ishlaydigan qurollar, boshqaruv va aloqaning elektron, kompyuterli tizimlari bilan,
shuningdek, ishonchli anjom-aslaha va shaxsiy himoya vositalari bilan ta‟minlanishini
yanada yuksaltirish, pirovard natijada birlashma va qismlar, birinchi galda
terrorizmga qarshi bo„linmalarning ta‟minot darajasini, jangovar tayyorgarligi,
294
uchinchidan
, shaxsiy tarkibning o„quv-jangovar va mashq tayyorgarligi tizimining
samaradorligini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning yuksak intizomini ta‟minlash,
ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar va texnikadan mohirona foydalanish
bo„yicha amaliy ko„nikmalarni takomillashtirish. Harbiy xizmatchilarning shaxsiy va
guruh tarkibidagi tayyorgarlik darajasi, intellektual salohiyatini oshirishni
ta‟minlaydigan modellashtirish, simulatsiya va harbiy ta‟limning boshqa zamonaviy
usullarini keng joriy etish lozim.
Barcha bo„g„indagi komandirlarning eng muhim vazifasi – armiyadagi tarbiyaviy
ishlarni yanada takomillashtirish, har qaysi harbiy xizmatchi ongida mamlakatimiz
taqdiri uchun chuqur mas‟uliyat tuyg„usini mustahkamlash, ularda yuksak ma‟naviy
va axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish,
vatanparvarlik hissiyotini kuchaytirishdan iborat ekanini yaxshi anglab olishimiz
zarur.
Harbiy tayyorgarlik darajasi va harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan
tarbiyaviy ishlar sifatini oshirishda har yili o„tkaziladigan va an‟anaga aylanib qolgan
«Eng yaxshi serjant», «Eng yaxshi guruh komandiri», «Eng yaxshi vzvod komandiri»,
«Eng yaxshi batalyon komandiri» kabi yo„nalishlar bo„yicha tanlovlar, ayniqsa,
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu ishlarning barchasidan ko„zlangan bosh maqsad – yuksak jangovar tayyorgarlik
va professionalizmni, harbiy intizomni mustahkamlash bo„yicha qo„shinlarda o„zaro
musobaqa ruhini kuchaytirish, serjant va ofitserlarda yetakchilik xususiyatlarini
rivojlantirish, harbiy jamoalarda sog„lom ma‟naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdan
iboratdir.
Shu bois ana shunday tanlovlarni butun armiya miqyosida o„tkazish tajribasini har
tomonlama qo„llab-quvvatlash va kengaytirish zarur, deb hisoblayman. Tanlovda
qatnashadigan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlash tizimini har jihatdan
takomillashtirish, ya‟ni tanlov g„oliblariga muddatidan avval navbatdagi harbiy
unvonlar berish, ularni moddiy rag„batlantirish miqdorini oshirish, harbiy o„quv
yurtlariga o„qishga kirishda ular uchun qo„shimcha imtiyozlar berishni ko„zda tutish
darkor;
Do'stlaringiz bilan baham: