Investitsiyalar.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish
va xususiy mulkchilikni himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarning
amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda xorijiy
sarmoyalarni jalb qilishga ijobiy ta‟sir ko„rsatdi.
Respublikamizda investitsiyalar hajmi 2006-yilga nisbatan 22,9 foizga oshib,
5479,7 mlrd. so„mni tashkil etdi. Mazkur investitsiyalarning asosiy qismi
iqtisodiyotni texnik va texnologik jihatdan yangilashga va zamonaviy uskunalar xarid
qilishga sarflandi.
Umumiy
investitsiyalar
salmog„ida
ishlab
chiqarishga
yo„naltirilgan
investitsiyalarning ulushi 70,1 foizni tashkil etib, uning 35,7 foizi sanoatga, 22,8 foizi
esa transport va aloqa sohasiga yo„naltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |