Qishloq xo„jaligining iqtisodiy o„sishida
davlat ehtiyojlari uchun qishloq
xo„jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining
takomillashtirilganligi, qishloq xo„jaligi va unga xizmat ko„rsatuvchi korxonalar
moddiy-texnika bazasining yaxshilanganligi muhim omil bo„ldi.
2007-yilda yetishtirilgan boshoqli don ekinlari 6,8 mln. tonnani va paxta hosili 3,7
mln. tonnani tashkil etdi. O„z navbatida ularning 2006-yilga nisbatan o„sishi mos
ravishda 1,8 foiz va 3,2 foizga teng bo„ldi.
Respublikamizda qishloq xo„jaligi mahsulotlarining 99 foizi fermer xo„jaliklari
tomonidan yetishtirilayotganligini inobatga oladigan bo„lsak, ushbu ko„rsatkichlar
qishloq xo„jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar o„zining ijobiy natijalarini
berayotganligini ko„rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |