Huquq va deontologiya asoslari


Shifokorlik amaliyotida baxtsiz hodisalar



Download 0,83 Mb.
bet11/12
Sana08.09.2017
Hajmi0,83 Mb.
#20332
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Shifokorlik amaliyotida baxtsiz hodisalar

Ayrim hollarda bemorga o'z vaqtida to’g’ri tashxis qo'yilganida va kerakli davolanganida ham tibbiy yordamning oqibati nohush bo'lishi mumkin. Bunday holatga tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar deyiladi.

Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalarga shunday holatlar kiradiki, bunda diagnostik yoki davolash muolajalarining nohush oqibatlari hozirgi zamon fanining yangi yutuqlarini qo'llaganda ham qilingan harakatning negativ oqibatini ob’yektiv holda ko'ra bilmaslik, shunday ekan, uni oldini olishni imkoniyati yo'qligi tushuniladi.

Bunday hollarda tibbiy yordamning nohush oqibati qandaydir kishining xatosiga bog’liq bo'lmay, balki ular tasodifiy hodisalar bilan bog’liq bo'lib, uni shifokor oldini ola bilmaydi. Shunday ekan, bunday hollarda shifokorning harakatida hech bir jinoyat belgilari kuzatilmaydi.

Tibbiyot amaliyotidagi baxtsiz hodisalarning tipik turiga qo'yidagilar kiradi:

1) ayrim dorivor moddalarni bir marta yuborilganda ham ko'taraolmaslikdan (masalan, antibiotiklar va sul’fanilamidlar) anafilaktik shokdan to'satdan o'lim sodir bo'lishligi misol bo'ladi;

2) metalloosteosintez operatsiya paytida bemorni yog’ emboliyasidan o'limi;

3) ko'rsatmasi to’g’ri bo'lgan va to’g’ri bajarilgan operatsiyada narkoz paytida bemorni operatsiya stolida o'limi;

4) operatsiyadan ko'p kun o'tgach va bemor kasalxonadan chiqarilgandan keyin operatsion chandiqning yirtilishidan o'lim;

5) operatsiya vaqtida bemorni yuragini to'xtab qolishi va boshqalar.

Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalarni shifokorlarning xatosidan farqi shundaki, baxtsiz hodisalarni xatto shifokorni o'z kasbiga sidqidildan yondashib adashganida ham ko'rishni imkoniyati bo'lmaydi.

Shuning uchun ham tibbiyot hodimlarining amaliy faoliyatida baxtsiz hodisalar sodir bo'lganida ularning ustidan jinoiy ish qo'zg’atilmaydi va ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar.

Bunday baxtsiz hodisaga misol keltiramiz.

P. ismli 30 yoshlik fuqaro kasalxonaning xirurgiya bo'limiga “o'tkir appenditsit” tashxisi bilan kasallikning 2-kuni keltiriladi. Klinik kuzatish va kerakli laboratoriya tekshiruvidan keyin 12 soat vaqt o'tgach, bemorning umumiy ahvoli qoniqarli holda laparotomiya operatsiyasi o'tkazilib, yiringlab ketgan chuvalchangsimon o'simta olib tashlanadi. Kuchli hayajonlangan bemorda operatsiyani (fentanil-teopental ditinil narkozi) umumiy vena ichi anesteziyasi orqali amalga oshiriladi.

Operatsiya jarayoni 40 minut davom etadi. Narkozdan keyin bemor hushiga kelgach bir necha so'z aytadi va juda tezlikda hushini yo'qotib, pul’si yo'qoladi. Tezlikda aktiv reanimatsion muolajalar o'tkaziladi va bu 20 soat davom etadi. Biroq bu foyda bermasdan bemor o'ladi.

Aniqlanishicha, operatsiyadan bir yil oldin P. ismli fuqaro bosh miyaning lat yeyishi shaklida og’ir kalla miya jarohatlanishi o'tkazgan va operatsiya yo'li bilan subdural gemotoma olib tashlanganligi ma'lum bo'ladi. Jarohatlanishdan keyin unda yuqorida keltirilgan emotsional beqarorlik rivojlanganligi ko’zga tashlanadi.

Murdani kesib ko'rilgach va gistologik tekshiruv o'tkazilganda uning bosh miyasida anoksiyadan keyingi entsefalopatiya tufayli nafas olishning to'xtalishi, shuningdek qon aylanishning chuqur buzilishi: stazdan oldingi holat, stazlar, qon quyilishi, miya shishi tufayli va boshqa miyaning siljishi natijasida ensa teshigiga miyachaning bodomcha qismini siqilib qolishi, hujayralarning kuchli distrofik o'zgarishlari va nekroz, kamqonlik kuzatiladi.

Sud tibbiyot ekspertizasi komissiyasining ko'rsatishicha, yuqorida keltirilgan anchagina o'zgarishlar bosh miyada jarohatlanishi xarakteriga ega bo'lib, P. ismli fuqaroni vena ichi orqali o'tkazilgan narkoz tufayli sezuvchanligini oshib ketishidan depressiya holati yuzaga kelib, nafas olishning to'xtashidan o'lim sodir bo'lganligini tasdiqlaydi.

Yuqorida keltirilgan kuzatishlarni “tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar” kategoriyasiga kiritishda shuni unutmaslik zarurki, bemordan kasalxonaga tushgunicha bir yil avval og’ir kalla-miya jarohatlanishi haqidagi ma'lumotni olinishi va operativ usul bilan bosh miyadan gematomani olib tashlanishida shifokor-xirurg va anesteziologlar yuqoridagilarni narkoz uchun noqulay fon ekanligini tasavvur qilishlari lozim edi.

Nazorat savollari:

1. Shifokorlarni xatosi deganda nimani tushunasiz?

2. Shifokorlar xatosining sabablarini ko'rsating.

3. Shifokorlarni xatosi qaysi guruhlarga bo'linadi?

4. Shifokorlarning xatosi qaysi kategoriyaga kiradi?

5. Diagnostik xatoliklar qanday xarakterlanadi?

6. Tibbiy yordamni tashkil qilishda qanday xatoliklarga yo'l qo'yilishi mumkin?

7. Davolash usullarini tanlash va davolash o'tkazishdagi xatoliklar deganda nimani tushunasiz?

8. Tibbiyot hodimlari hulqining deontologik asoslarini ko'rsating.

9. Tibbiyot hujjatlarini to'lg’azishda shifokorlar qanday xatoliklarga yo'l qo’yishlari mumkin?

10. Tibbiyot amaliyotidagi baxtsiz hodisalarning tipik turiga nimalar kiradi?

11. Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar deganda nimani tushunasiz?

12. Tibbiyot amaliyotida baxtsiz hodisalar jinoyatning qaysi turiga kiradi?

VII - BOB. TIBBIYOT HUJJATLARINING DAVOLASH-DIAGNOSTIK, ILMIY AMALIY, TARBIYAVIY VA YURIDIK AHAMIYATI

Davolash-profilaktika muassasalari faoliyatida hamda fuqarolar va alohida guruh aholisining sog’lig’ini saqlashni belgilovchi ma'lumotlarni o'zida mujassamlantiruvchi, yozilishi va tahlil qilinishi uchun mo'ljallangan hisob-kitob hujjatlari yig’indisiga tibbiyot hujjatlari deyiladi.

Mamlakatimizda tibbiyot hujjatlari sog’liqni saqlash muassasalari faoliyatida diagnostik, davolash va profilaktika chora tadbirlarini ta'minlovchi birdan bir universal hujjat hisoblanadi.

Tibbiyot hujjatlariga birlamchi hisob (kasallik tarixi, bemorning individual ambulatoriya kartasi, ishga yaroqsizlik varaqasi, chaqaloqlarning rivojlanish tarixi va boshqalar) hujjatlari kiradi. Hisobot hujjatlariga profilaktika emlash kartalari, poliklinikada almashinuv kartalari, tez tibbiy yordam habarlari kartalari va boshqalar kiradi.

Butun mamlakatimiz bo'ylab tibbiyot hujjatlarining shakli bir xildir. Ularning har birini tartib nomeri bo'lib, bu sog’liqni saqlash vazirligining qoidalariga kiritilgan.

Barcha birlamchi hisob hujjatlari ichida eng muhimi kasallik tarixi, agar bemor ambulatoriyada davolangan bo'lsa, bemorning individual ambulatoriya kartasidir). Kasallik tarixi kasalxonada davolanuvchi bemorning holatini kuzatish natijalarini yozilishiga mo'ljallangan hujjatdir. Bunday yozuvlarga diagnostik tekshiruv natijalari va tashxis, davolash muolajalari, kasallikning o'tishi va oqibatlari kiradi.

Kasallik tarixi bemor kasalxonadan chiqarilgandan keyingi shifokor tomonidan qilinadigan ishlar, bemorning ish faoliyati va sog’lig’ini saqlash masalalarini amalga oshirishga yordamlashuvchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Agar kasallikning oqibati o'lim bilan tugagan taqdirda kasallik tarixida murdani patologoanatomik yoki sud tibbiyoti ekspertizasi tekshiruvidan o'tkazish natijalari yoziladi.

Kasallik tarixini tuzilish tarkibini birinchi marta buyuk rus terapevti M.YA.Mudrov tomonidan taklif qilingan. U birinchilardan bo'lib anamnez haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Klinik amaliyotiga pal’patsiya, perkussiya va auskul’tatsiya usullarini taklif qildi. Klinik amaliyotiga laboratoriya tekshiruv usullarini ham kiritdi. Kasallik tarixini hozirgi davrga kirguniga qadar rus olimlaridan G.A.Zahar’in, A.A.Ostroumov, S.P.Botkin, M.V.Chernorutskiylar bemorlarni ilmiy asoslangan klinik tekshirish sistemasining tuzilishi, epiopatogenetik asoslangan tashxis qo’yish hamda davolashning barcha usullaridan foydalanishda ko'rsatgan amaliy maslahatlari qimmatlidir.

Kasallik tarixi muhim davolash-diagnostik, ilmiy-amaliy, tarbiyaviy va yuridik ahamiyatga egadir.

Tibbiyot tarixidagi diagnostik va davolash muolajalari o'tkazilganligi to’g’risidagi yozuvlarning muhim davolash-diagnostik ahamiyatga egaligini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda tashxis qo’yishda va davolashda ham bir necha shifokorning qatnashuvi ko'zga tashlanadi. Bunday hollarda kasallik tarixidagi yozuvlar ko'pgina shifokorlarning bemorni birgalikda diagnostika va davolash jarayonlarida qilgan harakatlarini ko'rsatadi.

Kasallik tarixi har xil kasalliklarning tarqalishi va sharoitlari, klinik o'tishi hamda oqibatlari to’g’risida ilmiy axborot beruvchi eng muhim hujjat bo'lib, katta ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. Ko'pgina kasallik tarixining tahlili kasalliklarni ratsional davolash va profilaktika ishlari hamda aniq tashxis tadbirlarini ishlab chiqishda yordamlashadi. Hozirgi davrda har xil kasalliklarning klinik ko'rinishlari to’g’risidagi aniqlangan yozuv usullari tashxisda kibernetika usullarini qo'llash, havfli faktorlarni aniqlash, u yoki bu davolash, shuningdek operativ usuliga ko'rsatmani belgilash va kasalliklarni oqibatini aniqlashda qo'llaniladi.

Kasallik tarixining tarbiyaviy ahamiyati juda muhimdir, chunki qo'lida kasallik tarixini tutgan shifokor bemorni sinchiklab o'rganish orqali haqiqiy shifokor sifatida shakllanadi.

Tibbiyot instituti talabalari va yosh shifokorlarga kasallik tarixini tuzish va to'lg’azishda to’g’ri fikrlarni shakllantirishda pedagoglar va hurmatli ustozlar ularda kasallik belgilariga to’g’ri baho berishi va tashxis qo’yish, davolash usullarini aniqlash, bemorning sog’lig’i va hayotini saqlab qolishda javobgarlik hissini paydo bo'lishi kabi tarbiyaviy maslahatlari bilan yordamlashadilar.

U yoki bu davolash muassasasida to'lg’azilgan kasallik tarixi shu tashkilotning ob’yektiv “yuzini” belgilaydi va unda olib borilgan davolash-diagnostik ishlarining darajasini ko'rsatadi. Har bir kasalxona yoki poliklinikaga vaqti vaqti bilan yangi yosh shifokorlar keladi. Ularni shakllanuvi va shifokor sifatida mutaxassis bo'lib yetishuvida jamoaning o'rni kattadir. U tashkilotda tibbiyot hujjatlari bilan ishlashga qanday e'tibor qaratilgan bo'lsa, shifokorni tarbiyalash ham shunga bog’liqdir.

Kasallik tarixi ko'pincha yuridik hujjat bo'lganligi uchun ham muhim yuridik ahamiyatga hisoblanadi. Kasallik tarixi tibbiyot hujjati sifati, istagan paytda u sud jarayonida muhokamaga sababchi bo'lishi mumkin.

Rus tilida hujjat - (dokument) isbotlash usuli deb tarjima qilinadi.

Jinoiy ishi bo'yicha isbotlash bor ma'lumotlar hisoblanilib, bular ma'lum qonun asosida surishtiruv organlari, tergovchi va sud, fuqaroning javobgarligi, jamiyat uchun havfli harakatlarning bor yoki yo'qligi hamda ishni to’g’ri ochilishidagi hislatlarni belgilaydi.

Bunday ma'lumotlar guvohlar, jabrlanuvchi, ekspert hulosasi, ashyoviy dalillar, tekshiruv va sud harakatlari bayonlari hamda boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Mamlakatimizda tibbiy yordam ko'rsatish davolash - profilaktika muassasalari, uning hodimlari - shifokorlar hamda o'rta tibbiyot hodimlarining qonun bilan belgilangan yuridik burchlari bo'lib, bu bemorning ushbu yordamni olish haqidagi konstitutsion huquqining bajarilishidir. Kasallik tarixida (bemorning kasalxonada yotish kartasi, individual ambulatoriya kartasi) tibbiyot hodimlarining bemorga davolash-diagnostika yordami ko'rsatishlari bayonlashtiriladi. Shuning uchun ham kasallik tarixiga qarab, barcha davolash-diagnostika muolajalarining to’g’riligi, o'z vaqtida o'tkazilganligi va kerakliligini baholash mumkin. Mana shular, kasallik tarixining yuridik ahamiyatini ko'rsatadi.

Shunday qilib, kasallik tarixini (shuningdek boshqa tibbiyot hujjatlarini) to'lg’azishda bemorning ahvoli va unga tayinlangan davolash ishlarini yozishda shifokor doimo o'zi to'lg’azadigan hujjatni huquqiy ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi zarur, chunki undagi yozuvlar, ayniqsa, jarohatlanishlarga aloqasi bo'lsa, qidiruv ishlarida muhim qiziqish tug’diradi. Shuning uchun ham bunday yozuvlarni axborot manbai sifatida aniq va to’liq izohlanishi talab qilinadi. Bizga ma'lumki, kasallik tarixi to’liq va ob’yektiv bo'lsa, bunda jinoyatga aloqador ma'lumotlarni aniqlash anchagina osondir.

Kasallik tarixida bemorni (jabrlanuvchini) kasalxonaga kelgan vaqti aniq ko'rsatiladi. Uni kuzatuvchi kishilar yordamida jarohatlanishning joyi, vaqti, holati, sharoiti va sabablari ko'rsatiladi. Bundan tashqari, jinoyatni qidirishda kerak bo'lgan ma'lumotlarni tez yordam mashinasi orqali jabrlanuvchini kasalxonaga keltirilganligini ko'rsatuvchi kuzatuv hujjatlaridan ham olinishi mumkin.

Kasallik tarixida jarohatlanishga aloqador barcha ma'lumotlarni yozilishi fuqarolar sog’lig’ini saqlash hamda hayotiga qarshi jinoyatlarni ochishda ham muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Jabrlanuvchidan topilgan ob’yektiv o'zgarishlar xarakterini bilish davolovchi shifokor uchun tashxis qo’yish va ratsional davolash usulini belgilashda muhim asos bo'ladi.

Davolovchi shifokor, jarohatlanishni tekshirish paytida uning morfologik ko'rinishlarini aniqlaydi: tirnalishlar, qontalashlar, yaralar, chiqishlar, suyaklarning sinishlari va boshqalar; jarohatlanish xossalarini tahlil qilib, uni o'tmas yoki o'tkir vositalar, o'qotar qurollari va boshqalar tomonidan sodir bo'lganligi haqidagi masala yechiladi. Barcha ob’yektiv ma'lumotlar kasallik tarixida ko'rsatilishi zarur. Bunday hollarda jarohatlanish hususiyatlarini yozilishiga alohida e'tibor berilishi talab qilinadi (masalan, to’g’ri chiziqli, uzunligi 3smli chetlari to’g’ri, uchlari o'tkir burchakli, yumshoq to'qimalarga qon quyilganligi ko'rsatiladi va “kesilgan yara” deb tashxis qo'yiladi). Har bir topilgan jarohatlanishda uning o'lchami, morfologik hususiyatlari, aniq joylashgan joyi (anatomik nuqta va chiziqlari, transport va o'qotar qurollari bilan jarohatlanganda jarohatning oyog’ini tagidan to yuqorigacha joylashgan masofani aniqlash talab qilinadi).

Kasallik tarixidagi jarohatlanishlar haqidagi ma'lumotlar asosiy hujjat manbai bo'lib, shifokorlar muolajasidan keyin jarohatning dastlabki ko'rinishi o'zgaradi va shuning uchun ham bunday ma'lumotlarni kasallik tarixida o'z vaqtida ko'rsatilishi maqsadga muvofiqdir.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 69 moddasida tan jarohatlari xarakterini aniqlash uchun sud tibbiyoti ekspertizasi o'tkazilishi shartligi ko'rsatilgan. Biroq sud tibbiyoti eksperti kamdan kam hollarda jarohatlanishdan keyin jabrlanuvchini birdaniga ko'zdan kechirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ko’pchilik hollarda bir necha kundan so'ng jarohatlanuvchini ko'zdan kechirishga to’g’ri keladi. Bu davrda vaqt o'tishi va davolash tufayli jarohatning harakteri ancha o'zgaradi. Shuning uchun ham ekspert hulosasida tergov organlarini qiziqtiruvchi savollar, hususan jarohatlanish harakteri, uning sodir bo'lish mehanizmi, jarohatlovchi sabablar, og’irlik darajasi, jarohatlanish muddati va boshqalar kasallik tarixidagi ma'lumotlarga asoslanadi. Agar bu ma'lumotlar yetarli bo'lmasa yoki jarohatlanish yaxshi yozilmagan bo'lsa, ekspert o'zining oldiga qo'yilgan savollarga javob bera olmasligi yoki noto’g’ri hulosaga kelishi mumkin.

Jarohat ekspertizasida albatta jarohatning og’irlik darajasi haqidagi masala yechilishi zarur. Bunda jarohatlanish 3 turga: og’ir, o'rtacha og’irlikdagi va yengil tan jarohatlariga bo'linadi. Yengil tan jarohatlariga esa o'z navbatida sog’lig’ini qisqa muddatli yo'qotilishi yoki ish qobiliyatini biroz yo'qotilishi, yoki sog’lig’ini va ish qobiliyatini yo'qotilmasligi kiradi.

Og’ir tan jarohatining eng muhim mezonlaridan biri uning hayot uchun havfliligidir.

Jarohatlanishning hayot uchun havfliligi ekspert tomonidan aniqlaniladi. Bu kasallik tarixidagi jarohatning klinik belgilari va asorati, jarohatlanishning umumiy holati og’irligi tufayli qo'yilgan tashxis haqidagi yozuvlarga asosan belgilanadi. Kasallik tarixida asosiy masala tashxisga qaratilgan.

Tashxis bu grekcha diagnosis - aniqlash degan ma'noni bildirib, kasallik yoki jarohatlanish oqibatida (etiologik, patogenetik, klinik va morfologik ko'rinishlari) hozirgi zamon fani olimlarining qarashlari bilan ifodalanuvchi shifokorning qisqacha hulosasi hisoblanadi.

Davolovchi shifokor tomonidan kasallik tarixida qo'yiluvchi tashxis bemorni klinik, instrumental, laboratoriya tekshiruvlari yakuni bo'lib, faqatgina bemorni davolash usullari va taktikasini aniqlabgina qolmasdan, balki ko'p darajada jabrlanuvchida bo'lgan jarohatlanish xarakteri va darajasi haqida sud tibbiyoti ekspertining hulosasini ham belgilaydi. Tashxis kasallik tarixida yozilgan ob’yektiv ma'lumotlarga asoslanishi zarur.

Agar jabrlanuvchi unga yetkazilgan jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan bo'lsa, sud tibbiyoti ekspertizasi uchun eng muhimi kasallik tarixida jarohatlanishning turi (masalan, “yopiq kalla-miya jarohatlanishi”), uning xarakteri va hususiyatlari (masalan, “sanchib kesuvchi vositasi yordamida qorinning oldingi devori jarohatlanishi tufayli ingichka ichak devoriga kirishi”) tashxisida faqatgina asosiy jarohatlanish ko'rsatilibgina qolmasdan, balki boshqalari (tirnalishlar, qontalashlar va boshqalar) ham ko'rsatiladi. Agar shok rivojlanadigan bo'lsa, uning darajasi ko'rsatilishi zarur. Agar qon ketish bo'lsa, unga tushuncha beriladi.

Kasallik tarixida tashxisni to'lg’azish tartibi quyidagicha belgilangan:

- kasalxonaga jo'natishda qo'yilgan tashxis;

- kasalxonaga yotqizishdagi tashxis;

- dastlabki klinik tashxis;

- yakuniy klinik tashxis;

Ayrim hollarda kasallikka yoki jarohatlanishga tashxis qo’yishda tahlili bo'lmasa, ammo bemor hushsiz holatda bo'lgan va kasallikning klinik belgilari noaniq bo'lgan taqdirda yuqoridagilarga amal qilish bilan bog’liq bo'ladi. Kasallik tarixidagi tashxisga aloqador barcha bo'limlarni to'lg’azilishi shart.

Kasallik tarixidagi tugallangan klinik tashxis har doim ham to’g’ri qo'yilmasligi mumkin. Davolash - nazorat komissiyasi, patologoanatomlar va sud tibbiyoti ekspertlari tomonidan ayrim hollarda noto’g’ri qo'yilgan tashxis aniqlanmagan asorati va yo'ldosh kasalliklari ko'zga tashlanadi. Shuningdek, isbotlanmagan tashxis, uni tuzish va shakllanuvida yo'l qo'yilgan xato, kamchiliklar (masalan, asosiy kasallik o'rniga uning asorati va ko'rinishi, qon ketish) aniqlaniladi.

Ayrim hollarda faqatgina bemorning birgina shikoyatiga qarab bosh miya chayqalishi tashxisi qo'yiladi va bu o'z navbatida jarohatlanishni og’irlik darajasini aniqlashda qiyinchilik tug’diradi.

Kasallik tarixida bemorni kasalxonaga yotqizilishida unda mastlik holati borligini yozilishi ham muhim ahamiyatga egadir.

Hozirgi davrda o'z ta'siriga ega normativ hujjatlarga ko'ra, mastlik holatida bo'lgan bemorlarga ishga qobiliyatsizligi haqidagi varaqasiga haq to'lanmaydi. Bunda kasallik tarixidagi bemorning mastlik holatida kasalxonada yotganligini ko'rsatuvchi shifokorning yozuvi muhim asos bo'ladi.

Davolovchi shifokor tomonidan faqatgina bemorning og’zidan spirtli ichimlikni hidi kelishi yoki chiqarilayotgan havoda etil spirtining borligini aniqlovchi tahminiy sinamalar (Rapoport sinamasi, Mahovo - Shinkorenko naychasi reaksiyasi)ga asoslanilib hulosa chiqarilishi mumkin emasligini alohida eslatib o'tish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi sinamalar keng qo'llanilishiga qaramasdan xarakterli hisoblanilmaydi, chunki chiqarilayotgan havoda spirtdan tashqari boshqa oksidlovchi moddalar bo'lganida ham bu sinamalar musbat bo'lishi mumkin. Bunda asosan bemorning qoni va siydigidan etil spirtini sifatiy hamda miqdoriy jihatidan gaz suyuqlikli xromatografiyasi usulida aniqlash muhim ahamiyatga ega bo'lib, qon va siydik tarkibidagi etil spirtining miqdoriga qarab mastlik darajasi aniqlaniladi.

Kasallik tarixining muhim tarkibiy va javobgar qismi klinik epikriz, ya'ni kasallik yoki jarohatlanishning harakteri va klinik o'tishi, bemorni kasalxonadan chiqarilishi to’g’risidagi ko'chirma, davolash o'tkazish, oqibati hamda sog’lig’ini tiklash va keyingi qoidalar haqidagi shifokorning hulosasi hisoblanadi.

Kasallik tarixi va undagi yozuvlar tibbiyot hodimlari tomonidan kasb huquqbuzarligi to’g’risidagi jinoiy ishni ko'rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, bemorlar va ularning qarindoshlari tomonidan o'z vaqtida va to’liq davolanmaganligi tufayli ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelinganligi, shifokorlarning sovuqqonligi haqida turli tashkilotlarga shikoyat qilgan hollarida ham kasallik tarixidagi yozuvlarga alohida e'tibor beriladi. Bu ko'pincha bemorning ahvoli keskin og’irlashganida yoki o'lib qolganida kuzatiladi.

Kliniko-anatomik konferensiyada ushbu materiallarning tahlili jinoyat qidiruv organlari faoliyatida ko’pchilik hollarda shifokorning gunohkorligi tasdiqlanilmaydi, chunki bemorning sog’lig’ini buzilishi yoki uning o'limi kasallik yoki jarohatlanishning og’irlik darajasi bilan bog’liq bo'ladi.

Bunday hollarda tibbiyot hodimlarining haqliligida sud tibbiyoti yoki patologoanatomik tekshiruv natijalari bilan bir qatorda kasallik tarixidagi yozuvlar ham katta o'rin egallaydi. Undagi yozuvlarga qarab davolash-diagnostika usullarining to’g’riligi, operativ muolajalarning muhimligi, muddati, texnikasi va shifokorning boshqa harakatlari baholaniladi. Kasallik tarixi, uning bo'limlari, unda ko'rsatilgan kasallik (jarohatlanish) to’g’risidagi oxirgi ma'lumotlar, tashxisni asoslash, xirurgik va boshqa tibbiy muolajalar haqidagi fikrlar to’liq tahlildan o'tkaziladi.

Kasallik tarixini e'tiborsizlik bilan to'lg’azilishi, kundalikda bir xil umumiy gaplar yozilishi tufayli ularga qarab kasallik yoki jarohatlanishlarning o'tishi to’g’risida to’liq hulosa chiqarilmasligi, undagi o'zgarishlar, tuzatishlar, operativ va boshqa murakkab diagnostik muolajalarga bemorning roziligi to’g’risidagi taklif qilingan maslahatchi shifokorlarning yozuvi yo'qligi kabi masalalar shifokorning o'z kasbiga sidqidildan yondashmaganligi yoki mansab vazifasini bajarishda axloqiy javobgarlikni to’lig’icha his qilmaganligi to’g’risidagi tasavvurga kelishiga sababchi bo'ladi. Bunday hollarda shifokorning hizmat bilan juda bandligi, tibbiyot hujjatlari bilan ishlashga vaqti yetishmasligi, shifokorning yozuvini tushunib bo'lmasligi va boshqa bahonalarni kechirib bo'lmaydigan hol deb hisoblasa ham bo'ladi. Yuqorida keltirilganlarning hammasini ko'pincha shifokorni tergovchi tomonidan so'roq qilinayotgan paytida aniqlaniladi.

Tanosil kasalliklarini yuqtirish (O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi)da agar jabrlanuvchi yoki shubhalanuvchi bu kasalliklar bilan u yoki bu vaqt ichida davolanilgan taqdirda sud tibbiyoti ekspertizasi tayinlanadi. Ba'zan ekspertiza paytida kasallik belgilari ko'rilmasligi mumkin. Bunday hollarda ekspertning oldiga qo'yilgan savollarni yechishda kasallikni borligi va uning rivojlanish davrlari, ma'lum darajada boshqa kishiga yuqtirishi mumkinligi to’g’risidagi ma'lumotlarni kasallik tarixi va boshqa tibbiyot hujjatlarida yozilishi muhim ahamiyatga egadir.

Simulyatsiya, aggravatsiya va o'z-o'zini jarohatlash tufayli qonunga xilof tarzda o'z vazifasini bajarish, harbiy hizmatdan bosh tortish maqsadida qilingan harakatlar uchun ochilgan jinoiy ishlarni qidiruvda eng muhim isbotlash manbai kasallik tarixi hisoblanadi.

O'z-o'zini jarohatlash yoki simulyatsiyaga shubha qiluvchilar kasalxonaga yotqizilgach, biroz vaqt o'tgandan keyin operativ va terapevtik davolash usullaridan so'ng jarohatlanishning ko'rinishi ancha o'zgaradi, shuning uchun ham ekspert kasallik tarixidagi ma'lumotlarga asoslanib o'z hulosasini beradi.

Kasallik tarixi va boshqat ibbiyot hujjatlaridagi ma'lumotlar noma'lum odamning murdasi topilganda ayrim jinoiy ishlarda uning shaxsini aniqlashga yordam beradi. Bunda o'lgan yoki daraksiz yo'qolgan odamning bir-biriga o'xshashligini aniqlashda muhim isbotlash manbai kasallik tarixi va boshqa tibbiyot hujjatlari hisoblanadi. Bunday hollarda jarohatlanishlar va xirurgik operatsiyalardan keyin qolgan chandiqlar, tug’ma hol, tatuirovkalar va boshqa muhim belgilarga alohida e'tibor beriladi, chunki bu belgilarga qarab, shu odamning shaxsini aniqlash mumkin. Tishidagi protezlarga va boshqa quymalarga qarab ham noma'lum odamning shaxsini aniqlash mumkin.

Barcha yuqorida keltirilgan ma'lumotlar tibbiyot hujjatlari, xususan kasallik tarixining davolash-diagnostik, ilmiy-amaliy, tarbiyaviy va yuridik ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Shuning uchun ham bunday hujjatlarning sifatiga yuqori talab qo'yiladi. Bu sohada sog’liqni saqlash muassasasi faoliyatini yaxshilashda olib boriladigan ishlar sog’liqni saqlash organlarining ajralmas burchi hisoblanadi..


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish