3-§. Jamiyatni erkinlashtirishning yangi bosqichi
Mamlakatimizda
tub
islohotlarni
bosqichma-bosqich
amalga
oshirish
tamoyillarining joriy etilishi avvaliga ayrim muxoliflarimizga unchalik ham xush
kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, ma‟muriy-buyruqbozlik tuzumining illatlariga,
yangi hokimiyatning demokratik o„zgarishga qodir emasligiga yo„yishdi.
Aslini olganda, «Falaj qilib davolash» usuli, ya‟ni jamiyatni oldin butunlay
chilparchin qilib, tekislab tashlab, so„ng uning o„rniga yangisini qurish, islohotlarni
inqilobiy yo„l bilan amalga oshirish fojialarga olib kelishini o„ylamadi. Hissiyot
aqldan ustun turishi jamiyatni hammavaqt inqirozga olib kelishini, har qanday
islohotlar esa asta-sekinlik bilan odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshirilgandagina
yuksak madaniyat va ma‟naviyat mazmunini kasb etishini tushunishmas edi.
Oradan birmuncha vaqt o„tgach, eng avvalo iqtisodiy islohotlarning dastlabki
samaralari ko„zga tashlana boshlandi. Bu davlat mulkini xususiylashtirishdan tortib
pul va bank-kredit tizimini butunlay o„zgartirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish,
ishlab chiqarishni tubdan o„zgartirish, sanoatni yangi, ilg„or, zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlashgacha bo„lgan va boshqa jihatlarni qamrab olgan
islohotlarni o„zida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayonida «o„zbek
modeli» vujudga keldi. Bu jahon davlatchiligida yangi yo„nalish boshlanganidan,
jahon tajribalarini yangi mazmun bilan boyitayotganidan dalolat berar edi.
O„zbekistonning tub islohotlardagi o„z taraqqiyot yo„li faqat shuginami?
Ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha munosabatda bo„lish,
jamiyat taraqqiyotining aholi ma‟naviy-ruhiy va siyosiy-madaniy qarashlaridan kelib
chiqqan o„ziga xos yondashish usuli shakllana boshlandi. Jumladan, demokratik
jarayonlarni chuqurlashtirishda ham.
Mustaqillikning ilk kunlarida Prezidentimiz huquqiy demokratik davlatni barpo
etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasini dolzarb vazifa qilib o„rtaga
tashladi. Darhaqiqat, ayni ana shu tamoyillar jahon davlatchiligi eng ilg„or
tajribalariga mos keladigan, uni dunyo tan oladigan, inson huquqlari har jihatdan
kafolatlanadigan jamiyat sifatida barpo etish ko„zda tutilgan edi.
Ayni ana shu paytlarda – 90-yillarning boshlarida mamlakat og„ir ijtimoiy,
iqtisodiy po„rtanalar girdobiga tushgan, demokratiya «o„yin»lari avj olgan, aholining
ayrim guruhlarida ehtiroslar junbishga kelgan bir payt edi. Har qanday sharoitda ham
oldin ana shu og„ir vaziyatdan eson-omon chiqib olish, Prezident iborasi bilan
aytganda
Do'stlaringiz bilan baham: |