Hurmatli uztozlar bu yilgi toifa sinovlarida hammaga omad tilayman!!!


Zarafshon va Qashqadaryo vohasida



Download 2,16 Mb.
bet74/213
Sana12.07.2022
Hajmi2,16 Mb.
#779410
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   213
Bog'liq
2 5233692622572229436

Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi ko'plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud So'g'diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan aholi so'g'diylar deb atalgan.


Alisher Navoiyni hassaga tayangan rasmini kim chizgan??? Mahmud Muzahhib.

Mahmud Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir hassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan, qarashlarida ham horg‘inlik alomatlari, ham ulug‘vorlik va oliyjanoblik ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.


XIX asr 90-yillarida qaysi davlatlarda sotsialistik partiyalar vujudga keldi? Argentinada (va Italiya) (Shu savol menga 2021-yilda tushdi.) Menga 2021-yilda tushdi!

Argentinada ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari uchun kurash boshladi. Ular 8 soatlik ish kunini talab qildilar. 1895-yilda Sotsialistik partiya tuzildi. Partiya diniy ta’limni bekor qilish, yagona soliq joriy qilish, kasaba uyushmalarini birlashtirish va namoyishlarga ruxsat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga to‘lgan erkak fuqarolarga (ruhoniy va harbiylardan tashqari) umumiy saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun chiqarilishiga erishildi.
1991-yili Italiya kommunistik partiyasi tarqalib ketdi. Uning bazasida Liberal-sotsialistik partiya va Kommunistik uyg‘onish partiyasi tashkil qilindi.


Kim hatto dvoryan bo‘lmagan qatlamlar - savdogarlar, o‘ziga to‘q mayda yer egalarining ayrim vakillariga ham davlat xizmatiga kirish imkoniyatini yaratdi??? Li Xa In.

1863-yili 12 yoshli Li Sze Xvan Qirol Kojon nomi bilan taxtga o‘tqazildi. Hokimiyatni vaqtincha tevongun (hokim) bo‘lgan uning otasi Li Xa In egallab oldi. Tevongun eng muhim davlat lavozimlariga o‘z odamlarini qo‘yib olgan noron (oqsoqollar) asilzodalar partiyasining zo‘ravonligiga chek qo‘ydi. U, hatto dvoryan bo‘lmagan qatlamlar - savdogarlar, o‘ziga to‘q mayda yer egalarining ayrim vakillariga ham davlat xizmatiga kirish imkoniyatini yaratdi. Koreyaning ilgari hal qiluvchi ta’sirga ega bo‘lgan asilzodalarining qudrati bir qadar zaiflashdi.


Abdullaxon II Xurosonning qaysi qismini egallagan? Sharqiy. (Shu savol menga 2021-yilda tushdi.)

1583-yilda otasi vafot etgach, Abdullaxon II rasman xon deb e’lon qilindi.
Shu tariqa, Abdullaxon II Movarounnahrda o‘z hokimiyatini to‘la o‘rnatdi. Shuningdek, Xuroson tarkibidagi, lekin shayboniylar qo‘lida qolgan Balx, Maymana, Badaxshonda markaziy hokimiyatga qarshi ko‘tarilgan isyonlarni bostirdi.
Abdullaxon II Safaviylarga qarshi olib borilgan kurash natijasida Xurosonning sharqiy qismi egallandi. Binobarin, butun Movarounnahr, Xorazm va Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan hududlar yagona hukmdor qo‘li ostida birlashtirildi. Shu tariqa, Abdullaxon II ning jasoratli kurashi natijasida XVI asr oxirida Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Bunday ulkan natijaga buyuk Amir Temurdan keyin Abdullaxon II erisha oldi, xolos.


XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning savdo chorrahalari ... qirg‘oqlariga ko‘chdi. Shimoliy dengiz.

XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi. Bu yerda asosiy savdo markazi Niderland qirolligining Antverpen shahri bo‘lib qoldi. Ammo Antverpen ham tezda o‘z mavqeyini yo‘qotdi. London shahri Yevropaning asosiy savdo markaziga aylandi. Temza daryosi bo‘yida joylashgan London juda tez rivojlandi, shaharda yangi portlar, ishchilar uchun ko‘pqavatli uylar, savdo rastalari va istirohat bog‘lari paydo bo‘ldi.


Aleksandr Makedonskiy egallagan hududlarni aniqlang???

O'rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo'lmagan hududni: Marg'iyona, Baqtri­ya, So'g'diyona, hozirgi Bekobod va Xo'jand orasida Sirdaryo bo'ylarini bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi, xolos. Xorazm, Toshkent vo­hasi va Farg'ona mustaqilligicha qoldi.


Yaponiyaga harbiy islohot uchun qayerdan harbiy mutaxassislar taklif etildi??? Fransiyadan.

Harbiy islohotga ko‘ra, Yaponiyada umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Samuraylar avvalgi qiyofasini yo‘qotdi. Endi ular doimiy harbiy xizmatda bo‘lish imtiyozidan mahrum bo‘ldilar. Yevropacha shakldagi yangi qo‘shinni tuzish boshlandi.
Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Qo‘shin Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Garchand qo‘shin yevropacha andoza asosida tuzilgan bo‘lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo‘lib qolaverdi.


Yaponiyaning quyosh xudosi ... xohishiga ko‘ra paydo bo‘lganligi??? Amaterasu.

Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh xudosi Amaterasu xohishiga ko‘ra paydo bo‘lganligi, shuning uchun ham bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi, imperatorga xudo Amaterasudek mehribonlik xos ekanligi, uning hech qachon nohaq bo‘lishi mumkin emasligi ta’kidlandi.


Yaponlar tomonidan asos solingan qo‘g‘irchoq davlat??? Manchjou-Go.

Yaponiyada shakllangan militaristik totalitar rejim uning tajovuzkor tashqi siyosatini belgilab berdi. Bu siyosat 1931-yili Xitoyning Manchjuriya provinsiyasining bosib olinishiga va bu yerda yaponlar tomonidan Manchjou-Go qo‘g‘irchoq davlatining tuzilishiga olib keldi. Millatlar Ligasi bu qo‘pol bosqinchilikka keskin qarshi chiqqanligi uchun Yaponiya 1933-yili bu tashkilotdan chiqdi.


Qizil imperiya qachon Millatlar Ligasiga qabul qilindi??? Eski kitob. 1934-yil.

1934-yil 18-sentabr (Qizil imperiya) SSSR Millatlar Ligasiga qabul qilindi.


«Antikomintern ahdnomasi» kimlar o’rtasida tuzildi???

G'arbni Germaniya, Sharqni Yaponiya egallashi kerak edi. 1936-yil noyabrda ikki davlat o'rtasida «Antikomintern ahdnomasi» tuzildi.


Xitoyni yaxlitligi saqlab qolgan shartnoma? 1921-1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada. (Savol mujmalroq bir kitobdan ko’rish kerak)

1919-yil Parij konferensiyasida Xitoy o‘z talablari bilan ishtirok etdi. Bu talablar yapon qo‘shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to‘xtatish, Shandun orolini ozod qilish, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishdan iborat edi. Talablar Xitoy ilgari G‘arb davlatlari bilan imzolashga majbur bo‘lgan shartnomalarning ham bekor qilinishini nazarda tutardi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmadi va Xitoyga rasman rad javobi berildi.
1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag‘darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan U Peyfu keldi. Natijada, 1921-1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladi. Yakkalanib qolgan Yaponiya Shandun viloyatini Xitoyga qaytarishga majbur bo‘ldi. Umuman konferensiya Xitoyning xalqaro obro‘si oshayotganligidan dalolat berdi.
(Chan Kayshi hukumati Yaponiya ustidan shikoyat qilib Millatlar Ligasiga murojaat qildi, ammo xalqaro hamjamiyatning e’tibori uncha kuchli bo‘lmadi. Birorta yirik davlat Yaponiya bilan janjallashishni istamadi.)


1886-yilgi «Nizom»da ham Turkiston o‘lkasida…? 1) Uyezd sudlari bekor qilinib, ularning o‘rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. 2) Viloyat boshqaruvining sud bo‘limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. 3) Sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi. 4) Toshkent sud palatasi tuzildi. 5) Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi - hukumat senatiga bo‘ysundirildi.-1, 2, 3 (Shu savol menga 2021-yilda tushdi.)

1886-yilgi «Nizom»da ham Turkiston o‘lkasida qozilar sudi saqlanib qoldi. Uyezd sudlari bekor qilinib, ularning o‘rniga shahar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Viloyat boshqaruvining sud bo‘limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi.


1916-yildagi jangilar?

Verden (1916-yil 21-dekabr) va Somma janglari va Jizzax qo’zg’oloni


Qoraqalpoqlarni Qaysi omil Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi? Rossiya fuqaroligiga qabul qilinishi.


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish