2. Qonuniylik va huquqiy tartibot kafolatlari va ularning ta’minlash usullari.
Jamiyatda qonunlar bilan kishilar O’zbekiston Respublikasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinib qonunlar hayotda to’g’ri qo’llaish uchun qonuniylikni tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. Bunday usullar davlat tomonidan belgilangan bo’lib, qonuniylikni kafolati deb ataladi.
Qonuniylikni amalga oshirish kafolati quyidagiarldan iborat;
Iqtisodiy kafolat. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 53-moddasiga asosan jamiyatning iqtisodiy negizini bozor iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilga turli hil shakllardagi mulk tashkil qiladi. Davlat istemolchilarining huquq ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirorlik va mehnat q’ilish erkinligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat q’ilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqligini muhofaza qiladi.
O’zbekistonda hususiy mulk va boshqa mulk shakllarining hilma-hilligi, halkning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirishga hizmat qiladi. Bu esa fuqarolarning mehnat q’ilish huquqi, karigan chogida kasal bo’lmaganida, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo’qotganida va boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqi uchun moddiy negiz yaratadi.
Siyosiy kafolat. Bu O’zbekiston Respublikasining demokratik huquqiy davlat ko’rishidan, huquqiy davlat esa umuminsoniy va milliy qadriyatlarga amal q’ilishlik, uning siyosiy tizimidan, shuningdek, davlat va jamiyat birlashmalarini boshqarishda keng halk ommasining ishtirok etishini ta’minlaydi.
Mafko’raviy kafolat. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafko’ralar va fikrlarni hilma-hilligi asosida rivojlanadi. Hech kasi mafko’ra davlat mafko’rasi sifatida urnatilishi mumkin emas. Bu hol siyosiy mafko’ra ishidan holi bo’lib, barcha fuqarolrni qonunlarni hurmat q’ilish va qonunlarga ogishmay himoya etish ruhida tarbiyalaydi.
Huquqiy kafolat. Qonuniylikni amalga oshirish uchun barcha huquqiy normalarni bajarish, ular bo’zilgan holatlarini aniqlab olish usullari, , qonun bo’zilishini oldini olish, qonunni bo’zgan kishilarga nisbatdan turli jazo choralari; intizomiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoiy choralar ko’rishdan iborat.
Jamoatchilik kafolatlari. Qonuniylik va huquqiy tartibotni mustahkamlash faqat davlat organlarining ishi bo’lmasdan, bu barcha jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, hotin-kizlar, fahriylar va yoshlar tashkilotlari, ijtimoiy uyushmalar, omaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalrining vazifasidir.
Bu kafolatlar O’zbekistonda barcha halkning qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlariga amal qilib, qonuniylikka rioya q’ilishni va ularni huquqiy jihatidan tarbiyalab, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantiradi.
O’zbekiston Rnspublikasida qonuniylik va huquqiy tartibotni bo’zgan kishilarga nisbatan mahsus usullar qo’llainiadi. Bu ishontirish va majbur q’ilish usullaridir. Ishontirish usuli keng halk ommasiga qonunlarni va huquqiy normalarni tushuntirish orqali, bularning ular ongining yetkazish yo’li bilan va boshqa tarbiyaviy choralar ko’rish yo’li bilan amalga oshiriladi. Majbur q’ilish usulida qonunlar va boshqa huquqiy normalar bo’zilgan holdadavlat organlari tomonidan uning kuchi bilan majburiy choralar ko’rish yo’li bilan majbur etish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |