Savol-topshiriq: Sizning ayblov nutqingizda hodisaning jinoiy, huquqiy tomonlaridan tashqari yana qanday jihatlari, u keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan salbiy taassurotlari o’rin olishi lozim, deb hisoblaysiz? Ayni jihatlarni aniqlab, ularni ta’sirli bayon etishga harakat qiling.
KAZUS
Texnik va aniq fanlardan farqli o’laroq, ijtimoiy fanlar, xususan, huquqshunoslikda aksariyat hollarda mantiqiy savol va muammoli savol (kazus) bitta, yakkayu yagona to’g’ri javobga ega bo’lmasligi mumkin. Huquqshunoslik sohasidagi savollar ko’proq “provokatsion” xarakterda bo’lishi va talabani o’yga toldirishi, savolning o’zi imtihon topshiruvchi bilan polemikaga – munozaraga kirishishi kerak, degan tushuncha mavjud va u, darhaqiqat, to’g’ri tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |