Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Uchinchidan , investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;  To„rtinchidan



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Uchinchidan

, investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish; 



To„rtinchidan

, aholi ish haqi va turmush darajasini muttasil oshirib borish; 




 

314 


Beshinchidan

,  xususiy  tadbirkorlikni  yanada  rivojlantirish  yo„li  bilan  aholi 

bandligi masalalarini hal qilish; 

Oltinchidan

,  bank-moliya  tizimidagi  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

kengaytirish; 

Yettinchidan

, kommunal tizim sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishdan 

iborat, deb belgilab berildi. 

Umuman, o„tgan davr mobaynida milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan 

isloh  qilish  mamlakatimiz  mustaqil  taraqqiyotining  eng  muhim  omili  va  asosini 

tashkil  etganini  alohida  ta‟kidlash  zarur.  Bu  borada,  avvalo  respublika  va  aholi 

ehtiyojini,  birinchi  navbatda  yoqilg„i-energetika  resurslari,  iste‟mol  va  oziq-ovqat 

mahsulotlariga  bo„lgan  talabni  ishonchli  tarzda  qondirishdek  dolzarb  hayotiy  vazifa 

turar edi. 

Mustaqillikning  dastlabki  kunidanoq,  yurtimizda  yoqilg„i-energetika  va  g„alla 

mustaqilligiga  erishish  muhim  strategik  vazifa  sifatida  kun  tartibiga  qo„yildi.  Bu 

o„rinda avvalo, neft va gaz kondensati bo„yicha aniqlangan ulkan sanoat zaxiralariga 

ega bo„lganiga qaramasdan, ilgari iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojini qondirish 

uchun yiliga 6-7 million tonna neft va neft mahsulotlarini chetdan keltirish va buning 

uchun katta miqdordagi valyuta resurslarini sarflashga majbur bo„lar edi. 

Bu  jiddiy  muammoni  hal  etish  maqsadida  qisqa  fursat  ichida  O„zbekistondagi 

uglevodorod  xomashyosini  qazib  olish  va  qayta  ishlash  bo„yicha  maqsadli  dasturlar 

qayta  ishlab  chiqildi  va  amalga  oshirildi.  Yangi  neft-gaz  konlarini  aniqlash,  neft  va 

tabiiy  gazni  qazib  olish  uchun  zarur  bo„lgan  investitsiyalar  topildi,  jumladan,  xorij 

sarmoyasi  jalb  etildi.  Buxoroda  neftni  qayta  ishlaydigan  yangi  zamonaviy  zavod 

barpo qilindi. Farg„ona va Oltiariqdagi neftni qayta ishlash zavodlari modernizatsiya 

va  rekonstruksiya  qilindi,  ularning  barqaror  va  ishonchli  faoliyat  ko„rsatishi  uchun 

shart-sharoit yaratildi. 

Shuningdek,  o„zining  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy  salohiyatiga  ko„ra  o„xshashi 

bo„lmagan  Sho„rtan  gaz-kimyo  majmuasi  kabi  noyob  inshoot  barpo  etildi.  Ushbu 

korxonada  tayyorlanayotgan  suyultirilgan  gaz,  turli  markadagi  polietilen  va  boshqa 

mahsulotlarga nafaqat mamlakatimiz, balki chet ellarda ham talab katta ekanini qayt 

etish lozim.  

Mustaqillik yillarida ana shunday yirik korxonalarning qurilishi va rekonstruksiya 

qilinishi natijasida hozirgi vaqtda yurtimizda neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 

1990-yilga  nisbatan  3  barobar  ortdi.  Bugungi  kunda  O„zbekiston  bu  borada 

mamlakatning  va  aholining  o„sib  borayotgan  ehtiyojlarini  ta‟minlash  bilan  birga, 

eksport hajmini ham ko„paytirishga erishdi. 

Asaka  va  Samarqand  shahrilarida  avtomobil  zavodlarini  barpo  etilgani  tufayli 

mustaqillik  yillarida  avtomobillar  soni  keskin  oshdi  va  har  yuz  oilaning  avtomobil 

bilan  ta‟minlanish  darajasi  6  barobar  o„sdi.  O„z-o„zidan  ayonki,  respublikamizda 

benzin  va  yoqilg„i  moylash  mahsulotlariga  bo„lgan  talab  ham  shunga  mos  ravishda 

o„sib bormoqda. 




 

315 


Aynan  neft  va  neft  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  oshirish  hisobiga  bugun 

respublikamizning rivojlanayotgan sanoati va aholining keskin o„sib borayotgan mana 

shunday talab va ehtiyojlarini ta‟minlashga erishilmoqda. 

2008-yil 9-fevral Vazirlar Mahkamasida 2007-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor 

vazifalarini belgilab olishga bag„ishlangan yig„ilish bo„ldi.  

Unda  Prezident  I.Karimov  shu  mavzuda  ma‟ruza  qildi.  Majlisda  qayd  qilindiki, 

2007-yilda  iqtisodiyotning  yuqori  barqaror  o„sish  sur‟atlari  va  makroiqtisodiy 

barqarorligi  ta‟minlandi,  iqtisodiyotni  tarkibiy  o„zgartirish,  ishlab  chiqarishni 

modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi. 

Mamlakatning  yalpi  ichki  mahsuloti  9,5  foizga  o„sdi,  sanoat  mahsuloti  ishlab 

chiqarish  hajmining  o„sish  sur‟atlari  12,1  foizni,  qishloq  xo„jaligi  bo„yicha  –  6,1 

foizni, qurilish ishlari bo„yicha – 15,7 foizni, chakana tovar aylanmasi bo„yicha – 21,0 

foizni, pullik xizmatlari ko„rsatish bo„yicha – 20,6 foizni tashkil qildi. Davlat budjeti 

profitsit  bilan  ijro  etildi,  inflatsiya  darajasi  tasdiqlangan  prognoz  ko„rsatkichdan 

oshmadi. 

Qishloq  xo„jaligini  isloh  qilish  bo„yicha  aniq  maqsadga  yo„naltirilgan  ishlar 

natijasida  fermer  xo„jaliklari  qishloq  xo„jaligi  ishlab  chiqarishining  asosiy  shakliga 

aylandi. Qishloq bozor infratuzilmasi amalda yangidan barpo etildi, qishloq xo„jaligi 

ishlab  chiqarishini  tashkil  etish  va  rag„batlantirish  sifat  jihatdan  yangi  tamoyillar 

asosida olib borildi, tarmoqni boshqarish tamoyillari va tizimi o„zgarmoqda. 

Shuningdek, 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish