o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar.
Davlatshayx 1425-yilda vafot etgach yanada avj oldi. Ana shunday og‘ir vaziyatda Davlatshayxning o‘g‘li Abulxayrxon siyosat maydoniga chiqdi. Abulxayrxon yosh bo'lishiga qaramay kuchli sarkardalik qobiliyatiga ega edi. Taxt uchun kurashda uni ulusdagi doimiy nizolardan aziyat chekayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar qo‘llab-quvvatladilar. Natijada, Abulxayrxon 1428-yilda «O‘zbek ulusi» deb atalgan davlatga asos soldi.
|
|
Boburiylar imperiyasining inqirozi tufayli qayer bosib olindi??? 1757-yil Bengaliya.
|
Boburiylar imperiyasining inqirozi tufayli Yevropa hukmdorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi, 1757-yili Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud Buyuk Britaniyaning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda tayanch vazifasini o‘tadi.
|
|
O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rinbosari bo’lgan ayol??? Jahon Obidova.
|
Bu davrda o‘zbek xotin-qizlari rahbarlik lavozimlarida ham ishlash layoqatini ko‘rsatdilar. 1927-yili respublikadagi tuman ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 20 foizi (20 %), okmg ijroiya qo‘mitalari a’zolarining 17 foizi (17 %) ayollar edi. Jahon Obidova O‘zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi raisining o‘rinbosari, Tojixon Shodiyeva esa Prezidium a’zosi bo‘lgan. Biroq keyinchalik bu 2 nafar taniqli o‘zbek ayollari sovet hokimiyati tomonidan qatag‘on qilindi.
|
|
Hamza qachon teatri tashkil etdi??? 1916-yil Qo‘qon shahrida.
|
1916-yil Qo‘qon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar teatri tashkil etildi. Unda namoyish etilgan birinchi spektakl Hamzaning «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» pyesasi bo‘ldi.
|
|
Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya va «yaxshi qo‘shnichilik» e’lon qilgan prezident??? Franklin Ruzvelt.
|
1933-yili AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligini va boshqa ko‘rinishda bu davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini hamda ular bilan «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi.
|
|
1409-yilda Shohrux dastavval faqat ...? Samarqand, Buxoro va Nasaf.
|
1409-yilda Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan o‘n besh yoshli Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug‘bek (1394-1449) garchi Movarounnahr bilan Turkistonning hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati chegaralari dastavval faqat qaysi hududlar bilan cheklangan edi?
|
|
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar bilan kim...? Xon yasovuli.
|
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan. Buxoro xonligi.
|
|
Prussiya qirolligi tashkil topgan yilda bo’lgan voqea??? 1701-yili «Taxt vorisligi to‘g‘risida bill».
|
1701-yili Brandenburg knyazligi o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil topdi. Brandenburg knyazi Fridrix I nomi bilan Prussiya qiroli deb e’lon qilindi.
1701-yili «Taxt vorisligi to‘g‘risida bill» qabul qilingan. Angliya.
|
|
Qaysi AQSH prezidenti Amerikacha individualizm va liberalizm tamoyillarini himoya? Gerbert Guver.
|
Respublikachi Gerbert Guver 1929-yil yanvarda AQSHning navbatdagi prezidenti qilib saylandi. AQSH prezidenti Gerbert Guver Amerikacha individualizm va liberalizm tamoyillarini himoya qilib, hech qanday ijtimoiy choralar ko‘rishga rozi bo‘lmadi.
|
|
Sirdaryo viloyatining hududiga ...?
|
Sirdaryo viloyatining hududiga, asosan, 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyatiga tegishli bo‘lgan yerlar va Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan.
|
|
Qaysi davlatda XVI asr o‘rtalaridan boshlab qishloq xo‘jaligining inqirozga yuz tutdi? Eski kitob.
|
|