Huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy ta`limning o`rni



Download 45 Kb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi45 Kb.
#218629
1   2   3   4   5
Bog'liq
Huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy ta

Beshinchidan, huquq normalari – ma’lum qoidani o’rnatib, shaxsning fe’l-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi. Huquqning tartibga solish ta’siri, uning shaxs ongiga ta’sirida namoyon bo’ladi. Huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglanadi, tushuniladi va o’zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatini belgilovchi taassurot va ishonchning murakkab bilimlar birikmasiga aylanadi. Bu shaxs huquqiy ongini shakllantirishda yangi usul va vositalarni tadqiq etishni taqozo etadi.

Oltinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o’rganish, ya’ni konstitutsiyaviy savodxonlik shaxs huquqiy ongini shakllantirishda muhim omil ekanligi sababli ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo’llarini tizimiy o’rganishni talab etadi4.

Aynan shuning uchun ham shaxs huquqiy ongini shakllantirish orqali mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va islohotlarni to’g’ri anglash, ularga moslashishga erishiladi.

Yuridik va noyuridik o’quv yurtlarida ta’lim beruvchilar oliy o’quv yurtlarining davlat ta’lim standartlari doirasida huquqshunoslik fanlariga doir tushunchalarni egallaydilar. Ular har bir mavzuni bayon etishda (masalan, davlat va huquqning paydo bo’lishi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy printsiplari, majburiyatlar, nikohni tuzish tartibi, mehnat shartnomasi, yerdan foydalanish huquqi, jinoyatda ishtirokchilik, voyaga yetmaganlarni so’roq qilish, xalqaro huquq manbalari, ma’muriy huquqbuzarlik va h.k.mavzularni) nazariy bilimlar bilan bir qatorda pedagogik mahoratga ham ega bo’lishlari shaxs huquqiy ongini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi.

Noyuridik o’quv yurtlarida ta’lim beruvchi huquqshunos – pedagoglar

oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori5da berilgan bilim sohalari (8ta) bo’yicha huquqshunoslik fanlarini o’qitadilar. Ular quyidagilardan iborat:


  • ta’lim;

  • gumanitar fanlar va san’at;

  • ijtimoiy fanlar, biznes va huquq;

  • fan;

  • muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari;

  • qishloq va suv xo’jaligi;

  • sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to’g’risida”gi 296-sonli qarorida (1994 yil, 13 iyunь) huquqshunos – pedagoglarni tayyorlash uchun huquqiy pedagogika hamda “Davlat va huquq” mutaxassisligi o’qituvchilarini qayta tayyorlash bo’yicha malaka oshirish fakulьtetlari tashkil etilgan. Lekin oliy ta’lim muassasalarining huquqshunos – pedagoglari respublika oliy pedagogika institutida malaka oshiradilar.

  • O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan qator ijobiy o’zgarishlarga qaramasdan, ta’limning sifat samaradorligi rivojlanishini yanada jadallashtirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish bugungi kunda eng dolzarb masala hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlarni va o’qitishning yangi shakl, noan’anaviy uslublari orqali ularning bilish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni tizimini takomillashtirish va sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirish zarurati mavjud. Aynan mana shular uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan takomillashtirishni, ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko’tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko’rishni taqozo qiladi. Ta’limning ustuvor vazifalaridan biri bu – ta’lim oluvchi ongu shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, jamiyatda o’z o’rnini topishi uchun amaliy - hayotiy ko’nikmalarni shakllantirish hamda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishiga zamin hozirlashdir.

  • Huquqiy ta’lim shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik printsiplar va normalarni anglab yetishga yo’naltiradi.

Huquqshunoslik pedagogikasi huquqiy ta’limning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan ta’lim oluvchilarni qurollantiruvchi fanning bir tarmog’i bo’lib, huquqiy ta’lim qanday amalga oshirilmasin, avvalo, shaxs ongiga qaratilgan bo’ladi, u orqali fe’l-atvorga uni tartibga solish ma’nosida ta’sir ko’rsatadi.

Taklif etilayotgan huquqshunoslik pedagogikasining asosiy yo’nalishi ikkiga bo’linadi.

Birinchi yo’nalish – huquqshunoslik pedagogikasi nazariyasi bo’lib, huquqiy pedagogik jarayon qonuniyatlarini tadqiq etish yo’li bilan g’oyalar, ta’riflar, qoi-dalar, shart-sharoitlar tarzida ifodalanadi.

Ikkinchi yo’nalish – huquqshunoslik pedagogikasi amaliyoti bo’lib, o’qi-tuvchilar, tarbiyachilar pedagogik faoliyatida shakllangan ko’nikma va malakalar yig’indisini ifodalaydi. Huquqshunoslik pedagogikasi nazariyasi va huquqshunoslik pedagogikasi amaliyoti o’zaro birlashib huquqshunoslik pedagogikasining taraqqiyoti¬ni amalga oshiradi. Huquqiy ta’lim bilim beruvchi uchun tafakkur faoliyati hamdir. U o’zini qurshab turgan olamni bilishni va ta’lim berish faoliyatini chuqurlashtiradi. U ta’limda yangi mazmun va metodlarni izlaydi. Ta’lim bilim oluvchi uchun ham, bilim beruvchi uchun ham o’zini qurshab turgan olamni bilishning bir turi hisoblanadi. Bilish haqida, uning bosqichlari haqida keyinroq to’xtalamiz.

Huquqiy ta’lim jarayoni quyidagi elementlardan iborat:

- bilim berish;

- kamolga yetkazish;

- tarbiyalash.

SHunday qilib, huquqiy ta’lim shaxs harakatlari muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirib olishga qaratilgan ongli maqsad bilan boshqariladigan jarayondir.

Huquqiy ta’lim jarayonida shaxs tafakkur qilarkan, bu bilan u qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlarga duch keladi. Bu xususiyatlar haqida u tasavvurga ega bo’lsagina, tushunchalar hosil bo’ladi. Huquqiy tasavvur va huquqiy tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. O’quvchilarda to’liq va aniq tasavvurlar mavjud bo’lgandagina, tushunchalar hosil bo’la oladi. Huquqiy tasavvurlarni shakllantirishda idrok etish qobiliyati muhimdir. Hodisa va voqealarning kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi. Voqeani ongli idrok etish unga fikran nom berishdir.

Huquqiy ta’limning tarbiyaviy tamoyilining ham o’ziga xos o’rni bor. Bunda inson shaxsida umumiy insoniy fazilatlar (yoqimlilik, barkamollik, so’zga chechanlik, hurmatga sazovorlik, jiddiylik, ziyolilik, oddiylik), axloqiy xislatlar (odamiylik, jonkuyarlik, rahmdillik, olijanoblik, xushmuomalalik, andishalilik kabi) va ular vatanparvarlik, ongli intizomlilik, qonunga rioya etish ruhida tarbiyalanadilar. Huquqiy ta’lim jarayonida muayyan mavzuni davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishi bilan, erishilgan yutuqlar bilan bog’lab olib borish yaxshi natijalar bermoqda. Masalan, huquqiy ta’lim davlatimizda ro’y berayotgan islohotlarni bayon etish, xalq hokimiyatchiligining ahamiyati, siyosiy o’zgarishlar, hozirgi zamon fani va texnikasi, umuminsoniy qadriyatlar va milliy qadriyatlarga asoslanishi bilan olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.


1 Qarang: Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. - 176 b.

2 Karimov I. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. – T.: O’zbekiston, 1998. T.6. - B. 26.

3Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1997. 9 – son, 227 - modda.

4 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Конституциясини ўрганишни ташкил этиш тўғрисида”ги 2001 йил 4 январдаги Фармойиши // Халқ сўзи. – 2001. 5 январь.

5 O’zbekiston Davlat standarti. Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. – T.: 2009. – 54 b.

Izoh: Oliy ta’lim bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifikatori O’zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimining (KTYaT) tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida”gi 5-con qaroriga ko’ra ishlab chiqilgan. Klassifikator «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan tuzilgan.

Klassifikator YUNESKO tomonidan 1997 yil mart oyida qabul qilingan ta’limning xalqaro standarti klassifikatsiyasi (TXSK) printsiplari asosida tuzilgan. Klassifikator - oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro’yxati hisoblanadi.



Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish