* * *
Shuni aytish kerakki, respublikada yuk va yo„lovchilarni mamlakat ichkarisida va
tashqariga tashishni MDH, Yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy
aloqalarni ta‟minlovchi transport tizimi shakllandi. Mustaqillik yillarida transportning
barcha tarmoqlari jadal rivojlandi.
O„zbekistonning bevosita ishtirokida «TransOsiyo» magistralining bir qismi
hisoblangan, Janubi-Sharqiy Osiyoni G„arbiy Yevropa bilan tutashtiradigan va
TransSibir Magistralidan 1500 kilometr qisqa bo„lgan Tajan – Seraxs – Mashhad
yangi yo„li ishga tushirildi.
O„zbekiston Milliy Aviakompaniyasi A-310, Il-86, Il-76, TU-154, «Boing» va
boshqa shu kabi zamonaviy havo laynerlariga va mahalliy yo„llarga mo„ljallangan
ko„p miqdordagi samolyotlarga ega.
2007-yilga kelib O„zbekiston MDHning barcha yirik shaharlari va jahonning
AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya
Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan
bevosita havo yo„llari orqali bog„landi.
O„zbekiston energetika tizimi ko„p tarmoqli sohaga aylandi. Uning tarkibida
loyiha, qurilish-montaj, sozlash, ta‟mirlash va energiyadan foydalanish korxonalari
mavjud. Bugungi kunda respublikamizda 37 ta issiqlik va gidroelektrostansiyalar
ishlab turibdi. Ular yiliga 55 milliard kilovatt-soatdan ziyodroq elektr energiyasi hosil
qilish imkoniyatiga ega. Mamlakatimizda elektr tarmoqlarining uzunligi 228 ming
kilometrdan ko„pdir.
Markaziy Osiyodagi eng yirik Tolimarjon GRESi jadal sur‟atlar bilan qurilmoqda.
Sobiq Ittifoqdagi ayrim respublikalardan farqli ravishda O„zbekistonda hosil
qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi respublika aholisi va xalq xo„jaligi ehtiyojini
to„liq qondirib kelmoqda.
302
Mustaqillik yillarida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog„liq yangi institutsional
tizimlar vujudga keldi. Jumladan, Tashqi Iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi Iqtisodiy
faoliyat milliy banki tashkil qilindi. Bojxona xizmati butunlay yangidan tuzildi.
O„zbekistonda tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik
sarmoyadorlarning mamlakat hududida faoliyat ko„rsatishini rag„batlantirish va ularni
ishonchli kafolat bilan ta‟minlash bo„yicha normativ-huquqiy zamin yaratildi.
1992–1995-yillarda – eng og„ir sharoitlarda O„zbekistonning umumiy tashqi savdo
oboroti qariyb 2 marta ko„paydi. MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiya
chuqurlashdi. O„z navbatida iqtisodiy jihatdan rivojlangan uzoq xorijiy mamlakatlar
bilan savdo hajmi va geografiyasi birmuncha kengaydi. Uzoq xorijiy mamlakatlarga
an‟anaviy paxta tolasidan tashqari elektr manbalari chiqarish, to„qimachilik sanoati
mahsulotlari, shuningdek, transport xizmati, santexnika va boshqa xizmatlarni eksport
qilish yo„lga qo„yildi.
Eksport
korxonalarimiz
faoliyatining
eng muhim yo„nalishiga, butun
iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi.
2007-yilga kelib deyarli ko„pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy
faoliyatga to„liq jalb etilgan bo„lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o„zlashtirmoqda.
Birgina 2006-yilning o„zida tovar mahsulotlarini eksport qilish hajmi 31,5 foizga
o„sib, 2000-yilga nisbatan 2 martadan ko„proq ortdi.
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi yil davomida qariyb 2 milliard AQSH
dollarigacha o„sdi.
Eksport hajmining ana shunday o„sishi O„zbekiston uchun an‟anaviy resurslar
bo„lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib berish
hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, neft-kimyo va metall mahsulotlari, mineral
o„g„itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel mahsulotlari, qurilish
materiallari va boshqa shu kabi ko„plab eksport tovarlari hajmi va turlarini ko„pay-
tirish evaziga ta‟minlanmoqda.
Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarning ulushi 53 foizdan
oshgani, paxta tolasining ulushi esa 17 foizgacha kamaygani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Import tizimida oziq-ovqat mahsulotlari keltirish kamayib, texnologiya va asbob-
uskunalar olib kelish salmog„i keskin ortdi.
1994–1996-yillarda chet el sarmoyalari ishtirokida «O„zelmas», «Zarafshon-
Nyumont», «O„zsalaman» va «O„zDEU» qo„shma korxonalari ishga tushirildi.
Mazkur korxonalar ishga tushirilganidan keyin aholini sifatli poyabzal, gugurt,
avtomobil va boshqa iste‟mol mahsulotlari bilan ta‟minlash hajmi ortdi.
Mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda 1993-yil avgust oyidan boshlab
qurilayotgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi katta
ahamiyatga ega bo„ldi. Yiliga 2,5 million tonna gaz kondensatini qayta ishlab
chiqarishga mo„ljallangan ushbu zavodning birinchi navbati loyiha va texnologik
qismi qurilishlarini Fransiyaning «Teknip» firmasi, umumzavod xo„jaligi obyektlarini
qurishni esa mahalliy qurilish tashkilotlari olib bordilar.
303
Zavod Qorovulbozor tumanining suv toshqinidan xoli, temir yo„lga yaqin bo„lgan
va barcha boshqa ishlab chiqarish hamda iqtisodiy talablarga javob beradigan qulay
joyidan tanlandi. Uning umumiy maydoni 205 gektarni tashkil etadi. 1993–1997-
yillar davomida ushbu zavod qurilishiga jami qariyb 21 milliard so„m mablag„
sarflandi.
Zavodning asosiy ishlab chiqarish obyektlari bilan bir qatorda ishchi-xizmatchi,
muhandis-texnik xodimlar uchun ikki yarim ming kishi yashaydigan shaharcha
qurildi. Shaharchaning infrastrukturasida umumiy maydoni yuz ming kvadrat metr
bo„lgan uy-joylar hamda maktab, bolalar bog„chasi, dorixona, ambulatoriya-
poliklinika, tez yordam stansiyasi, mehmonxona, aloqa uzeli, maishiy xizmat
ko„rsatish va sog„lomlashtirish majmualari, savdo do„konlari, dehqon bozori va
boshqa bir qator obyektlar qurildi.
1998-yilda neft va gaz kondensati ishlab chiqarish 1990-yildagiga nisbatan qariyb
3 barobar oshdi. Agar 1990-yilda O„zbekistonda iste‟mol qilinadigan neftni 70 dan
ortiq foizi va neft mahsulotlarining deyarli yarmi import qilingan bo„lsa, 1998-yilga
kelib ular importining ulushi deyarli yo„qqa chiqdi. Undan tashqari, davlatimiz neft
importeridan uning eksporteriga aylandi. Neft eksporti 1992-yildagi 270 ming
tonnadan 1998-yildagi 912 ming tonnagacha, yoki qariyb uch barobar oshdi.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, mustaqillikning eng og„ir 1992, 1993 va 1994-
yillari mamlakat aholisi uchun qanchalik qiyinchiliklarni ro„baro„ qilmasin, hukumat
og„ir vaziyatdan chiqish bilan birga strategik maqsadlar bilan ham yashadi. U
kundalik muammolarni hal etish, aholini kundalik ehtiyoj mollari bilan ta‟minlash va
boshqa bir qator talablarni amalga oshirish, eng og„ir iqtisodiy tanglikdan hech
qanday larzalarsiz o„tib olish chora-tadbirlarni belgilash bilan birga mamlakat
istiqbolini va xalq kelajagini ta‟minlaydigan ulkan maqsadlarni ham amalga oshirish
yo„lidan bordi. Asakadagi avtomobil zavodi, Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi,
mamlakatimizning boshqa viloyatlaridagi yuzlab sanoat korxonalari qurilishlariga
xuddi ana shu qiyinchilik yillarida poydevor qo„yildi.
Hatto eng mushkul yillarda – ya‟ni, o„tish davrining boshlanishida ham
O„zbekistonda kapital sarmoyalarning keskin tushib ketishi kuzatilmadi. 1995-yildan
boshlab esa investitsiyalarning o„sishi yaqqol ko„rinmoqda. 1997-1998-yillarda
O„zbekistonda
kapital
sarmoyalar
yiliga
17 foizga o„sib bordi. Shu jihatdan respublikamizdagi vaziyat shu paytgacha
investitsiyalarni milliy miqyosda amalga oshirish mexanizmlarini ishga tushira
olmagan o„tish davri iqtisodiyotidagi boshqa davlatlarnikidan afzalliklari bilan
farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |