HUQUQIY ONG VA HUQUQIY TARBIYA
“Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko‘rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan bir tizimli aniq maqsadni ko‘zlagan holda ta’sir ko‘rsatilishidir.”
Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va onggiga tizimli va maqsadga muvofiq ta’sir etish jarayonidir. Bu jarayonda kishilarning huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ularda e’tiqoddan kelib chiqadigan qonun va huquqqa bo‘lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi. Huquqiy tarbiya va huquqni tatbiq qilish jamiyatda qonunchilik va huquq tartibotni mustahkamlashga yordam beradi. U kishilarni intizomlilikka, uyushqoqlikka, va yangi turmush tarziga o‘rgatadi. Tarbiyaviy ishning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog‘liqdir. Huquqiy tarbiya-huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o‘ziga xos shakllari va usullarini izlab topish qo‘llanishi zaruriyatini taqazo etadi.9
Tarbiyalovchilar zarur xajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi va tarbiyalanuvchida huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim. Huquq haqidagi tasavurlarning shakllantirishda, shuningdek birmuncha alohida masalalarning hal etishda asos bo‘ladigan qonunning ayrim umumiy qoidalarini huquqiy tamoyillarni bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni unitmaslik kerakki, voyaga yetmaganlar o‘zlari kuzatib boradigan huquqiy faktlarga nafaqat ularni qo‘llanish amaliyoti nuqtai nazaridan baho berishadi. Agar bunday amaliyot huquqda yozib qo‘yilganiga nisbatan farq qiladigan bo‘lsa, unda bu yoshlar huquqiy ko‘rsatmalarning shunchaki rasmiy narsa ekanligi to‘g‘risidagi tassavurlarni- "ha, qonun boshqayu, hayot butunlay boshqa" degan fikrda bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, huquqiy tarbiyani faqat huquqiy tarbiya bilan cheklab qo‘ymaslik kerak, tarbiyaning roli zarur bo‘lganida huquqiy amaliyotni ham o‘zgartira bilish uni oqilona izohlash qonun buzishning oldini olish, aniqlanishi va bartaraf etishi uchun barcha mumkin bo‘lgan chora tadbirlarni qabul qilishni ham o‘z ichiga olishi zarur. Aks holda hech qanday og‘zaki pand nasihat va suhbatlar yoshlarga ularning ko‘zi oldida jazosizlik holatida sodir etiladigan huquqbuzarliklar yetkazadigan zararni barham topdira olmaydi.
Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda yordamni nafaqat huquq bilan tanishtirish va unga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish muhim, shu bilan birga ularda huquqiy ko‘rsatmalarga so‘zsiz amal qilish zarurligiga ishonchni tarbiyalash tarbiyalanuvchilar ongida demokratik qonunchilik prinsiplariga nisbatan chuqur hurmatni singdira borish lozim.
Huquqiy tarbiyani huquqiy ta’limdan yoki faqat huquqshunoslikka o‘qitishdangina iborat deb bilmaslik kerak. Shuni unutmaslik kerakki huquqiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning hamma jihatlarini qamrab olishi, maktablarda birinchi sinfdan boshlaboq amalga oshirila boshlashi, o‘quv yurtlarida huquq bilan bir qatorda boshqa fanlarni (o‘qish, adabiyot, tarix, jo‘g‘rofiya va shu kabilarni) o‘qitish jarayonida sinfdan tashqari ishlarda leksiyalar, huquqshunoslar bilan uchrashuvlar og‘zaki jurnallar, yosh huquqshunoslar klublari, maktablari va boshqalarni tashkil etish yo‘li bilan o‘tkazilishi lozim. bunda yoshlarning o‘zining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi yuridik faoliyatning rolini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda yoshlarning jamoatchilik tartibini saqlashda, demokratik davlatda qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash ishida bevosita va amaliy ishtirok etishlari g‘oyat muhimdir.
Shunday qilib ma’naviy ong, estetik qarashlar singari huquqiy ong shaxsning turmush amaliyoti jarayonida shakllanadi. Halqning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydigan ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlariga muvofiq bo‘lgan yaxshi qonunlarga ega bo‘lishgina emas, shu bilan birga ularga so‘zsiz rioya etilishiga quyidagicha butun bir tizimli kafolatlar: iqtisodiy, siyosiy, yuridik va mafkuraviy kafolatlar mavjud bo‘lganidagina real bo‘ladi. Mafkuraviy kafolatlar fuqarolarni milliy ma’naviyatning qayta tiklanishi negizida tarbiyalanishi, ularning ma’rifiy madaniy onglilik darajasini o‘stirishdan iborat. Rivojlanib borayotgan demokratik jamiyatning qonunlari xarakterining o‘ziyoq ularga ixtiyoriy tarzda va so‘zsiz rioya etilishi va ijro etilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |