaqalariga  kiritish uchun qabul qilinishi shart bo„lib qoldi. Keyingi vaqtlarda milliy 

valyuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi. 

Natijada 1995-1996-yillarda pul qadrsizlanishi sur‟atlari ancha qisqardi. 

Umuman,  mamlakatda  milliy  valyutaning  muomalaga  kiritilishi  iqtisodiyotni 

barqarorlashtirishning, 

korxonalar 

va 


tarmoqlarning 

moliyaviy 

ahvoli 

mustahkamlanishining,  aholini  va  mamlakat  iste‟mol  bozorini  muhofaza  qilishning 

muhim omili bo„ldi. 

Jami  pul  massasining  o„sish  sur‟ati  inflatsiyaga  qarshi  siyosatning  izchil  amalga 

oshirilishi  natijasida  yildan-yilga  pasayib  bordi.  Jami  pul  massasining  o„sishi  1996-

yilning  birinchi  yarim  yilligi  natijalariga  ko„ra  1995-yilning  aynan  shu  davridagidan 

7,6 foiz hisobida va 1994-yil darajasidan 2 barobar kam bo„ldi.  

Naqd  pul  massasining  o„rtacha  oylik  o„sish  sur‟ati  1996-yilning  birinchi  yarim 

yilligida  1995-yil  darajasidan  1,3  marta  oz  bo„ldi.  Muomalaga  naqd  pul  chiqarish  – 

emissiya ulushi 1995-yildagi 20,7 foiz o„rniga 15 foizni tashkil etdi. 

 

 

 




 

319 


O„tish  davri  iqtisodiyotining  obyektiv  shart-sharoitlari  va  xususiyatlarini  hisobga 

olgan  holda  kreditlar  birinchi  navbatda  iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarini  qo„llab-

quvvatlash  va  rivojlantirishga  yo„naltirildi,  Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodi, 

«O„zDEUavto»  avtomobil  zavodi  singari  xalq  xo„jaligining  ulkan  qurilishlari  va 

boshqalar moliyaviy mablag„ bilan ta‟minlash uchun muhim manba bo„ldi.  

Respublika  iqtisodiyotida  pul  qadrsizlanishi  jarayonlarini  bartaraf  etish,  jami  pul 

massasi tizilmasida korxonalar va tashkilotlar depozitlari, aholi omonatlarining o„sishi 

uchun shart-sharoit tug„dirdi. Depozitlar va omonatlarning eng  sezilarli o„sishi 1994 

va  1995-yillarga  to„g„ri  keldi.  Bunda  davlatning  barqarorlashtirish  siyosati  pul 

qadrsizlanishining yuqori sur‟atlarini pasaytirishga yordam berdi. 

Tijorat banklarining omonatlar va depozitlarni jalb etishdagi ulushi ortib bordi. Bu 

esa  bank  tizimida  raqobat  muhitining  shakllanayotganini  o„zida  aks  ettiradi.  Tijorat 

banklarining  jalb  etilgan  depozitlar  va  omonatlar  umumiy  hajmidagi  salmog„i  1993-

yil oxiridagi 1,5 foizdan 1996-yilning yarmida 24,6 foizgacha o„sdi. 

2007-yilga kelib bank tizimida muayyan ijobiy o„zgarishlar ro„y berdi – jami bank 

kapitali  1  trillion  so„mdan  oshdi  va  u  2000-yilga  nisbatan  7,4  marta  o„sdi,  bank 

muassasalari tarmog„i ikki barobardan ziyod ko„paydi. 

Mikrokreditbank  tashkil  etildi  va  u  o„tgan  qisqa  davr  ichida  kichik  biznes 

subyektlariga 25 milliard so„mdan ortiq mikrokreditlar ajratdi. Minibanklar tarmog„i 

jadal rivojlanmoqda, ularning soni bugungi kunda 1800 tadan ortadi.  

Faktoring  va  lizing  xizmatlari  kabi  bank  xizmatlarining  yangi  turlari 

o„zlashtirilmoqda.  Akkreditivlar  bo„yicha  xizmatlar,  plastik  kartochkalar  yordamida 

naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish,  iste‟mol  kreditlari  ajratish, 

omonatlarning  e‟tiborni  tortadigan  yangi  turlarini  joriy  etish  va  boshqa  xizmatlar 

yaxshi yo„lga qo„yilmoqda. 

1992–1996-yillar  mobaynida  valyutani  boshqarish  sohasidagi  faoliyat  milliy 

valyutani muomalaga kiritish va mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlarni izchil 

yaratib  berishga  qaratildi,  valyuta  boshqaruvi  masalalari    bo„yicha  normativ  baza 

vujudga keltirildi. 

1994-yilning 15-aprelidan boshlab O„zbekiston  valyuta birjasida doimiy savdolar 

o„tkazilib  kelinmoqda.  1994-yili  realizatsiya  qilingan  chet  el  valyutasining  umumiy 

summasi  16  million  558  ming  AQSH  dollarini  tashkil  etdi.  1995-yil  davomida 

hammasi bo„lib 90 marta savdo o„tkazildi. Bunda valyuta birjasining umumiy oboroti 

1  milliard  545  million  AQSH  dollarini  tashkil  etdi  yoki  1994-yilga  qaraganda  14 

barobar ko„p bo„ldi. 

Mamlakatimiz 

iqtisodiyotini 

barqarorlashtirishda 

soliq 

siyosatini 



takomillashtirishga  qaratilgan  choralar  ham  muhim  rol  o„ynadi.  Chunki  soliqlar 

xazinani  to„ldiruvchi  asosiy  manbadir.  Shuning  uchun  ham  mustaqillik  yillarida 

mamlakatda mavjud soliq tizimini takomillashtirishga katta e‟tibor berildi.  

Prezident  I.Karimov  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  masalalariga  to„xtalib 

shunday  deb  yozadi:  «Islohotning  ikkinchi  bosqichida  iqtisodiy  barqarorlikni  va 

tarkibiy o„zgarishlarni ta‟minlash birinchi navbatdagi vazifaga aylangan chog„da soliq 




 

320 


tizimi birinchi galda rag„batlantiruvchilik vazifasini bajarishi kerak. Bu esa amaldagi 

soliq tizimini anchagina isloh qilishni talab qiladi». 

Soliq tizimi bugungi ko„rinishiga ega bo„lgunigacha ma‟lum bosqichni bosib o„tdi. 

Vazirlar  Mahkamasining  1991-yil  12-avgustidagi  «O„zbekiston  Respublikasida 

Davlat  Soliq  organlari  haqida»gi  Qarori  mamlakat  hayotida  muhim  voqea  bo„ldi. 

Amalda  shu  qaror  asosida  O„zbekistonda  eng  zamonaviy  shaklda,  butunlay  yangi 

tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. 12-avgust «Soliqchilar kuni» deb e‟lon qilindi va u 

kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo„lindi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1994-yil  18-yanvardagi  «O„zbekiston 

Respublikasining  Davlat  Soliq  Bosh  Boshqarmasini  O„zbekiston  Respublikasining 

Soliq  Qo„mitasiga  aylantirish  to„g„risida»gi  Farmoni  soliqchilar  hayotida  yangi 

bosqichni boshlab berdi. 

Xorijiy  mamlakatlar  bilan  aloqalarning  kengayib  ketganligi  mazkur  Bosh 

Boshqarma  xizmat  doirasini  kengaytirib  yubordi.  Natijada  u  1997-yildan  boshlab 

Davlat qo„mitasiga aylantirildi. 

Shunga  o„xshash  tarkibiy  o„zgarishlar  soliqchilar  faoliyatini  kengaytirdi.  Bozor 

iqtisodiyotiga  o„tish  sharoitlarida  barcha  sohalar  qatori  soliq  tizimiga  bo„lgan 

munosabatlar ham tubdan o„zgardi. U ikkinchi darajali tizimdan bozor iqtisodiyotini 

amalda  tartibga  soluvchi  muhim  vosita  va  davlat  daromadlarini  vujudga  keltiruvchi 

bosh manba darajasiga ko„tarildi. 

Mamlakatda soliq tizimini yaxshilash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar soliq 

to„lovchilar ongida tub o„zgarishlar yuz berishiga sabab bo„ldi. 

Mulk  shaklidan  qat‟i  nazar  soliq  to„lovchilar  soni  yildan-yilga  ko„paydi.  Agar 

1994-yilda  91  mingdan  ortiq  yuridik  shaxs  ro„yxatga  olingan  bo„lsa,  hozir  ularning 

soni  148  mingtaga  yetdi.  Yakka  tartibda  mehnat  faoliyati  bilan  shug„ullanuvchi 

fuqarolar, jismoniy shaxslar ham soliq to„lovchilar safini to„ldirib bormoqda. 

1996-yilda ular soni 1994-yildagiga nisbatan sezilarli darajada ko„payib, 2 mln. 31 

ming kishiga yetdi. Ulardan budjetga tushayotgan soliq to„lovlari 5,7 marta ko„paydi. 

Jismoniy shaxslarni soliqqa  tortish  masalalari bo„yicha keyingi yillarda bir qator 

o„zgarishlar  bo„lganligini  hisobga  olgan  holda  yangi  yo„riqnomalar  va  me‟yoriy 

hujjatlar tayyorlandi. 

2007-yilga  kelib  qat‟iy  moliya-kredit  va  pul  siyosatini  yuritish  va  shu  asosda  yil 

davomida inflatsiya darajasini 5–7 foizgacha qisqartirish ko„zda tutildi. 

Soliq 


siyosatini 

yanada 


erkinlashtirish 

va 


soliq 

organlari 

faoliyatini 

takomillashtirish  borasida  ishlar  davom  ettirildi.  Daromad  solig„i  stavkalarini  12 

foizdan 10 foizga, kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to„lovi stavkasini 13 

foizdan  10  foizga,  shuningdek,  yagona  ijtimoiy  to„lov  stavkasini  24  foizgacha 

kamaytirish ko„zda tutilmoqda. 

Tibbiyot,  ta‟lim  va  sport  obyektlarini  saqlash  xarajatlari  korxonalarning  soliqqa 

tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda ilgari to„lab kelingan uchta to„lov o„rniga 

esa yagona soliq to„lov joriy etiladi. 




 

321 


Shuningdek, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkalari sezilarli 

darajada  pasaytiriladi,  qator  boshqa  soliq  to„lovlari  va  imtiyozlari  unifikatsiya 

qilinadi. 

Rivojlangan  davlatlar  tajribasi  asosida  fuqarolarning  yillik  daromadlarini 

Deklaratsiya  qilish  tartibi  joriy  qilindi.  Bu  masalada  dastlab  Chilonzor  va 

Shayxontohur  tumani  soliq  inspeksiyalarida  tajriba  o„tkazib,  keyinchalik  respublika 

miqyosida yoyildi. 

Mamlakatda  soliq  tizimini  jahon  andozalari  darajasiga  ko„tarishda  Prezidentimiz 

va hukumatimiz ko„rsatayotgan doimiy g„amxo„rlik tufayli respublika soliqchilarining 

ish  tajribasi  endilikda  MDHga  a‟zo  mamlakatlarda  qiziqish  uyg„ota  boshladi.  1995-

1996-yillarda Rossiya Federatsiyasi Soliq politsiyasi departamenti, Yaponiya Moliya 

vazirligi delegatsiyasi, BMTning O„zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Jahon 

banki  va  boshqalar  O„zbekiston  Respublikasi  Davlat  Soliq  qo„mitasi  ish  faoliyati 

bilan tanishdilar va unga yuqori baho berdilar.  

Islohotlar  amalga  oshirila  borgach  bilvosita  soliqlar  hissasi  ham  o„zgara  bordi. 

Bunday soliqlar ulushi 1996-yil birinchi yarmida 46,8 foizni tashkil etdi. 

O„zbekistonda  hozirgi  kunda  soliq  tizimida  1991-yilda  qabul  qilingan 

«Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to„g„risida»gi Qonun, 

shuningdek, 1995-yil 22-dekabrda ushbu  Qonunga kiritilgan o„zgarishlar asosida ish 

yuritilmoqda.  Ushbu  Qonun  hujjatlarida  umumiqtisodiy  hisoblangan  soliqqa 

tortishning quyidagi to„rt tamoyiliga asoslanadi:  

–  daromad  manbalaridan  qat‟i  nazar  hamma  daromadlarni  soliqqa  tortishning 

majburiyligi; 

– mahalliy hokimiyatlar mahoratini hisobga olgan holda butun mamlakatda yagona 

umumdavlat soliq siyosatini olib borish; 

–  korxonalar  va  tashkilotlar  muhim  ijtimoiy,  iqtisodiy  ekologik  masalalarni  hal 

etayotganligini  hisobga  olib,  ularni  manfaatdor  qilish  maqsadida  imtiyozlar  berish 

orqali  soliqlarning 

manfaat  keltiruvchilik 

rolini  ta‟minlash.  Bu  jamiyat 

taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida  g„oyat  dolzarbdir.  Lekin  asta-sekin  bozor  qaror 

topishi  bilan  og„irlikning  bir  qismi  davlat  zimmasidan  soqit  bo„lib,  korxona  va 

tashkilotlar  zimmasiga  yuklanadi.  Chunki  ishchilar  salomatligi,  atrof-muhit 

musaffoligi birinchi galda korxonalarga zarurdir; 

–  soliq  to„lovchilar  majburiyatlarining  bajarilishi  ustidan  moliyaviy  nazorat 

o„rnatish.  Bu  tamoyil  soliq  idoralarining  bosh  vazifasi  bo„lib  qolmoqda.  Biroq, 

iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  shuni  ko„rsatadiki,  soliq  tizimida  hali 

mukammal kadrlar tayyorlanmagan. 

Bu  o„z  navbatida  soliqqa  tortish  tamoyillarini  O„zbekiston  sharoitiga  moslab 

mukammal ishlab chiqish, Soliq Kodeksida atroflicha aks ettirish iqtisodiyotimizni bir 

me‟yorda  va  barqaror  rivojlantirishning  mustahkam  huquqiy-iqtisodiy  negizini 

vujudga keltirishni anglatadi. 




 

322 


Shuning uchun ham 1996-yil 26-dekabrda mamlakat Oliy Majlisining VII sessiyasi 

«O„zbekiston  Respublikasining  Soliq  Kodeksi»  loyihasini  birinchi  o„qishda  qabul 

qilib, umumxalq muhokamasiga havola qildi. 

Umumxalq muhokamasidan so„ng bunday muhim hujjat 1997-yil 25-aprelda VIII 

sessiyada  qabul  qilindi.  Bu,  O„zbekistonda  iqtisodiy  barqarorlikni  yanada 

mustahkamlashning zamonaviy huquqiy asosini yaratish imkonini beradi. 

1991–1998-yillarda  aholi  yiliga  1,6–2,3  foiz  darajasida  o„sib  borganini  kuzatish 

mumkin.  O„zbekiston  aholisi  o„sib  borayotgani  sababli  ishlab  chiqarishning  yanada 

jadal  o„sishiga  erishish  lozim  edi.  Ushbu  maqsadga  erishildi:  agar  yalpi  ichki 

mahsulotning  o„sishi  asosan  1996-yildan  boshlangan  bo„lsa,  1997-yildan  boshlab 

YIM  o„sishi  aholi  o„sish  sur‟atidan  oshib  kelmoqda,  bu  esa  aholi  jon  boshiga  ichki 

yalpi mahsulot darajasining oshishiga sabab bo„ladi. 

Har  qanday  davlatning  iqtisodiy  qudrati  bevosita  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab 

chiqarish  salohiyati  bilan  belgilanadi.  Bu  iqtisodiy  taraqqiyotning  muhim  omili 

sifatida  jamiyatni  tubdan  modernizatsiyalash,  ijtimoiy  hayotni  butun  qirralari  bilan 

yangilash  samaradorligini  oshirishda  alohida  ahamiyatga  ega.  2001–2007-yillar 

O„zbekistonda  yalpi  ichki  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmining  va  sur‟atining  o„sib 

borishi  mamlakatimizning  jahon  bozorida  mustahkam  o„rin  egallab  borayotganidan 

dalolat beradi. 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish