MATERIAL VA METODLAR
Jamiyat huquqiy madaniyatini ko’rsatkichlaridan biri bo'lgan huquqiy ong - bu
huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan qarashlar, g'oyalar, in'ikoslar, his-tuyg’ular,
odamlar, ularning birlashmalari, umuman butun jamiyat bilan alqoador tushunchadir.
Bu tushuncha odamlarning o'tmishdagi va amaldagi qonunchilikka, g'oyalarga, uni
yanada takomillashtirishga, qonuniylik, odil sudlovga bilim va baholovchi
munosabatni shakllantirishda namoyon bo’ladi. Bunga zamonaviy jamiyatda
qonunning ob'ektiv zarurligini anglash, uning ijtimoiy maqsadi, adolat, erkinlik,
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1070
w
www.oriens.uz
June
2021
shaxsning tabiiy va ajralmas huquqlari kabi demokratik g'oyalar bilan bog'liqligi
kiradi. Va nihoyat, bu tushunchga qonuniylik yoki noqonuniylik nuqtai nazaridan
odamlarning xatti-harakatlariga, ularning baholash xususiyatlariga bo'lgan munosabat,
qonun normalariga qat'iy rioya qilishga psixologik munosabat va qadriyatlar
yo'nalishi sifatida ham qarash mumkin. Yigirmanchi asrning oxirlarida mamlakatlar
hayotining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa jihatlaridagi o'zgarishlar, davlat va
huquqning mohiyati to'g'risidagi yangi qarashlar zamonaviy jamiyatining huquqiy
madaniyati darajasining jiddiy muammosini hal qilishni talab qildi.
Zamonaviy jamiyatlardagi huquqiy ong o'ta xilma-xil, ziddiyatli va asosan
deformatsiyalangan holatda namoyon bo’ldi. Yuridik nigilizm, qonun va qonunlarga
nisbatan hurmatsizlik munosabati rivojlanib jamiyatning ijtimoiy munosabatlariga
sezilarli ta’sir ham qildi. Jinoyatchilik va boshqa noqonuniy harakatlar ko'paygan.
Huquqiy ongning bu holatga kelishiga esa jamiyatning inqiroz holatida, fuqarolarning
siyosiy, huquqiy va axloqiy madaniyatining pastligi, huquqni muhofaza qilish
organlarining samarasiz ishlari sabab bo’ldi.
Taniqli faylasuf F. Engels millatni buzishning ikki yo'li bor, deb yozgan edi:
aybsizlarni jazolash va aybdorlarni jazolamaslik. Afsuski, o’sha davrda bu ikki
holatning ham birga kuzatilishi ro’y berdi. Odamlar jinoyat borligini ko'rsalar-da,
jazo yo'q, yoki aksincha, jazo mavjud, ammo jinoyat yo'q, demak, ularning huquqiy
ongi jiddiy deformatsiyaga uchragan, ular qonun, kuch, adolatga ishonishni
to'xtatganlar.
Huquqiy ong jamiyatning huquqiy hayotini takomillashtirish va rivojlantirishda
muhim rol o'ynaydi. Bu esa huquqiy davlatni yaratishda zarur omil hisoblanadi.
Darhaqiqat, huquqiy normalarda ifodalanishidan oldin, qonun ijodkorligi organlari
faoliyatining natijalari, odamlarning ma'lum manfaatlari va ehtiyojlari huquqiy
normalarni yaratuvchi shaxslarning irodasi va ongidan o'tadi. Shuning uchun huquqiy
normalarning sifati, ularning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlariga muvofiqligi huquqiy
g'oyalar va huquqiy normalarni yaratuvchilarning huquqiy ongi darajasi bilan uzviy
bog'liqdir.
Muallifning fikriga ko'ra, huquqiy ong huquqiy normalarni aniq va to'liq amalga
oshirishning muhim va zaruriy shartidir. Fuqarolik jamiyati a’zolarining huquqiy
ongi darajasi qanchalik baland bo'lsa, huquqiy normalar ko'rsatmalari shunchalik aniq
bajariladi. Rivojlangan huquqiy ong qonun talablarini ixtiyoriy ravishda amalga
oshirilishini, ularning to'g'riligi va asosliligini tushunishini ta'minlaydi. Bu odamlarda
qonun va tartibni buzilishiga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otadi. Ya'ni huquqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |