2.2.Huquqiy tarbiyada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o’rni
Qonun hujjatlarini qo‘llanish amaliyoti shuni yaqqol ko‘rsatadiki, talaygina huquqbuzarliklar, shu jumladan mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi hollari huquqiy bilimning etarli emasligi, huquqiy madaniyat darajasi pastligi oqibatidir. Aynan shu sababli, huquqlari buzilgan fuqarolar o‘z huquqini himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mexanizmidan, shu jumladan mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari va qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan kamdan-kam foydalanadilar.
Huquqni pisand qilmaslikka barham berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish huquqiy axborotdan foydalana olish imkoniyatini amalda ta’minlashni talab qiladi. Bu jihatdan qonunlarni va, ayniqsa, idoraviy normativ hujjatlarni o‘z vaqtida nashr etish zarur. Adliya vazirligi tomonidan chiqarilayotgan «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi»ning tirajini ko‘paytirish va unga erkin obuna bo‘lishni ta’minlash lozim. Huquqning ayrim tarmoqlari bo‘yicha, shuningdek aholining muayyan guruhlariga mo‘ljallangan normativ hujjatlarning mavzuiy to‘plamlarini nashr etish huquqiy axborotdan foydalana olishni ta’minlashga katta hissa bo‘lur edi.
Zamonaviy axborot ta’minoti kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining ilmiy asoslangan yagona ma’lumotnoma tizimini ishlab chiqish va undan mushtariylarning bemalol foydalana olishini ta’minlash zarur.
Keng o‘quvchilar doirasiga ham, aholining ayrim guruhlariga, shu jumladan mansabdor shaxslarga ham mo‘ljallangan ommabop ma’lumotnoma adabiyotlarni nashr etishni ancha ko‘paytirish aholini axborotlar bilan ta’minlashni yaxshilash va huquqiy madaniyatini oshirishning muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i lozim. Amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llanish masalalarini tushuntirib beradigan va davlat organlari xodimlariga, shuningdek davlatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarning rahbarlariga mo‘ljallangan sharhlar va amaliy qo‘llanmalarni nashr etishga alohida e’tibor qaratish kerak.
Aholining huquqiy savodxonligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari katta ahamiyatga ega. Ularning huquqiy mavzularga e’tiborini kuchaytirish, aholi o‘rtasida ko‘proq ko‘tarilayotgan yuridik masalalarni davriy nashrlar sahifalarida, televideniye va radio eshittirishlarida tushuntirib berish borasidagi hissasini keskin oshirish zarur.
Huquqni muhofaza qilish organlarining davlat organlari tizimidagi o’rni shu bilan belgilanadiki, ular davlatning huquqni muhofaza qilish funksiyasini bajarish uchun maxsus yaratilgan. Bu ularning asosiy va bosh vazifasidir. Shu bilan huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati boshqa davlat va boshqaruv organlarining funksiyasidan ajralib turadi. Bu ularning davlat organlari bilan aloqasini istisno qilmaydi, lekin huquqni muhofaza qilish organlarining mustaqilligini talab qiladi.
Sud – hokimiyatning butun tarmog’ini tashkil etuvchi maxsus organ. Fuqarolarning huquqlarini qonunga zid ravishda buzuvchi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
Ma’muriyatning noto’g’ri xatti-harakati bilan bog’liq har qanday nizolarni ko’rib chiqishda sud ma’muriyati faoliyatining qonuniyligini tekshiradi. Noqonuniy bo’shatilgan xodimni ishga tiklash, yashash joyiga order noto’g’ri berilganligini tekshirish, fuqarolik holatlari noto’g’ri qayd etilganligi ustidan shikoyatni tekshirish jarayonida sud boshqaruv organlarining faoliyatidagi qonuniylikni tiklaydi. Bunday ishlar bo’yicha sud chiqargan qaror bu qaror yo’llangan boshqaruv organlari tomonidan bajarilishi shart.
Sudlar tashkilotlar o’rtasida xo’jalik shartnomalarini tuzish jarayonida kelib chiqqan nizolarni hal etadi, davlat organlarining aktlarini noqonuniy deb topadi, zararni undirish masalasini hal qiladi va h.k.
Ma’muriy va jinoiy ishlar bo’yicha odil sudlovni amalga oshirish ham qat’iyan sudlarning vakolatidir. Shuning uchun ular ma’lum ma’noda jamiyatdagi axloqiy-ruhiy muhitni shakllantiradilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimida prokuratura alohida o’rin tutadi. U mamlakatimizning butun hududida qonunlarning fuqarolar, mansabdor va yuridik shaxslar tomonidan bir xilda tushunilishi va qo’llanilishini nazorat qiladi. Prokuratura organlari qonuniylik, markazlashganlik, birlik, oshkoralik va mustaqillik prinsiplari asosida faoliyat ko’rsatadilar.
Ular davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy hujjatlari va harakatlariga protest bildiradilar, noqonuniy harakatlarning oldini oladilar, qonun Aniq buzilgan hollarda kamchiliklarni tugatishga ko’rsatma beradilar, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar, shu bilan birga, ularnng xatti-harakatlaridagi qonuniylikni nazorat qiladilar.
Prokurorlar qonunlar va Oliy Majlis qabul qilgan qarorlarning hamda quyi turuvchi hokimiyat va boshqaruv organlari qonun osti hujjatlarining bajarilishini qat’iy nazorat qiladilar, qonuniylik va huquq tartibotning ta’minlanishi bo’yicha faoliyatni mvofiqlashtiradilar. Prokuraturaning buzilgan qonuniylikni tiklashga doir talablari davlat boshqaruvining barcha organlari tomonidan bajarilishi shart. Prokuratrua boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan kundalik aloqada bo’lgan holda faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, ularning hujjatlari va harakatlari qonuniyligini nazorat qiladi. U qonuniylikni ta’minlash, qoidabuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha birgalikdagi harakatlarning yanada samaraliroq bo’lishi uchun barcha huquqni muhofaza qilish organlari ishini muvofiqlashtiradi.
Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) organlari va xodimlarining kuch-g’ayrati xorijiy maxsus xizmatlar – razvedka-qo’poruvchilik faoliyatining oldini olishga, shningdek, mavjud huquq-tartibotni buzish mAqsadida dushmanlik kayfiyatida bo’lgan kuchlarning harakatlariga chek qo’yishga qaratilgan.
Amaldagi qonunlar va Jinoyat-protsessual kodeksiga ko’ra, MXX organlariga tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi ishlar bo’yicha jinoyatlar (urushni targ’ib qilish, agressiya, davlatga xiyonat, josuslik, terrorchilik, qo’poruvchilik, kontrabanda)ni ochi shva trgov qilish vazifasi yuklatilgan. MXX, shuningdek, maxsus aloqa vositalarini xorijiy maxsus xizmatlardan, radioelektron va boshqa razvedkalardan himoya qilishni, ularning xavfsizligi va nazorati bo’yicha tashkiliy-huquqiy prinsiplarni ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Milliy xavfsizlik xizmatining faoliyati turli hokimiyat va boshqruv organlari, jumladan hquqni muhofaza qilish organlarining hamkorligida amalga oshirilad. Bu MXX mamlakat ichida turli huquqni muhofaza qilish vazifalarini bajarishdan kelib chiqadi.
MXX organlari faoliyatining qonuniyligini (xudi boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati kabi) O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi nazorat qiladi. Prokuratura MXX tergovchilari tomonidan jinoiy ishlar qo’zg’atish va tergov qilishning qonuniyligiga kata e’tibor beradi. Bunday ishlar sudlar va harbiy sudlarga kelib tshadi. Ular esa MXX organlari dastlabki tergovining sifatini tekshiradi.
XULOSA
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi.Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi mavzusi asosida Respbulikamiz birinchi Prezidenti A.Karimovninng asarlarida huquqiy madaniyat va huquqiy ong tushunchalariga berilgan ta’riflar hamda bu borada davlatimiztomonidan olib borilayotgan islohatlar yoritib berildi.
Bundan tashqari yoshlarda huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishning tarixiy asoslari ajdodlarimiz merosida tutgan o’rni o’rganilib, misollar bilan bayon etildi.
Yosh avlodning huquqiy madaniyati va ongini shakllantirish fuqarolik tarbiyasini berishning ahamiyati bo’yicha, fuqarolik tarbiyasi va uning asoslari hamda huquqiy ta’lim o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayonini, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozimli haqida fikrlar bayon etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda. T.O’zbеkiston, 1999 yil, 29-bеt.
2.Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni dеmokratlashtirish va yangilash mamlakatni modеrnizatsiya va isloh etishdir. T., «O’zbеkiston», 2005 yil, 47-80 bеtlar.
3.O’zbеkiston Rеspublkasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, 1-2 son, 10-modda.
4.O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, 9-son, 178-modda.
5.O’zbеkiston Rеspublikasi qonun xujjatlari tO’plami. 2006 yil, 12-13 sonlar, 101-modda.
6. Rustamboеv M.Q. , Nikiforova Е.N. Xuquqni muxofaza qilish organlari. T.2005 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |