1992-yil 10-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olish to‘g‘risida”
1995-yil may oyida davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xavfsizlik kengashi tuzildi. Xavfsizlik Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahatlashuv organi hisoblanadi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufida Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
|
Oltin O’rdaga qaysi hudud kirmagan? Xorazm, Qrim, Dashti Qipchoq
|
Botuxon.'>Xorazm.
|
|
Oltin O’rdaga kim asos solgan??? Botuxon.
|
Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O'rda xonligini tuzadi. Uning dastlabki poytaxti Saroy Botu Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo'lgan.
Botuxon bo'ysundirilgan aholidan soliq va to'lovlarni tezroq to'play boshlash uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»ga tayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig'ini beradi.
|
|
Mezolit davri oxirida inson ixtirosi??? Hayvonlarni qo'lga o’rgatish.
|
Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo'lga o'rgata boshladi. Ovchilar itni qo'lga o'rgatdilar.
Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.
|
|
Muhammad Rahimxon I hatto Afg‘onistonda shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam ham berdi, evaziga nima qildi???
Xiva xonligi savdogarlariga Kobul bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi.
|
XIX asr boshlarida Xiva va Afg‘oniston o‘rtasida elchilik munosabatlari o’rnatildi. Muhammad Rahimxon I hatto Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam ham berdi. Buning evaziga Afg‘oniston Xiva xonligi savdogarlariga Kobul bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi.
|
|
XIX asr boshlarida Xiva xonligi bilan qaysi davlat o‘rtasida elchilik munosabatlari o’rnatildi. Savol КУХИНУР varianti. Afg‘oniston o‘rtasida.
|
XIX asr boshlarida Xiva va Afg‘oniston o‘rtasida elchilik munosabatlari o’rnatildi. Muhammad Rahimxon I hatto Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashayotgan shoh Mahmudning ikkinchi marta hokimiyat tepasiga kelishida yordam ham berdi. Buning evaziga Afg‘oniston Xiva xonligi savdogarlariga Kobul bozorida erkin savdo qilish huquqini berdi.
|
|
XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida tashkil topgan davlat??? Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligi.
|
Jo‘jixon ulusi - Oltin O‘rda amalda bir nechta mustaqil xonliklarga bo’linib keta boshladi. Ulardan biri XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida tashkil topgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligi edi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasiga qarashli Astraxon (Ashtarxon) shahri uning poytaxti bo’lgan. Rossiya bu xonlikni 1556-yilda bosib oldi.
|
|
Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligi qaysi davlat parchalanishi natijasida paydo bo’ldi? Jo‘jixon ulusi - Oltin O‘rda.
|
Ashtarxoniylar haqida O‘zaro ichki nizolar oqibatida Jo‘jixon ulusi - Oltin O‘rda amalda bir nechta mustaqil xonliklarga bo’linib keta boshladi. Ulardan biri XV asrning 30-yillarida Volgabo‘yi yerlarida tashkil topgan Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligi edi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasiga qarashli Astraxon (Ashtarxon) shahri uning poytaxti bo’lgan. Rossiya bu xonlikni 1556-yilda bosib oldi.
|