«O„zbekiston NATO
munosabatlarining asl mohiyati – davlatimizning xavfsizligini va tinchligini
ta‟minlash, qolaversa mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-
sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat»
.
Konstitutsiyaga asosan O„zbekiston Respublikasining siyosiy maqsadi insonparvar
demokratik huquqiy davlat yaratishdir, O„zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to„la huquqli subyektidir va uning tashqi siyosati davlatlarning
suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning
daxlsizligi, nizolarni tinch yo„l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik va xalqaro huquqning umum e‟tirof etilgan boshqa qoidalari va
normalariga asoslanadi.
O„zbekiston shu paytgacha, dunyoning barcha mamlakatlari, qit‟alari va
mintaqalari bilan o„z munosabatlarini, bu mamlakatlarning ustqurtmasi qanday
bo„lishidan qat‟i nazar, faqat xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va mezonlari
asosida qurib keldi va bundan keyin ham shu yo„ldan boradi.
O„zbekiston xalqaro munosabatlarda tinchliksevar yo„ldan borib, o„z
fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini yuklab, Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Ustaviga binoan o„zini mudofaa qilish huquqini amalga
oshira borib, O„zbekiston Respublikasining «Mudofaa to„g„risida»gi Qonuniga asosan
yetarli zaruriyat miqyosida o„zining harbiy salohiyati va mudofaa qobiliyatini ta‟min-
lamoqda.
O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va harbiy strategiyasiga asos solingan bu
qoidalar ilk bor 1991-yil avgust oyida qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasining
davlat Mustaqilligi asoslari to„g„risida»gi Qonunda va Oliy Kengashning
«O„zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi to„g„risida»gi Bayonotida o„z
aksini topdi.
Keyinchalik, O„zbekiston Respublikasining harbiy strategiyasi, O„zbekiston
Respublikasining «Mudofaa to„g„risida»gi qonunida kengaytirildi va unga aniqlik
kiritildi. Ushbu qonunda davlatni mudofaa qilishning maqsad va vazifalari, harbiy
doktrinaning yo„nalishlari hamda davlat hokimiyati va fuqarolarning O„zbekiston
Respublikasining mudofaa qobiliyatini ta‟minlashning tashkiliy, boshqaruv, huquq va
majburiyatlari asoslari aniq belgilab berildi.
Harbiy strategiyaning huquqiy rivoji va uning asosiy me‟yor hamda qoidalarini
mustahkamlashga O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim hissa qo„shdi.
288
Davlatimizning asosiy qonunida fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda harbiy
yoki muqobil xizmatni o„tashi majburiyligi, mamlakat Prezidentiga Respublika
Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo„mondonlik vazifasi yuklatilganligi normativ
jihatdan mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning «Mudofaa va xavfsizlik» nomli
maxsus bobida O„zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etish va faoliyatining asosiy
masalalari Konstitutsion ravishda tartibga solingan.
Davlat harbiy strategiyasini shakllanishi va aniq yo„nalishlarini belgilashda
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasi muhim hissa qo„shdi. Bu
sessiyada mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan birinchi marta milliy
xavfsizlikning eng muhim (asosiy) to„qqiz tamoyili shakllantirib berildi.
O„zbekistonning jahon hamjamiyati va davlatlararo xavfsizlik tizimida faoliyati,
davlatlararo bitimlar mustahkam tizimini yaratish va unga so„zsiz amal qilish, tashqi
siyosatni mafkuradan to„la holi etish, qo„shilmaslik harakatida hamda MDH
davlatlarining kollektiv xavfsizlik tizimida ishtirok etish, Markaziy Osiyo davlatlari
bilan har tomonlama o„zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, milliy xavfsizlik tizimini
yaratish hamda jamiyatning ijtimoiy-ruhiy, ma‟naviy va axloqiy madaniy va tarixiy
ildizlariga tayanish shular jumlasidandir.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta‟riflab berilgan milliy xavfsizlik
tamoyillari davlatimiz harbiy strategiyasining huquqiy asosini yakunlovchi hujjat
bo„lmish harbiy doktrina asosini (negizini) tashkil etdi.
Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, harbiy doktrina hatto sobiq Sovet Ittifoqida ham
yo„q edi. Bu O„zbekiston harbiy siyosatini huquqiy asosini, strategik maqsad va
g„oyalarini ko„rsatadi.
Yosh suveren davlat bo„lmish O„zbekiston o„zining Mustaqillik yillari mobaynida
tashqi siyosat, davlatlararo munosabatlar, urush va tinchlik muammolarining
prinsipial yangi nuqtayi nazari va masalalariga tayanadigan, milliy xavfsizlikning
umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo„lgan hamda mamlakatning mudofaa
siyosatini asosini tashkil etgan harbiy Doktrinani ishlab chiqdi va O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida 1995-yil 30-avgustda qabul qilindi.
Harbiy Doktrina harbiy qurilishning asosi, harbiy sohani isloh qilish va harbiy-
texnik siyosatining istiqbollarini ishlab chiqish hamda harbiy bilim, harbiy san‟at va
ofitser kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirishning asosiy yo„nalishlarini belgilab
berdi.
Oldiga qo„yilgan vazifalarga ko„ra mamlakat harbiy Doktrinasining mazmuni va
strukturasi aniqlandi. U o„z ichiga umumiy qoidalar, siyosiy va harbiy-tashkiliy
aspektlar hamda harbiy doktrinaning huquqiy asoslarini oladi. Harbiy doktrinada
davlatning o„z fuqarolarini hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish, mudofaa qilish
huquqini amalga oshirish bo„yicha asosiy maqsad va vazifalari aniq tavsiflab berilgan.
O„zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo mojarolarni urush yo„li bilan hal
etishga qat‟iy ravishda qarshi chiqadi va o„zining tashqi siyosat faoliyatida harbiy
nizolar hamda qarama-qarshiliklarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etuvchi yoki
yo„l qo„yilmaydigan, xavfning oldini olish diplomatiyasi usullari yordamida dunyo
289
hamjamiyatining davlatlari o„rtasidagi harbiy nizolarni oldini olish masalalarini bosh
vazifa, deb biladi. Bu vazifalar O„zbekiston Respublikasining qonuniy va me‟yoriy
hujjatlarida mustahkamlangan.
O„zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida urush va harbiy nizolarning oldini olish
o„zining bosh strategik yo„nalishi, deb qabul qilib, hech qanday harbiy blokka
kirmaslik, agressiyadan tashqari o„z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatlarga qarshi
qo„llamaslik, hech kimni o„z dushmani deb qaramaslik va yadrosizlikning uch
tamoyiliga amal qilish majburiyatini oldi.
O„zbekiston Respublikasi o„zining xalqaro faoliyatida urushni oldini olish
bo„yicha keng qamrovli choralar ko„rish lozim, deb hisoblaydi. BMTning mavqeini
oshirish, faol integratsiyalanish, yadro qurolini sinashni butkul to„xtatish, kimyo
qurolini yo„q qilish, Markaziy Osiyo hududini yadrosiz mintaqa, deb e‟lon qilish,
aqidaparastlikka, ekstremizmga, terrorizmga barham berish va boshqalar shular
jumlasidandir.
Harbiy Doktrinada Markaziy Osiyo mintaqasining o„ziga xos xususiyatlari, harbiy
xavfning potensial manbalari, zamonaviy urushlarning xarakter va oqibatlari, harbiy-
strategik bosh vazifalari, Qurolli Kuchlarni qurish va qo„llashning tamoyillari hamda
respublika iqtisodiyoti, hududi va aholisini mudofaaga tayyorlashning mohiyatlari
ochib berilgan.
Amaldagi O„zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasining asosiy g„oyalarini
rivojlantira borib, keyingi besh yilda dunyoda, mintaqada va mamlakatda ro„y
berayotgan geopolitik vaziyatni hisobga olgan holda O„zbekiston Respublikasining
Mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Uni ishlab chiqishda va qabul qilishda alohida geopolitik o„rin egallab turgan
Markaziy Osiyo mintaqasi hozirgi paytda xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm va
aqidaparastlikni yoyishga, mintaqadagi mamlakatlarni o„zlari tanlagan demokratik
taraqqiyot yo„lidan qaytarishga urinayotgan ekstremistik kuchlar va diversion-
qo„poruvchi markazlarning o„ta manfaatdor obyektiga aylanayotgani hisobga olingan.
Narkobiznes va g„ayriqonuniy qurol-aslaha savdosi ko„lamining kengayayotgani
xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda. Bunday sharoitda davlatning eng muhim vazifasi
Mudofaa vazirligi, chegara va ichki qo„shinlarning tezkor, zamonaviy qurol-aslahaga
ega, professional jihatdan yaxshi tayyorlangan birlashma va qismlarini tashkil etish,
mamlakatning yagona himoya va mudofaa tizimini, barcha qo„shin turlari va harbiy
bo„linmalari, huquq-tartibot idoralari o„zaro hamkorligining samarali mexanizmini
shakllantirishdan iborat.
O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi konsepsiyasining prinsipial
o„rinlariga, mamlakat va mintaqaning xavfsizligi, tinchligi va barqarorligiga tahdid
solayotgan kuchlarni chuqur o„rganishga asoslangan holda Mudofaa doktrinasi harbiy
qurilish, ishonchli mudofaani, davlatning hududiy yaxlitligi va xavfsizligini
ta‟minlashga doir asosiy tamoyillarni belgilab beradi.
Qabul qilingan doktrina mutlaqo mudofaaviy xususiyatga ega bo„lib, O„zbekiston
Respublikasining tinchlikparvar siyosati ifodasidir. Doktrinada umumiy xavfsizlik
290
tamoyilidan kelib chiqqan holda, Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqada tinchlik va
barqarorlikni saqlash borasidagi sa‟y-harakatlarni birlashtirish zarurligi ta‟kidlanadi.
Doktrinada vazirlik va idoralarning, davlat va nodavlat tashkilotlari va
muassasalarning mamlakat mudofaa salohiyatini ta‟minlash borasidagi o„rni va
ma‟suliyati belgilab berilgan. Doktrina qoidalarini amalga oshirish Vatanimizning har
bir fuqarosi uchun muqaddas burchdir.
1999-yilning fevralida Toshkentda sodir bo„lgan fojia, so„ngra Qirg„iziston
janubida, Buxoro va Andijonda sodir bo„lgan voqealar xalqimizning tinch hayotini
ko„ra olmaydigan kuchlar borligini va ular O„zbekistonni tanlagan yo„lidan qaytarish
uchun har qanday qabohatga tayyor ekanligini ko„rsatdi. Mustaqil O„zbekistonning
posbonlari bo„lgan Qurolli Kuchlar askarlari mana shu og„ir kunlarda o„zlarini jasur
va matonatli Vatan himoyachilari sifatida ko„rsatdilar.
Sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash, yurt osoyishtaligini ishonchli himoya qilish
ma‟naviy yuksak, jismonan baquvvat askarlar va zamonaviy qurol-aslaha bilan
ta‟minlangan professional armiyaga bog„liq. Istiqlol davrida shakllangan Qurolli
kuchlarimiz bugun sobiq ittifoq davridagi armiyadan keskin farq qiladi. Endilikda
Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan yigit yagona Vatan – ona O„zbekiston
uchun, uning osoyishtaligi yo„lida o„z burchini ado etayotganini yaxshi anglaydi.
Endilikda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlar katta tanlovdan o„tib, ular
orasidan eng saralari tanlab olinmoqda. Tabiiyki, Qurolli Kuchlarning mudofaa
salohiyatini oshirish, har qanday sharoitda mashaqqatli vaziyatdan sharaf bilan
chiqish harbiylardan nafaqat jismoniy tayyorgarlikni, balki yuksak aql-idrok,
intellektul salohiyatni ham talab etadi. Hozir Qurolli Kuchlarni barpo etish va tashkil
etishning mutlaqo yangi konsepsiyasiga amal qilinmoqda. Muddatli harbiy xizmat bir
yilgacha qisqardi, har tomonlama ta‟minlangan nufuzli serjantlar maktabining
faoliyati yo„lga qo„yildi. Amalda o„zini oqlagan, saflarida ming-minglab yoshlarimiz
o„z yigitlik burchini o„tayotgan safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati tashkil etildi. Eski
nomaqbul kazarma muhitiga barham berildi. Muddatli va kontrakt xizmati, ofitserlik
va qo„mondonlik tarkibi xizmatlarining o„ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda
harbiy xizmatchilarning yashash va dam olishlari uchun munosib sharoitlar
yaratilmoqda.
Mamlakatning barcha hududlarida harbiy qismlar askarlari turli qurollardan
foydalanish, zirhli va g„ildirakli jangovar texnikalarni boshqarish, kompyuter
trenajyorlardan foydalanish sirlarini mukammal egallashmoqda. Harbiy tayyorgarlik
jarayonini ilg„or texnik va texnologik vositada yangicha uslublar asosida tashkil etish
intellektual mezonlar va yo„nalishlarni takomillashtirish izchil davom ettirilmoqda.
– Bugungi Qurolli Kuchlar o„n besh yil avvalgi armiyadan qanday jihatlarga ko„ra
farqlanadi?
Yuqoridagilarni umumlashtirib, shuni aytish kerakki, istiqlol yillarida Qurolli
Kuchlarimizda islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbariyati harbiy sohada
islohotlar o„tkazishda asosiy omilni hisobga oldi. Ulardan
Do'stlaringiz bilan baham: |