Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«hayot  bor  ekan,  davlat,  el-  yurt  bor



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«hayot  bor  ekan,  davlat,  el-  yurt  bor 

ekan,  o„zing  tug„ilib  o„sgan,  ota-bobolarning  xoki  yotgan,  ertaga  farzandlari 

kamol topadigan tuproqning har bir qarichini muqaddas bilib, uni himoyalash, 

zarur  bo„lsa  bu  yo„lda  jon  fido  etishga  tayyor  turish  kerak»

.  Shu  fikrlar  bilan  

O„zbekiston Qurolli Kuchlarini shaxsiy tarkibi yurtimiz tinchligi, xalqimiz omonligi, 

sarhadlarimiz daxlsizligini ko„z qorachig„idek asrab yurishibdi va abadiy asraydilar. 

O„zbekiston  Qurolli  Kuchlari  ayni  paytda  zamonaviy  harbiy  tajribalar  asosida 

tobora  shakllanib  bormoqda.  Milliy  xavfsizlik  konsepsiyasiga  asoslanib,  Markaziy 

Osiyo  mintaqasida  tez  sur‟atlar  bilan  o„zgarib  borayotgan  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni 

hisobga olgan holda, yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlarning har tomonlama chuqur 

tahlili  va  Qurolli  Kuchlarni  barpo  etishning  mutlaqo  yangi  prinsiplari  negizida 

armiyamizni  isloh  qilish  bo„yicha  uzoq  muddatga  mo„ljallangan  Dastur  yaratildi. 

Bundan  bosh  maqsad  –  ixcham,  tezkor  va  harakatchan,  zamonaviy  qurol-yarog„  va 

texnika  bilan  ta‟minlangan,  strategik  va  taktik  vazifalarni samarali  hal  eta  oladigan, 

sarhadlarimiz  daxlsizligi,  yurtimizdagi  tinchlik  va  barqarorlikni  buzishga  qaratilgan 

har  qanday  yovuz  harakat  va  xurujlarni  bartaraf  etish  va  ularga  munosib  zarba 

berishga qodir bo„lgan kuchli armiyani yaratishdan iborat edi. 

Qurolli  Kuchlarimiz  va  ularning  asosiy  jangovar  bo„linmalarining  prinsipial 

nuqtayi nazrdan mutlaqo yangicha  tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi joriy etildi. Bo„limlar, 

rotalar,  polklar,  yordamchi  boshqaruv  punktlari  va  shu  kabi  yetarli  samara 

bermaydigan bo„linmalar tugatildi. Bu o„zgarishlar o„z navbatida armiyamiz va uning 

qismlarining  yuqoridan  quyigacha  bo„lgan  qurilishini  tubdan  qayta  tashkil  etish, 

ularning  harakatchanligi  va  tezkorligini,  jangovar  imkoniyatlarini  kuchaytirish,  eng 

muhimi, barcha darajadagi komandirlarning mustaqilligini ta‟minlash va mas‟uliyatini 

oshirish imkonini beradi. 

Shu  bilan  birga,  o„ta  muhim  jangovar  topshiriqlarni  bajarishga  yo„naltirilgan 

Maxsus operatsiyalar bo„yicha kuchlarning qismlari tashkil etildi. O„ziga xos alohida 

tayyorgarlik  tizimiga  ega  bo„lgan,  zamonaviy  qurol-aslahalar  bilan  ta‟minlangan 

ushbu bo„linmalar ehtimol tutilayotgan dushmanning har qanday tojovuzkorona xatti-

harakatlariga munosib zarba berishga qodir qudratli kuch sifatida shakllandi. Surxon-

daryo,  Qashqadaryo,  Toshkent  viloyatlari  tog„li  hududlariga  suqilib  kirgan  xalqaro 

terrorchilarning  jangari  to„dalarini  yo„q  qilish  bo„yicha  amalga  oshirilgan 

operatsiyalar buning yaqqol tasdig„idir. 

Ayni  paytda  muddatli  harbiy  xizmatning  bir  yilgacha  qisqartirilgani, 

qo„shinlarning  sifat  tarkibini  yaxshilash  va  ularning  safini  to„ldirish  tartiblarining 

takomillashtirilgani, zamonaviy qurol-aslaha bilan ta‟minlangani, safarbarlik-chaqiruv 

rezerv  xizmati  joriy  etilgani,  shartnoma-kontrakt  asosida  xizmat  o„tash  jarayoni 

amalda  yakunlangani  armiyaning  qiyofasini,  uning  mazmun-mohiyati  va  jangovar 

qobiliyatini tubdan o„zgartirdi. 

Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini keskin oshirish, armiyada sog„lom 

ma‟naviy muhitni mustahkamlash, professional tayyorgarlik darajasini yuksaltirishda 

hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„lgan serjantlar tayyorlash maktablari barpo etildi va 




 

293 


ular  zamonaviy  jangovar-o„quv  bazalari  bilan  ta‟minlandi.  Bugun  serjantlar  tarkibi 

armiyamizning  tom  ma‟nodagi tayanch ustuniga  aylangani, ular  askarlarning  ustozi, 

ofitserlarning eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda. 

Mustaqillik  yillarida  barcha  bo„g„indagi  komandirlarning  yuqori  professional 

qobiliyati  va  malakasini  ta‟minlash,  ularning  intellektual  saviyasini  har  tomonlama 

rivojlantirishga  qaratilgan  ofitser  kadrlar  tayyorlash  tizimi  yaratildi.  Bu  esa  Qurolli 

Kuchlar  tarkibini  sifat  jihatidan  butunlay  o„zgartirish  va  ularni  bugungi  kun 

talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega 

bo„lgan komandirlar bilan to„ldirish imkonini bermoqda. 

Hozirgi  kunda  Qurolli  Kuchlar  saflarida  xizmat  qilish  O„zbekistonning  har  bir 

fuqarosi  uchun  nafaqat  konstitutsiyaviy  burch,  balki  mamlakatimizda  orzu  qilishga 

sazovor kasbga aylandi. 

Keyingi  vaqtda,  xususan  2005-2006-yillarda  xorijiy  mamlakatlar,  birinchi  galda 

Rossiya Federatsiyasi bilan harbiy-texnik hamkorlik sohasida salmoqli ishlar amalga 

oshirilmoqda.  Qo„shinlarimizning  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  harbiy 

xizmatchilar  va  ular  oila  a‟zolarining  moddiy,  ijtimoiy-maishiy  sharoitlarini 

yaxshilash masalasi ham doimiy e‟tiborimiz markazida bo„lib kelmoqda. 

Ana  shu  yuksak  vazifadan  kelib  chiqib  Prezident,  Qurolli  Kuchlar  Oliy  Bosh 

Qo„mondoni I.A.Karimov bu sohada ishning zarur bo„lgan masalalari haqida batafsil 

gapirdi: 

Biz bugun g„oyat murakkab va notinch zamonda yashamoqdamiz. Markaziy Osiyo 

mintaqasida  hali-beri  saqlanib  qolayotgan  qaltis  vaziyat,  butun  dunyoda  davom 

etayotgan nizo va qarama-qarshiliklar, tobora ko„lami kengayib borayotgan terrorizm, 

ekstremizm va narkoagressiya xavfi jiddiy tashvish uyg„otmasdan qolmaydi, albatta. 

Bularning barchasi shu muqaddas zaminda  yashayotgan, mamlakatimiz taqdiri va 

kelajagi uchun befarq bo„lmagan har bir insondan doimo hushyor va ogoh bo„lishni, 

Qurolli  Kuchlarimizning  jangovar  tayyorgarligini  mustahkamlashni,  davlatimiz 

sarhadlarini qo„riqlash va himoyalashni kuchaytirishni, buning uchun mavjud bo„lgan 

barcha  kuch  va  imkoniyatlarimizni  safarbar  qilishni  taqozo  etadi,  dedi  va  quyidagi 

vazifalarni belgilab berdi; 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish