Huquqiy tarbiyani insonparvarlik yo’nalishida takomillashtirish


I.bob. HUQUQIY TARBIYANI INSONPARVARLIK YO’NALISHIDA TAKOMILLASHTIRISH



Download 132 Kb.
bet3/8
Sana31.12.2021
Hajmi132 Kb.
#249325
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUNDARIJA

I.bob. HUQUQIY TARBIYANI INSONPARVARLIK YO’NALISHIDA TAKOMILLASHTIRISH

1.1.Ma’naviy-axloqiy g’oyalar bilan boyitilgan tarbiya tizimini shakllantirish.

Jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan manfaatdordir. Davlat jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi bo‘lmish huquqiy madaniyat to‘g‘risida alohida g‘amxo‘rlik qiladi.

Huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo‘lmagan hajmda olish imkoniyatini berishdan iboratdir.

Tarbiyaviy va o‘quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab etishga qadar oshirishga yo‘naltirilishi lozim.

Huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘quv davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur.

Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash, har kimga o‘zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun real sharoit yaratish fuqarolarga o‘z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.

Huquqiy tarbiyaning o‘tmishdan qolgan faqat bir tomonlama axborot berish — ma’rifatchilikka yo‘naltirilganligini bartaraf etib, uni qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish vazifalari bilan uzviyroq bog‘lash zarur.

Shuni muttasil nazarda tutish kerakki, huquqiy tarbiya insonlarni huquq, qonuniylik ruhida tarbiyalash, huquqiy ma’rifat, qonunga hamda huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki shaxsning ijtimoiy-huquqiy faolligida, uning huquqiy madaniyatida o‘zining tugal ifodasini topadi.

Aholining huquqiy tarbiyasi va ta’limini takomillashtirishga ta’lim va tarbiyaning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta’limning yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi.

Huquqiy tarbiya va ta’limni kuchaytirishning asosiy choralari quyidagilardan iborat:

davlat huquqiy tarbiya va ta’limning asosiy tashkilotchisi sifatida ta’lim va tarbiyaning usullari va vositalarini, bu faoliyat bilan bevosita shug‘ullanayotgan muassasalar tuzilmasini muntazam ravishda takomillashtirib boradi, huquqiy tarbiya va huquqiy ta’limning muqobil tizimlarini shakllantirishga yordam beradi;

aholi huquqiy madaniyatini oshirish borasida davlat tuzilmalari va jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta’minlash; ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish, kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqboldagi vazifalarni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va yuristlar jamoat birlashmalari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib qolishiga erishish;

huquqiy tarbiya va ta’limning ta’lim-tarbiya muassasalari tomonidangina emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlarining va korxonalarning (muassasalar, tashkilotlarning), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida ham amalga oshirilishi;

huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning ularni maktabgacha tarbiya muassasalarida, umumta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o‘quv-uslubiy mezonlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o‘quv fanlarini joriy qilish;

huquqiy fanlar asoslarini chuqur o‘rgatadigan o‘quv yurtlari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash;

darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish;

ta’lim va tarbiya muassasalariga daxldor bo‘lmagan shaxslarning (ishchilar, xizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy xizmatchilar va boshqalarning) huquqiy tarbiyasi va huquqiy ta’limi tizimini takomillashtirish. Bu ishga davlat yuridik o‘quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, huquqshunos olimlar va boshqalarni jalb qilish;

yuridik o‘quv yurtlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, siyosiy-huquqiy tizimni takomillashtirish sharoitlarida huquqiy madaniyatni yuksaltirishning yangi vositalari va usullarini joriy etish lozim.

Huquqiy madaniyatni shakllantirishning vosita va usullarini takomillashtirish maqsadida:

fuqarolar bilan olib boriladigan huquqiy ishlar saviyasini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va o‘quv yurtlarining kadrlar bilan etarli ta’minlanishiga erishish;

mansabdor shaxslarning huquqiy bilimi va huquqiy madaniyati darajasiga nisbatan alohida talablar ishlab chiqish kerak. Chunki ular qonunlarni qat’iy ijro etishga, huquqning so‘zsiz amal qilishini ta’minlashga, huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga da’vat etilganlar.

Huquqiy bilimlarni davlat idoralarigina emas, balki jamoat birlashmalari tomonidan ham ommalashtirish jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishning yangi shakllari jumlasiga kiradi.

Yuridik o‘quv yurtlari hamda huquq sohasida ilmiy muassasalari bo‘lmagan shaharlarda va qishloq joylarda huquqiy ta’limni tashkil etishga alohida e’tibor berish lozim.

Huquqiy bilimlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish tizimini takomillashtirish, barchaga mo‘ljallangan yuridik adabiyotlarni nashr etish huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashadi. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda  yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p  yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi  BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga  oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.

Alohida ta’kidlash joiz, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham bu masala alohida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:

birinchidan, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

ikkinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. Farmon bilan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma yoshlarning bisnes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berishi belgilab qo‘yildi. Ushbu hujjatga e’tibor qaratilsa, yoshlar tadbirkorligi va tashabbuskorligini kompleks rivojlantirish vazifalari aniq va tizimli belgilanganligini ko‘rish mumkin.

O‘z navbatida, O‘zbekistondagi barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti xarajatlar umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Tabiiyki, har qanday davlat ham bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi, ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin, buning uchun zarur mablag‘ va resusrlar izlab topilmoqda.

O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq.

Shu maqsadda, mamlakatda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta joriy etildi. Viloyatlarda yangi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda. Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada  kengaytirildi. Sirtqi va  kechki oliy ta’lim shakllari tiklandi. Keying ikki yil ichida 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.

Muxtasar aytganda, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko‘zlagan holda, bosqichma-bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda.

Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtomoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi sa’y-harakatlarni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tasabbusning ilgari surilishi O‘zbekiston tarixida yoshlar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. Ma’naviy qadriyatlar-bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi. Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga, jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga ko’nikib boradi.

Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”1 deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir.


Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish