In all criminal prosecutions, the accused shall enjoy the right to be confronted
with the witnesses against to him.
Bunda modda jumlalarini oʻzbek tiliga tarjima qiladigan boʻlsak mana shu
holatda boʻladi:
Sud jarayonlarida, ayblanuvchi oʻziga qarshi guvohlik bergan shaxsni bevosita
koʻrish huquqiga egadir.
Bunda sud jarayoni boʻlayotkan holatda, ayblanuvchi agar istasa oʻziga qarshi
guvoohlik bergan insonni oʻz koʻzlari bilan aynan shu paytda koʻrishga haqlidir,
sud esa ayblanuvchining bu huquqini taʼminlashga majburdir. Kazusdagi
vaziyatda bu qonun moddasiga mutlaqo zid hatti-harakat sodir etilmoqda ya'ni
sud organi ayblanuvchining qonun bilan belgilangan huquqiga daxl solmoqda.
Bu jarayonda ayblanuvchi jinoyat sodir etganiga qaramay unda hanuz fuqaro
sifatida bir qancha huquqlari mavjud va buni hech kim cheklay olmaydi.
Ushbu holatni milliy huquqiy tizimimizdagi normalar asosida tahlil qilib
ko’rsak, bunda O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi
yolg’on guvohlik berish kabi vaziyatlarni ko’rsatib o’tadi.
Ushbu modda quyidagicha keltirib o’tilgan:
Yolg‘on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov
chog‘ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg‘on
ko‘rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi, xuddi
shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto‘g‘ri tarjima
qilishi —
uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha
ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish
chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki
yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun
tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning
yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki
boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish
—
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Huddi AQSH qonunchiligidagi kabi bizning qonunchiligimizda ham yolg’on
guvohlik berish, javobgarlikka tortiladi. Yuqoridagi 238-modda esa yolg’on
guvohlik berishning holatlarini va unga qo’llaniladigan sanksiyani o’zida
keltirib o’tgan.
,
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.
2. Muhamedov X. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquq tarixi. – T.: Adolat.
Foydalanilgan online resurslar:
1.
https://www.britannica.com/topic/Bill-of-Rights-United-States-
Constitution
2.
https://www.aclu.org/other/bill-rights-brief-history
3.
https://www.billofrightsinstitute.org/primary-sources/bill-of-rights
Do'stlaringiz bilan baham: |