Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:
Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo‘lgan barcha kishilar: ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyat idoralari barchasi huquqqa bo‘ysunadilar;
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak;
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish va ta’minlash. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilganidan tegishli bo‘lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlikka, daxlsizlikka, xavfsizlikka ega bo‘lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari to‘g‘risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |