0 ’ zb ek yozuvi ta rix i 0 ’rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda
qadim zamonlardan boshlanadi. Eramizdan awalgi I ming yillik o’rtalarida Eron,
0 ’rta Osiyo va boshqa oMkalarda oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli
yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan oldingi I-III asrlarda oromoy yozuvi
bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan.
Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela boshladi.
Avesto, Xorazm, Sug’d, kushon, run, uyg’ur yozuvi va boshqa yozuvlar shular
jumlasidandir.
Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari saqlab qolgan
yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug’d yozuvi qoMlanila boshlandi. Bu yozuv
taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asming oxiri III asming boshlarida
Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlaming 0 ’rxun-Enasoy yozuvidan keng
foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enasoy
daryosi qirg’oqlaridagi rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi
Remezov XVIII asming oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida
olimlar bu yodgorliklami o’qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov
yodgorlikdagi yozuvlami o’qishga muyassar boMdilar. 0 ’rxun-Enasoy yozuvi
turkiy xalqlaming eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda 0 ’rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Shu davrdan
boshlab 0 ’rta Osiyo jumladan o’zbek xalqi ham arab yozuvidan foydalanila
boshladi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab boMishi bilan birga, o’zbek tilining
tovushlarini to’la ifoda eta olmagan edi. Shu jihatlarini e ’tiborga olgan i!g’or fikrli
kishilar arab alifbosi yuzasidan o’z fikrlarini bildirishga harakat qilganlar.
Chunonchi, Bobur o’zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv
amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O’zbekiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining lotin harflari
asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
0 ’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o’zbek alifbosiga
o’tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to’liq amalga oshirildi. Ammo, bu
yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o’zbek yozuvi
yangi alifboga o’tish haqidagi yangi alifboga o ’tish haqidagi qonun qabul qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng lotin yozuvi
asosidagi o’zbek alifbosi masalasini o’rtaga qo’ydi. Bu masala 0 ’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-
sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy
etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qaromi amaliyotga joriy qilish
borasida qizg’in ishlar olib borildi. “0 ’zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni
xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ulaming shakllari yuzasidan fikr
mulohazalar paydo bo’ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga asoslangan
o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qarorga o’zgartirishlarning kiritilishi
to’g’risida qaror qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |