27
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
27
27
ichki funksiyalarini amalga oshirish borasida bajariladigan vazifalarni
turlarga ajratib, batafsilroq o‘rganamiz. Bunda biz davlat vazifalarini ijobiy,
adolatli davlat misolida ko‘rib chiqamiz. Lekin aslida, barcha davrlardagi
davlatlar ham shunday - adolatli, xalqparvar bo‘lavermaganligini ham
e’tibordan qochirmaslik kerak. Davlatning ichki funksi ya la ri ga oid vazifalar
quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy vazifalar:
♦
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazish;
♦
Iqtisodiyotning davlat sektori (zavod-fabrikalar, elektrostansiyalar,
konlar)ni boshqarish;
♦
Bozor munosabatlarining huquqiy asoslari va narx siyosatini yo‘lga
qo‘yish.
Ijtimoiy vazifalar:
♦
Aholining yordamga muhtoj qismini himoyalash;
♦
Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash;
♦
Aholini ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |