Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflash mumkin:
birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar:
a) xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlari;
b) shirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari;
v) ijara asosida ishlovchi jamoalar;
g) hissadorlik jamiyatlari;
d) moliyaviy jamg‘arma hamda uyushmalar;
ye) ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalari;
j) tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va h.k.;
ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar:
oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;
ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalari);
jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |