– Ha oʻgʻlim, geometriyami? – soʻradi dadasi qiziqib.
– Tovuqxona qurmoqchiman. Yigʻib yurgan pulim yigirmata joʻjaga yetar ekan. Agar yaxshilab boqsam, ikki oyda tuxumga kirib qolishadi. Oʻzimiz yeymiz, ortganini sotamiz. Devorini xom gʻishtdan oʻzim koʻtaraman, faqat old tarafiga sim toʻr kerak boʻladi.
– Boʻpti, – dedi dadasi nimalarnidir hisoblagach. – Sim toʻrni men topib beraman. Bemalol boshlayver.
Maktabdan kelgan Sobirjon omborxonadan gʻisht quyadigan qolipni topdi. Akasi gʻisht quyganida yordamlashib, koʻzi pishgan. Terlab-pishib yuz dona gʻisht quydi. Gʻishtlar qurigach, ularni oʻzi chizgan loyiha boʻyicha loy bilan suvab, terib chiqdi. Old tarafini sim toʻr bilan mahkamladi. Biroq tomini yopishga kelganda aqli yetmay, shoshib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |