Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Ishonchim  komilki,  yillar  o„tib,  avlodlarimiz  biz  xalqimizning



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Ishonchim  komilki,  yillar  o„tib,  avlodlarimiz  biz  xalqimizning 

mustaqilligi  yo„lida,  uning  tinch  bunyodkorlik  mehnatini  himoya  qilish  yo„lida 

qilgan ishlarimizga munosib baho beradi»

Markaziy  Osiyoda  yagona  harbiy  Akademiyaning  ochilishi,  bu  –  fanga  nisbatan 



keskin  burilish,  yangi  bilimlarni  orttirish,  Sharq  harbiy  boshliqlarining,  avvalo 

Sohibqiron  bobokalonimiz  Amir  Temurning  tajribali,  tezkor  harbiy  san‟at  va 

taktikaning so„nggi yutuqlari, jahon harbiy ilmi hamda xorijiy mamlakatlar jangovar  



 

283 


tayyorgarligining    ilg„or  tajribalari  negizida  malakali  milliy  harbiy  kadrlarni 

tayyorlash demakdir. 

Jangovar  tayyorgarlikning  yuqori  saviyada  bo„lishini  ta‟minlash  qism  va 

bo„linmalar, harbiy o„quv yurtlari, umuman Qurolli Kuchlarning bosh vazifasi bo„lib 

kelgan va shunday bo„lib qoladi. 

 O„zbekistonning  Markaziy  Osiyodagi  boshqa  davlatlar  bilan  ijtimoiy  hayotning 

barcha jabhalarida, shu jumladan, harbiy sohada ham hamkorligi va hamjihatligining 

muhim poydevori xalqlarimizning umumiy tarixiy negiziga egaligidir. 

O„zbekiston  rahbariyati  mintaqaviy  barqarorlik  va  xavfsizlikni  mustahkamlash 

uchun  amaliy  choralar  ko„rib  kelmoqda.  Jumladan,    O„zbekiston  1991-yil  dekabrda 

Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligini tuzish bo„yicha Almati Deklaratsiyasini, 1992-yil 

mayda  esa  Kollektiv  xavfsizlik  Shartnomasini  imzoladi.  1993-yil  yanvarda 

O„zbekiston  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo„stligining  boshqa  davlatlari  bilan  birga 

tinchlikni  ta‟minlovchi  batalyonni  tashkil  etishda  va  uni  tojik-afg„on  chegarasiga 

yuborishda  ishtirok  etdi.  1993-yil  sentabrida  esa  MDH  davlatlari  rahbarlarining 

qaroriga  binoan  mudofaa  koalitsion  kuchlari  tashkil  etilib,  bunda  Rossiya, 

Qozog„iston,  Qirg„iziston  va  Tojikiston  Qurolli  Kuchlari  bilan  bir  qatorda 

O„zbekiston milliy armiyasi vakillari ham qatnashdilar. 

O„zbekiston,  Qozog„iston  va  Qirg„iziston  Respublikalari  o„rtasida  1993-yil 

yanvarda  yo„lga  qo„yilgan  mintaqaviy  harbiy-texnik  hamkorlik  katta  tarixiy 

ahamiyatga  ega.  Mazkur  mamlakatlar  Prezidentlari  iqtisodiy,  siyosiy  va  qamrovli 

masalalar  bilan  bir  qatorda  o„zlarining  harbiy  siyosatdagi  nuqtayi  nazarlarini 

(pozitsiyalarini) kelishtirib oldilar va xususan Qozog„istonda hamda Turkmanistonda 

milliy  armiyalar  tashkil  etilishini  e‟lon  qildilar.  O„sha  kunlari  O„zbekiston 

Respublikasining Qurolli Kuchlari o„zining bir yilligini nishonlayotgan edi. 

Markaziy  Osiyo  davlatlari  o„rtasidagi  harbiy-texnik  hamkorlikni  yanada 

rivojlantirishning  huquqiy  asosi  bo„lib  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

Qozog„iston,  Qirg„iziston,  Tojikiston  va  Turkmaniston  davlat  rahbarlari  o„rtasida 

imzolangan  do„stlik,  hamkorlik  va  o„zaro  yordam  to„g„risidagi  Shartnomalarda 

maxsus moddalar bilan birga harbiy munosabatlar ham o„z aksini topgan. 

Eng  faol  harbiy-texnik  hamkorlik  Qozog„iston,  Qirg„iziston  va    O„zbekiston 

o„rtasida  1994-yilda  tashkil  topgan  yagona  iqtisodiy  makon  doirasida  amalga 

oshirilmoqda. 

Yuqorida  aytib  o„tilgan  mamlakatlar  hukumatlari  o„rtasidagi  uch  tomonlama 

imzolangan maxsus Bitim esa ushbu hamkorlikning huquqiy asosidir. 

Mintaqaviy  xavfsizlik  sohasidagi  konseptual  muammolarni  ko„rib  chiqish, 

mudofaa  bo„yicha  o„zaro  hamjihatlikni  ta‟minlash,  mudofaa  va  xavfsizlik 

yo„nalishida  a‟zo-davlatlarning  faoliyatlarini  muvofiqlashtirish,  qabul  qilingan 

bitimlarni  tashkil  etish,  hamda  harbiy  hamkorlikning  boshqa  masalalarini  hal  qilish 

maqsadida Qozog„iston, Qirg„iziston va O„zbekiston Respublikalarining Davlatlararo 

Kengashi  tarkibida  ishchi  organ  sifatida  Qozog„iston,  Qirg„iziston  va  O„zbekiston 

Respublikalari Mudofaa vazirlari Kengashi tuzildi va u faoliyat ko„rsatmoqda. Ushbu 




 

284 


organning  faoliyati  Qozog„iston,  Qirg„iziston  va  O„zbekiston  Respublikalari  davlat 

rahbarlari tasdiqlagan maxsus Nizomga asosan tartibga solinadi. 

Mintaqaviy  xavfsizlikni  ta‟minlash  sohasidagi  yirik  amaliy  tadbirlardan  biri 

Davlatlararo  Kengashning  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  rahnamoligida  tinchlikni 

o„rnatish  mashqlarida  qatnashishga  mo„ljallangan  Qozog„iston,  Qirg„iziston  va 

O„zbekiston  Respublikasining  tinchlik  o„rnatuvchi  batalyoni  (Sentrazbat)  tashkil 

etish,  moddiy-texnik  jihatdan  ta‟minlash  va  uning  faoliyati  to„g„risida  maxsus 

Nizomni tasdiqlash to„g„risidagi qarori bo„ldi. 

Tinchlikni  o„rnatuvchi  batalyonni  (Sentrazbat)  tashkiliy  jihatidan  mustahkamlash 

maqsadida  Davlatlararo  Kengashning  qaroriga  ko„ra  ushbu  batalyonni  «Tinchlik 

yo„lidagi hamkorlik» dasturi doirasida Amerika va Ovro„pa qit‟alarida o„tkaziladigan 

tinchlikni  o„rnatish  mashqlariga  tayyorlash  va  ishtirok  etish  hamda  BMT 

rahnamoligida  ko„p  millatli  kuchlarni  jalb  etgan  holda  Markaziy  Osiyo  hududida 

mashqlarni o„tkazish ko„zda tutilgan. 

Yuqorida  aytib  o„tilgan  tinchlikni  o„rnatish  batalyonini  tashkil  etishning  muhim 

sababi  Qozog„iston,  Qirg„iziston  va  O„zbekiston  Respublikasi  davlat  rahbarlarining 

BMT Bosh kotibiga qilgan murojaatlari bo„ldi. 

Hozirgi vaqtda tinchlikni o„rnatish batalyoni (Sentrazbat) tamomila shakllandi va 

komplektlandi (butlandi). Uning tarkibida teng ravishda Qozog„iston, Qirg„iziston va 

O„zbekiston Qurolli Kuchlarining ofitserlari, praporshchiklari, serjantlar va askarlari 

bor. 

Batalyonning  qurol-aslahasi  va  harbiy  texnikasi  BMTning  shunday  harbiy 



bo„linmalariga  qo„yadigan  talablariga  muvofiq  keladi.  Ushbu  batalyonning  tashkiliy 

va  faoliyat  ko„rsatish  masalalari,  Markaziy  Osiyo  davlatlari  o„rtasidagi  hamkorlikni 

chuqurlashtirish kabi  masalalar qatori mudofaa vazirligi  Kengashi majlislarida ko„ri-

ladigan asosiy mavzu hisoblanadi. 

Masalan,  1997-yil  aprel  oyida  mudofaa  vazirlari  Kengashining  Toshkentda 

o„tkazilgan  navbatdagi  majlisida  «Tinchlik  yo„lidagi  hamkorlik»  doirasidagi  shu  yil 

sentabr  oyida  O„zbekiston  va  Qozog„iston  hududlarida  o„tkaziladigan  «Sentrazbat-

97»  nomli  mashqlar  loyihasi  har  tomonlama  muhokama  etildi.  Bu  mashqlar 

keyinchalik 1997-1998-yillarda ham o„tkazildi. 

O„zbekiston  Respublikasi  mustaqilikka  erishganining  dastlabki  kunlaridanoq 

Mustaqil  Davlat  Hamdo„stligiga  a‟zo  davlatlar  bilan  harbiy  sohada  hamkorlikka 

muhim  ahamiyat  bera  boshladi.  «O„zbekiston,–  deydi  I.Karimov,  ayni  shu  sababli 

mintaqada  va  sobiq  Ittifoq  hududida  kollektiv  xavfsizlik  tizimini  barpo  etish 

tashabbuskorlaridan  biri  bo„ldi.  MDH  mamlakatlari  o„rtasida  tuzilgan  kollektiv 

xavfsizlik  to„g„risidagi  shartnomalarining  dastlabkilaridan  biri  1992-yil  may  oyida 

aynan Toshkentda imzolangani ham tasodif emas». 

Mustaqil  Davlatlar  Hamdo„stligiga  a‟zo  davlatlar  o„rtasidagi  harbiy-texnik 

hamkorlikka  qaratilgan  muhim  xalqaro-huquqiy  me‟yoriy  hujjatlar  majmui  1995-yil 

fevralda  Almatida  imzolandi.  Umuman,  MDHning  5  yillik  faoliyati  davomida, 



 

285 


MDHga a‟zo davlatlarning harbiy sohada  munosabatlarini tartibga soladigan 200 ga 

yaqin shartnomalar, bitimlar imzolandi. 

Shulardan  ko„pi,  jumladan,  harbiy-texnik  hamkorlikni  chuqurlashtirish,  harbiy 

xizmatchilar  va  ularning  oilasini  ijtimoiy  himoyalash,  MDHga  a‟zo  davlatlarning 

o„zaro munosabatlarida kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan xavf solmaslik to„g„risida, 

sobiq  SSSR  Qurolli  Kuchlarini  qisqartirish,  yadro  qurolini  tarqatmaslik  to„g„risida, 

harbiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi Shtab to„g„risida, MDHga a‟zo davlatlarning 

mudofaa  vazirlari  Kengashining  Nizomi  to„g„risida,  kosmik  fazoni  tatbiq  etish  va 

foydalanish  bo„yicha  o„zaro  faoliyat  to„g„risida,  havo  hujumidan  mudofaaning 

birlashgan  tizimini  tashkil  etish  to„g„risida  hamda  boshqa  shartnomalar  va  bitimlar  

O„zbekiston tomonidan imzolangan va aniq bajarilmoqda. 

O„zbekiston,  Ukraina,  Belarus  Respublikasi,  Gruziya,  Ozarbayjon  Respublikalari 

bilan  ham  harbiy  sohada  hamkorlik  borasida  mustahkam  aloqa  o„rnatdi.  Ularning 

harbiy  muassasa  vakillari  davlat  va  hukumat  rahbarlari  imzolagan  do„stlik, 

hamjihatlik va o„zaro yordam harbiy-texnik hamkorlik to„g„risidagi shartnomalar va 

bitimlarga  amal  qilgan  holda  tashriflar  davomida  harbiy-tadqiqot  va  ilmiy 

izlanishlarning  strategik,  taktik  yo„nalishlarini kelishib olish va  rivojlantirish,  qurol-

yarog„  va  texnikani  takomillashtirish,  harbiy  kadrlarni  o„qitish,  Qurolli  Kuchlar 

shaxsiy tarkibini moddiy-maishiy jihatdan ta‟minlash masalalari bo„yicha katta ishlar 

olib bormoqdalar. 

O„zbekiston  Respublikasining  harbiy  sohada  hamkorlik  qilishning  ustuvor 

yo„nalishi  bu  Rossiya  Federatsiyasi  bilan  o„zaro  aloqalar  o„rnatishdan  iboratdir. 

I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish