Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Birinchidan

,  O„zbekiston  tashqi  siyosatining  ustuvor  tamoyillaridan  biri  hech 

qanday  harbiy  bloklarga  a‟zo  bo„lmaslikdir.  Prezident  Islom  Karimov  bu  masalani 

yanada  sodda  qilib  tushuntirib  aytdiki,  birorta  o„zbek  askari  o„z  mamlakatimiz 

chegaralari hududidan tashqariga borib, har xil mojarolarda ishtirok etmaydi. 

Ikkinchidan

,  O„zbekistonning  bugungi  siyosiy-jug„rofiy  holati  ham  biror-bir 

harbiy blokka kirish amaliyotiga to„g„ri kelmaydi. Mabodo shunga amal qilinadigan 

bo„lsa,  mintaqadagi  xavfsizlik  muvozanatiga  putur  yetkazib  qo„yishi  mumkin. 

Garchand  mintaqamizdagi  ayrim  davlatlar  o„z  sa‟y-harakatlari  bilan  mintaqa 



 

275 


xavfsizligiga  rahna  solayotgan  bo„lsa-da,  O„zbekiston  rahbariyati  bularga  qarshi 

harakat  qilmasligini  ochiq-oydin  ma‟lum  qilgan.  Aksincha,  bizning  maqsadimiz 

mintaqamizda  tinchlik  va  barqarorlikni,  farovon  hayotga  erishishni  ta‟minlashdir. 

O„zbekiston  –  NATO  munosabatlarining  asl  mohiyati  ham  shu  –  davlatimizning 

xavfsizligi  va  tinchligini  ta‟minlash,  qolaversa,  mintaqada  barqarorlikni  qaror 

toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat. 

Bugungi  kunda  dunyodagi  19  mamlakat  NATOning  to„laqonli  a‟zosi  sanaladi, 

qirqqa  yaqin  davlat  ushbu  alyans  bilan  hamkorlik  qiladi.  Mazkur  Shimoliy  alyans 

bilan,  NATOga  a‟zo  hamda  unga  sherik  davlatlar  bilan  hamkorlikni  rivojlantirish 

O„zbekiston  uchun  juda  muhim.  Islom  Karimov  Yevroatlantika  hamkorlik 

kengashining  yalpi  majlisida  so„zga  chiqib,  O„rta  Osiyo  mintaqasida  tinchlik  va 

barqarorlikni saqlash uchun zarur bo„lgan quyidagi omillarga alohida to„xtalib o„tdi: 

–  yigirma  yildan  beri  o„sha  davr  nuqtayi  nazaridan  davom  etib  kelayotgan  va 

mintaqa  xavfsizligiga  katta  tahdid  solayotgan  afg„on  mojarosini  tinch  yo„l  bilan hal 

etish.  Shu  o„rinda  bir  fikrni  aytish  joizdir.  Agar  Yevropaning  biror-bir  nuqtasida 

kichkinagina  janjal  chiqsa-yu,  uch-to„rt  kishi  qurbon  bo„lsa,  masala  darrov 

jahonshumul  ahamiyat  kasb  etadi.  Holbuki,  Afg„onistonda  kuniga  yuzlab  odamlar 

urush  tufayli  halok  bo„layotgani  jahon  ahlida  unchalik  ham  katta  tashvish  tug„dir-

mayotgani  ajablanarli.  Fikrimizcha,  buning  sababi  jahon  xavfsizlik  tizimida 

muvozanat yo„qligidir. O„zbekistonning, qolaversa, boshqa davlatlarning ham NATO 

bilan  hamkorlikni  yanada  rivojlantirishga  intilayotgani  ayni  shu  muvozanatni 

ta‟minlashga xizmat qilishi shubhasiz;  

–  yadro  quroliga  ega  davlatlar  sonining  ko„payishiga  yo„l  qo„ymaslik  zarur. 

Negaki,  keyingi  vaqtda  Janubiy  Osiyoda  o„tkazilgan  yadro  sinovlari  kishini 

tashvishga soladi; 

– mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmning tarqalishiga yo„l qo„ymaslik 

lozim.  Aytish  mumkinki,  bugun  aynan  diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm  yer 

yuzidagi ko„plab urushlar, mojarolarga havo berib turibdi; 

–  terrorizm  va  zo„ravonlik,  qurol-yarog„  hamda  narkotik  moddalar 

kontrabandasiga  qarshi  hamkorlikda  kurashni  kuchaytirish  zarur.  Ayni  shu 

masalalarda O„zbekiston NATOning va unga sherik boshqa davlatlarning ko„magiga 

ehtiyoj sezadi. 

Islom  Karimovning  «Eksimbank»  prezidenti  J.Hermon  bilan  muloqoti, 

shuningdek, Kapitoliyda O„rta Osiyo hamda Kavkaz davlatlari rahbarlari bilan birga 

AQSH senatorlari bilan uchrashuvi ham tashrifning muhim voqealaridan bo„ldi. Shu 

o„rinda  AQSH  senatorlari  bilan  bo„lgan  uchrashuv  haqida  biroz  to„xtalib  o„tsak. 

Senator  Sem  Braunbek  uchrashuvni  ochar  ekan,  ayni  vaqtda  AQSH  senati  «Buyuk 

Ipak yo„li – XXI asr» nomli qonun qabul qilishga chog„lanayotganini ma‟lum qildi. 

AQSHning  Buyuk  Ipak  yo„liga  qiziqayotgani  xayrli,  albatta.  Tabiiy  bir  savol 

tug„iladi:  nega  Buyuk  Ipak  yo„li  oradan  ikki  ming  yil  o„tib  yana  muhim  strategik 

ahamiyat  kasb  etayapti?  Sabab  shuki,  bugun  bu  yo„ldan  nafaqat  mazkur  mintaqa 

davlatlari,  balki  Yevropa  mamlakatlari,  shu  jumladan,  AQSH  ham  katta  manfaat 




 

276 


topishi  mumkinligi  tobora  yaqqolroq  namoyon  bo„layapti.  Davlatimiz  rahbari 

senatorlar  bilan  uchrashuvda  so„zga  chiqib,  yig„ilganlarning  e‟tiborini  Buyuk  Ipak 

yo„lini rivojlantirishga qanday omillar, kuchlar xalal berishi mumkin, degan masalaga 

qaratdi. Sir emaski, ayrim mamlakatlar O„rta Osiyo va Kavkaz davlatlarining g„arbga 

tomon  yangi  aloqa  koridorlariga  ega  bo„lishini  xohlamaydi.  Ayniqsa,  mazkur 

mintaqadagi  neft  va  gazni  jahon  bozoriga  chiqarish  uchun  yangi  yo„nalishlarning 

paydo  bo„layotgani  ularning  paytavasiga  qurt  tushirayotir.  Ikkinchidan,  diniy 

ekstremizm  va  fundamentalizmning  mazkur  mintaqa  mamlakatlarida  tarqalishi  va 

buning asnosida yuzaga keladigan beqarorlik ham davlatimizning hamkorlik yo„lidagi 

sa‟y-harakatlariga putur yetkazishi mumkin. Uchinchidan esa, ayrim davlatlar hamon 

shovinistik  kayfiyatdan  xalos  bo„la  olmayotgani  bilan  bog„liq.  Ular  mintaqada  o„z 

ta‟sirlarini saqlab qolish uchun turli amallardan foydalanyapti. Bu harakat esa Buyuk 

Ipak  yo„lini  tiklash,  o„zaro  integratsiyalashuv  yo„lidan  borayotgan  davlatlarning 

maqsadiga  zid.  Va  nihoyat,  Osiyodagi  ayrim  davlatlar  o„z  strategik  maqsadlarini 

ko„zlab  Buyuk  Ipak  yo„lining  tiklanishiga  va  rivojlanishiga  xalal  berishi  mumkin. 

Shuning  uchun  bu  haqda  gap  ketganda,  yuqorida  tilga  olingan  masalalarga  alohida 

e‟tibor qaratish kerak bo„ladi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzurida  milliy  xavfsizlik  kengashi, 

xavfsizlikni  ta‟minlash  sohasida  davlatning  ichki  va  tashqi  siyosati  masalalari 

bo„yicha maslahat organi tashkil etildi. 

Shubhasiz,  yuqoridagilar  O„zbekistonda  milliy  xavfsizlikni  ta‟minlash  va 

barqarorlikni saqlab turishning ishonchli omili bo„lib xizmat qiladi. 

 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish