O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
davlat hokimiyatining
tash kil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, insonlar
va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya
amal dagi qonunlar uchun yuridik asosdir. Konstitutsiya qoidalari boshqa
nor mativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi. Shuni ham aytib
o‘tish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi
tar kibida o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lib, uning qoidalari O‘zbekiston
Kons titutsiyasiga zid kelmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |