Aholi sonining ko'payishi.
Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) Reyn va Elba daryolari havzasida joylashganlar.
Milodiy asr boshlaridan aholi sonining ko'payishi xo'jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi.
Avvalo, german qabilalarida aholi sonining ko'payib borishi natijasida yangi yerlarga bo'lgan talabning oshishi, mulkiy tabaqalanish kuchayishi German qabilalarini yangi hududlarni egallashga undadi. Bundan tashqari, xunnlarning IV asrdan Sharqdan ko'chishlari va hujumlari ko'plab varvar qabilalarini o'z yerlaridan siljishga majbur qilgan.
|
|
Asparux hukmronlik yillari??? 643-701 yillar.
|
Bolgariya podsholigi - Bolqon yarimorolida turkiyzabon bulg'orlar xoni Asparux (643-701) tomonidan asos solingan davlat.
|
|
Maurya davlatiga kim asos solgan??? Chandragupta.
|
Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o'z tarkibiga olgan Maurya davlatiga asos solgan.
Pataliputra shahri esa Maurya davlati poytaxtiga aylandi. Mil. avv. III asrda podsho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak taraqqiyotga erishdi.
|
|
Xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan yodgorlik qaysi??? xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan
|
Sopollitepani (Muzrabod tumani) Qazishmalar davomida bu yerdan xom g'ishtdan qurilgan uy-joylar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan.
|
|
Rim va Karfagen o'rtasidagi urush boshlanishiga sabab nima??? Sitsiliya masalasi.
|
Aynan Sitsiliya masalasi Rim va Karfagen o'rtasidagi urush boshlanishiga sabab bo'ladi. Mil. avv. III asr o'rtalari. Rimliklar Karfagen bilan uch marotaba urushdilar.
|
|
«Rus haqiqati» asosan ko'pchilik moddalarda qanday jazo ko'zda tutilgan??? Jarima.
|
Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to'plami - «Rus haqiqati» tuzilgan.
«Rus haqiqati»ga fuqarolik va jinoiy ishlar bo'yicha qonunlar kiritilgan. Bundan tashqari, undan o'sha zamon rus jamiyati ijtimoiy munosabatlari, odat, udum va an'analari bo'yicha ma'lumotlar ham o'rin olgan. Og'ir jinoyatlar uchun o'lim jazosi belgilangan. Lekin «Rus haqiqati»dagi ko'pchilik moddalarda jarima to'lash ko'zda tutilgan.
|
|
Rossiyada Janubiy jamiyatga kim asos solgan? Pavel Pestel.
|
«Janubiy jamiyat»ning ko‘zga ko‘ringan arbobi Vatan urushi qatnashchisi Pavel Pestel edi. U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi. Dekabristlar harakatining rahbarlaridan besh kishi, shu jumladan, P. Pestel va N. Muravyovlar ham osib o‘ldirildi.
|
|
Allod nima??? Avloddan-avlodga meros bo'lib o'tadigan yer-mulk.
G'arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo'lib o'tadigan yer???
|
Allod (yunoncha) - yerga to'la egalik qilish; G'arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo'lib o'tadigan yer-mulk.
VI asr oxiridan franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in'om etishi mumkin bo'lgan mulki - allodga aylanadi.
|
|
Benefitsiyl nima??? In'om etgan yer-mulk.
|
Davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Xlodvigning vorislari boshqaruvi paytida qirollar - alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga yirik yer-mulk - benefitsiylar taqdim etganlar.
|