1) Turkman va qipchoqlarni o‘ziga bo‘ysundiradi; 2) Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan Sirdaryo etaklari va Mang‘ishloq yarimorolini egallaydi; 3) “xorazmshoh” unvonini tiklaydi; 4) Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi; 5) Xorazm davlati juda kengayadi; 6) Xorazmning mustaqilligi uning nomi bilan bo'g'liq.
Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog‘liqdir.
Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o‘ziga bo‘ysundiradi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan Sirdaryo etaklari va Mang‘ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o‘rta oqimiga qadar bo‘lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.
Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog‘liqdir.
(Qutbiddin Muhammad (1097-1127) u “xorazmshoh” unvonini tikladi.)
|
|
Shoshilinch habar beruvchilar nima deyilgan?
|
Depesha - shoshilinch xabar.
|
|
1095-yil Bolgariyani ikkiga bo’linib ketishiga nima sabab bo’lgan?
|
Berlin Kongressi. Kongress 1878-yilning 13-iyunida ochildi. Kongressda «Berlin traktati» deb nomlangan hujjat imzolandi. Bu hujjat Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo‘lga kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi. Chunonchi, Buyuk Britaniya harbiy kemalari Qora dengizga kirish huquqiga ega bo‘ldi, Kipr oroli Buyuk Britaniyaga, Bosniya va Gersegovina Avstriya-Vengriyaga in’om etildi. Bolgariya ikkiga bo‘lib yuborildi. Ayni paytda, Usmonli davlati to‘lashi lozim bo‘lgan tovonning katta qismi evaziga Rossiyaga Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari berildi. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning davlat mustaqilligi tan olindi.
|
|
... Xorazm mustaqilligi uchun kurashgan hukmdor. Elbarsxon.
|
Xorazmning bo‘lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy maqomga ega bo‘lishi juda muhim edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurashning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon avlodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif etdilar. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi. Elbarsxon 1512-yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi.
|
|
1911-yil nechta yangi usul, nechta rus-tuzem maktabi ochilgan? 63 taga 89 taga.
|
1911-yilga kelib ularning soni 63 taga, o‘quvchilarning soni 4106 nafarga yetdi. 1910-yilda Toshkentning o‘zida 24 ta jadid maktabi faoliyat ko‘rsatib, ularda 1740 nafar bola o‘qigan. 1917-yilga kelib o‘lkada 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar mavjud edi.
1911-yilda rus-tuzem maktabi maktablarning soni 89 taga yetadi.
|
|
Bo’zatov asari nima haqida?
|
Ajiniyoz Qasiboy o‘g‘li (taxallusi Zevar) ning«Bo‘zatov» dostonida qoraqalpoq xalqining hayoti, ayniqsa, ularning yurtma-yurt ko‘chib yurish jarayoni bilan bog‘liq voqealar katta mahorat bilan tasvirlangan.
«Bo‘zatov» dostonida esa qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko‘chib ketishga majbur etilganligi katta mahorat bilan tasvirlangan.
«Qiz Mengesh bilan aytishuv» dostoni esa xalq orasida mashhur bo‘lgan. Uning hayoti va ijodi haqida qoraqalpoq yozuvchisi K. Sultonov «Ajiniyoz» romanini yozgan.
|
|
... yoyiq qaysi daryo? Ural.
|
Yoyiq (Ural).
|
|
Jul solig’i. (Amir Shohmurod).
|
Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi.
|
|
Misrda fravnlar kimlarning amrini bajarishgan? O’zining samoviy otasi.
|
Fir’avnlar Quyosh xudosining o‘g‘illaridir, hukmdorlar hamma ishni o‘zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud bo‘lgan.
|
|
XVI asr boshlarida Shayboniyxonning yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga? 500-600 ming.
|
XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga 500-600 ming Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan.
|
|
Xo’qand hozir o’liklar shahri degan dahshatli ibora bilan tugaydigan maqola qaysi gazetada bosilgan? “Ulug‘ Turkiston” gazetasi.
|
“Ulug‘ Turkiston” gazetasi chuqur qayg‘u bilan xabar berganidek, “1918-yil 20-fevral Xo‘qand (Qo‘qon) tarixining eng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko‘rsatganlar...” Gazetadagi ushbu maqola “Xo‘qand hozir o‘liklar shahri” (Qo‘qon hozir o‘liklar shahri) degan dahshatli ibora bilan tugaydi.
|
|
Old Osiyoda ilk davlatlar qachon paydo bo’lgan. Mil. avv. 2-ming yillikda.
|
|