Husayn Voiz Koshifiy



Download 322,55 Kb.
bet3/5
Sana10.07.2022
Hajmi322,55 Kb.
#771728
1   2   3   4   5
Bog'liq
Husayn Voiz Koshifiy

HUSAYN VOIZ KOSHIFIY


(1442–1505)
Buyuk mutafakkir, ilohiyotchi olim, adib va o‘z davrida voizlik san’atining yirik namoyandasi bo‘lgan Husayn Voiz Koshifiy 1442-1505-yillarda yashab o‘tgan. 
Uning to‘liq ismi Husayn ibn Ali Bayhaqiy Sabzavoriy bo‘lib, Kamoliddin esa uning laqabidir. Yoshligidan voizlik, ya’ni, notiqlik bilan shug‘ullanganligi sabab Voiz Koshifiy taxallusi bilan ham mashhur bo‘lgan. Bu borada Alisher Navoiy: «Mavlono Husayn Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur», – deb yozgan. 
Husayn Voiz Koshifiy hayoti haqida ma’lumotlar kam bo‘lsa-da, lekin uning ma’naviy merosi haqida ko‘plab manbalarda xabar berilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Bayhaq viloyati Sabzavor qishlog‘ida tavallud topgan. Lekin butun hayoti davomida Hirotda yashab ijod qilgan. 
Manbalarda keltirilishicha, yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri hisoblangan Bayhaq viloyatidagi Sabzavor qishlog‘i Mashhaddan 300 km. g‘arbda joylashgan. Uning qadimiy nomi Xusravjid, keyinchalik Sabzavor deb atalgan. Husayn Voiz Koshifiy o‘zi yashagan davrning murakkab tarixiy-ijtimoiy holatiga nisbatan o‘z shaxsiy munosabatini asarlarida ifoda etgan. Uning asarlari orqali Hirot ilmiy markazining XV–XVI asrlar tarixini o‘rganish mumkin. 
Koshifiy ilmiy faoliyatining asosiy qismi XV asrning 70-yillaridan to umrining oxirigacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda Xurosonda temuriyzodalardan Abulqosim Bobur, Abu Said Mirzo, Sulton Husayn Mirzolar hukmronlik qilganlar. 
Temuriyzodalarning toju taxt uchun kurashgan eng tahlikali va murakkab davrida yashagani va bu jarayonlarda o‘zi ham bevosita va bilvosita ishtirok etgani bois Husayn Voiz Koshifiy o‘zining asarlarida diniy-ijtimoiy nizolarni mo‘‘tadillik va bag‘rikenglik asosida hal qilishga katta e’tibor qaratgan. Bunda unga buyuk olim, o‘z davrining yetuk mutafakkiri, shoir Alisher Navoiy katta yordam beradi va bevosita rahnamolik qiladi.
Koshifiyning o‘ziga xos yana bir jihati u juda kuchli va ta’sirli notiq edi. Manbalarda Alisher Navoiy o‘zi yozgan madhiya yoki marsiyalarini faqat unga o‘qitibgina ko‘ngli taskin topgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Chunonchi, Jomiy vafotiga Navoiy yozgan quyidagi marsiya bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. «Ul jumladin huruf roqimi bu marsiya bilan tarixni aytib, yili oshi tortarda sultoni Sohibqiron (Husayn Bayqaro) oliy majlislarida o‘tkardi va hukm bo‘ldikim, mavlono Husayn Voiz minbar ustida o‘qidi ...». Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Voiz Koshifiyning nafaqat ilmi, balki uning odobu axloqi ham yuksak darajada bo‘lgani uchun Alisher Navoiy va Husayn Bayqarolar uni hurmat va ehtirom qilib, o‘z majlislarida uning va’z-nasihatlarini tinglaganlar. Bu borada Mir Said Sharif Roqim: «Mavlono Kamoliddin Husayn Ali Voiz Koshifiy baland ovozda yaxshi va’z qilgani uchun olimlar va fozillar o‘zlarining xos majlislarida uni taklif qilishar edi», – deb yozadi. 
XVI asrning mashhur tarixchilaridan biri Xondamir o‘z zamondoshi Koshifiy haqida bir necha asarlarida yuksak e’tibor va ehtirom bilan tilga olib o‘tib shunday muhim ma’lumotlarni beradi: «Mavlono Kamoliddin Husayn Voiz turli xil ma’qul ilmlar va turlicha naql etilgan fanlardan tamom foyda olgan va bahramanddur....».
Koshifiy o‘zi o‘rgangan ilmu ma’rifatiga tayangan holda ko‘plab asarlar yozib qoldirgan. Ma’lumotlarda keltirilishicha, Koshifiy falsafa, axloq, tilshunoslik, siyosat, din tarixi, voizlik, she’r san’ati kabi fanlarga oid 40 dan ortiq asar ta’lif qilgan. Jumladan, «Axloqi Muhsiniy» (Yaxshi xulqlar), «Risolai Hotamiya», «Anvori Suhayliy», «Axloqi Karim», «Javohirnoma», «Tafsiri Husayniy», «Futuvvatnomai Sultoniy» kabi asarlar shular jumlasidandir. 
Husayn Voiz Koshifiyning eng mashhur asari «Axloqi Muhsiniy» bo‘lib, olim bu asarni 1495-yilda yozib tugatgan. Asar Sulton Husayn Mirzoning o‘g‘li, temuriy shahzoda, Marv hukmdori Abul Muhsin Mirzoga bag‘ishlangan. Shu sababli, kitobning nomi asl mazmuni «Yaxshi xulqlar»dan tashqari «Muhsiniyning axloqi» ma’nosini ham anglatadi.
Bu asar 40 bobdan iborat bo‘lib, boshlang‘ich boblarda ibodat, duo, ixlos va boshqa tushuncha, atamalar bayoni, keyingilarida esa, podshoh va yuksak martabali davlat arboblarining vazifalari, axloq-odobi, mulozimlari bilan munosabati juda ko‘plab tarixiy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yoritilgan. Kitobda axloqqa oid boshqa mashhur asarlarga iqtibos va havolalar ko‘plab uchraydi. Shuning uchun, Koshifiy o‘zini musannif, ya’ni «asar tuzuvchisi», deb atagan. 
Kitobda musannif avval axloqqa oid biror so‘z va tushunchani izohlab, keyin unga o‘quvchi amal qilishi uchun naqliy va aqliy dalillar keltiradi. Naqliy dalil deganda, Qur’on oyatlari, hadislar hamda xabarlarda keltirilgan rivoyatlar tushuniladi. Aqliy dalil esa biror axloqiy qoidaga amal qilishning mantiqiy asoslangan xulosalarini anglatadi. Bunda olim asarda o‘z fikr-mulohazalarini Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy va boshqa mutafakkirlar asarlaridan iqtibos keltirgan holda asoslagan. 
Asardagi tarixiy qissalar qamrovi davr jihatidan juda katta bo‘lib, ularda qadimgi yunon donishmandlari, eron, turk hukmdorlari, arab xalifalari va boshqalarning ibratli so‘zlari va ishlari to‘g‘risida hikoya qilinadi. 
Shu bilan bir qatorda, mazkur asarda keltirilgan ayrim lavhalar boshqa asarlarda, xususan boy va kambag‘al qo‘shni voqeasi Sayyid Qosimiy dostonida, hayo to‘g‘risidagi «Anushirvon va malika» qissasi Alisher Navoiyning «Hayrat al-abror» dostonida uchraydi. Biroq Koshifiy bu voqealarni o‘z asarida aynan qaytarmasdan, yangicha talqinda, sodda va xalqchil tilda bayon qilgani e’tiborga sazovordir. 

Download 322,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish