108
Huquq manbai
davlat irodasini muayyan huquqiy-normativ hujjatlar,
qonun normalarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik
fanida huquq manbalarining quyidagi to‘rt shakli e’tirof qilingan:
Huquqiy odat
— bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi,
doimiy takrorlanishi natijasida jamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor
normasiga aylangan va keyinchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga
aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai hisoblangan.
Hozirgi paytda ham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: