Huvaydo "Rohati dil" dostoni



Download 268 Kb.
bet2/7
Sana02.07.2022
Hajmi268 Kb.
#732089
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huvaydo Rohati dil dostoni

Biroq ana shu hujjatlarning birortasida Huvaydoning Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rganligi yoki otasi Chimyonda qurgan madrasada mudarrislik qilganligi haqida ma’lumot uchramaydi. Afsuski, ko‘p tadqiqotchilar Huvaydo singari iste’dodli shoir katta bilim va badiiy mahoratga ega bo‘lish uchun Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rgan bo‘lsa kerak, degan taxminlarini o‘quvchiga haqiqat sifatida taqdim etadilarki, bu ilmiylik va xolislik talablariga ziddir.

  • Biroq ana shu hujjatlarning birortasida Huvaydoning Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rganligi yoki otasi Chimyonda qurgan madrasada mudarrislik qilganligi haqida ma’lumot uchramaydi. Afsuski, ko‘p tadqiqotchilar Huvaydo singari iste’dodli shoir katta bilim va badiiy mahoratga ega bo‘lish uchun Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil ko‘rgan bo‘lsa kerak, degan taxminlarini o‘quvchiga haqiqat sifatida taqdim etadilarki, bu ilmiylik va xolislik talablariga ziddir.
  • Huvaydoning tarjimai holiga oid ma’lumotlarning kamligi yoki kam yetib kelganligi sabablarini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
  • Avvalo, Huvaydo xonlik poytaxti Qo‘qondan ancha olis bo‘lgan Chimyon qishlog‘ida tug‘ilib, voyaga yetdi va ijod qildi. U vaqtda ilmli kishilar juda oz bo‘lib, Huvaydoni tushunadigan, qadrlaydigan ziyolilar sanoqli bo‘lgan (Huvaydo devoniga kiritilgan g‘azallarida ana shunga ishoralar bor);
  • Ikkinchidan, ijtimoiy-siyosiy parokandaliklar, adolatsizlik va zulm kuchaygan bir sharoitda ilmsizlik va jaholat ilm ahliga nisbatan loqaydlikni, ilm-ma’rifatning qadrsizlanishini kuchaytirgan;
  • Uchinchidan, Huvaydo vafotidan so‘ng uning valiylik karomatlari haqida juda ko‘p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Ana shunday rivoyatlardan birida aytilishicha, Huvaydoning Chimyonda xor-zor bo‘lgan, odamlar malomatidan bezib qo‘shni Mindon qishlog‘iga borgan, u yerda qadr-qimmat va obro‘ topgach, mindonliklarni “bir doning ming don bo‘lsin” deb duo qilgan.

Mindonliklarning hozirgacha chimyonliklarga qaraganda to‘q, farovon hayot kechirayotganliklarining, qishloqning nomi “Mindon” ekanligining sababi ana shunda emish. Bunga o‘xshash juda ko‘plab rivoyatlar ulug‘ mutasavvif-shoirning og‘ir va murakkab hayoti haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

  • Mindonliklarning hozirgacha chimyonliklarga qaraganda to‘q, farovon hayot kechirayotganliklarining, qishloqning nomi “Mindon” ekanligining sababi ana shunda emish. Bunga o‘xshash juda ko‘plab rivoyatlar ulug‘ mutasavvif-shoirning og‘ir va murakkab hayoti haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
  • To‘rtinchidan, sobiq sovet tuzumi davrida ommaviy qatag‘on yillarida ruhoniylarga va dinga qarshi kurash sharoitida juda ko‘plab diniy kitoblar yo‘q qilindi. Bu ayanchli qismat Huvaydo haqidagi asarlarni ham chetlab o‘tmagan.
  • Milliy mustaqillik yillarida Huvaydoning hayoti, ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan juda ko‘plab ilmiy maqola va to‘plamlarda shoirning tarjimai holi, ismi, kasb-kori, tug‘ilgan va vafot etgan joyiga oid turlicha va hatto bir-biriga zid qarashlar xususida qisqacha to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
  • Tarix fanlari doktori, tasavvufshunos Ikromiddin Ostonaqulovning yozishicha, “Kunlardan bir kun Ofoqxo‘ja (rahmatullohi alayhi) o‘z muridiga “Sen farzand ko‘rsang. Otini Xo‘janazar qo‘y, mening nazarim andadur” deb xushxabar berdilar. …Oradan 5-6 yil o‘tib, Gʻoyibnazar o‘g‘il ko‘rib, ismini Xo‘janazar qo‘yadi. U paytda Gʻoyibnazar O‘shda yashar edi. Keyinchalik u Farg‘onaning Chimyon qishlog‘iga ko‘chib kelib, madrasa va xonaqoh ochib, mudarrislik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Huvaydo ta’lim –tarbiyani o‘z otasidan olgan. So‘ng Qo‘qon madrasalarida tahsil olib, o‘z qishlog‘iga qaytib, mudarrisldik qilgan, she’riy ijod bilan mashg‘ul bo‘lib, g‘azallar bitgan”

Download 268 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish